1-Mustaqil ish Reja




Download 0,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/23
Sana28.05.2024
Hajmi0,97 Mb.
#255466
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
murodjon KRIPTOGRAFIYA 2

16-
 
modda
. Elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini bekor qilish
 
Elektron raqamli imzo kalitining sertifikati elektron raqamli imzo yopiq kaliti 
egasining arizasi asosida ro‘yxatga olish markazi tomonidan bekor qilinishi 
mumkin. 
Ro‘yxatga olish markazi, elektron raqamli imzo yopiq kaliti egasining roziligidan 
qati nazar, quyidagi hollarda elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini bekor 
qilishi shart, agar: 
mazkur sertifikatning amal qilish muddati tugagan bo‘lsa; 
elektron raqamli imzo kalitining sertifikati berilishiga asos bo‘lgan hujjatning amal 
qilishi tugatilganligi aniq ma’lum bo‘lsa; 
elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasi ushbu Qonun 10-moddasining 
ikkinchi qismida nazarda tutilgan o‘z majburiyatlarini bajarmagan hollar 
aniqlangan bo‘lsa. 
Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turish muddati 
tugagan va elektron raqamli imzo yopiq kaliti egasining uni qayta tiklash haqida 
arizasi bo‘lmagan taqdirda ham elektron raqamli imzo kalitining sertifikati bekor 
qilinishi kerak. 
Elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini bekor qilish elektron raqamli imzo 
yopiq kaliti egasining arizasi olingan yoki ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi 
qismlarida bayon qilingan holatlar yuzaga kelgan kunda ro‘yxatga olish markazi 
tomonidan amalga oshiriladi. 
Elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini bekor qilish to‘g‘risidagi yozuv 
ro‘yxatga olish markazi tomonidan elektron raqamli imzolar kalitlari 
sertifikatlarining reyestriga kiritilib, bu haqda elektron raqamli imzo yopiq 
kalitining egasi xabardor qilinadi. 
Izoh: 
ERIning tugatilishi ro’yxatga olish markaziga kleib tushgan ariza asosida 
tugatiladi. Undan tashqari ERI foydalanuvchisining roziligidan qat’iy nazar xam 
bir necha xollarda to’xtatilishi mumkin. U xollar yuqoridaga moddada keltirilgan. 
17-modda. 
Elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini ro‘yxatga olish 
markazida saqlash tartibi 
Elektron hujjat shaklidagi elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini 
ro‘yxatga olish markazida saqlash tartibi hamda muddati ro‘yxatga olish markazi 
va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasi o‘rtasidagi shartnoma bilan 
belgilanadi. 


Elektron hujjat shaklidagi elektron raqamli imzo kalitining bekor qilingan 
sertifikati ro‘yxatga olish markazida kamida uch yil saqlanadi. 
Elektron hujjat shaklidagi elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini 
saqlash muddati tugaganidan keyin, u ro‘yxatga olish markazining elektron raqamli 
imzolar kalitlari sertifikatlarining reyestridan chiqariladi va saqlashning arxiv 
rejimiga o‘tkaziladi. 
Qog‘oz hujjat shaklidagi elektron raqamli imzo kalitining sertifikati qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda saqlanadi. 
Elektron raqamli imzo kalitining sertifikati yo‘qolgan taqdirda, ro‘yxatga 
olish markazi elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining dublikatini berishi 
mumkin. 
Izoh: 
ERIning elektron xujjat shaklidagi ko’rinishi ro’yxatga olish markazi 
tomonidan 3 yil muddatgacha saqlanishi mumkin. 3-yildan so’ng saqlanmalar 
ro’yxatidan o’chirib tashlanadi. ERIning sertifikati yoqolganda, ro’yxatga olish 
markazi tomonidan dublikatini olish mumkin bo’ladi. 

Download 0,97 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Download 0,97 Mb.
Pdf ko'rish