Elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish




Download 0,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/23
Sana28.05.2024
Hajmi0,97 Mb.
#255466
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
murodjon KRIPTOGRAFIYA 2


Elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish
 
Elektron raqamli imzo kalitining sertifikati ro‘yxatga olish markazi 
tomonidan beriladi. 
Elektron hujjat shaklidagi elektron raqamli imzo kalitining sertifikati 
berilayotganda u ro‘yxatga olish markazi vakolatli shaxsining elektron raqamli 
imzosi bilan tasdiqlanadi. 
Qog‘oz hujjat shaklidagi elektron raqamli imzo kalitining sertifikati ikki 
nusxada rasmiylashtiriladi. Bunday sertifikatning har bir nusxasi ro‘yxatga olish 
markazining vakolatli shaxsi tomonidan imzolanishi va ro‘yxatga olish 
markazining muhri bilan tasdiqlanishi kerak. Elektron raqamli imzo kaliti 
sertifikatining bir nusxasi elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga beriladi, 
boshqa nusxasi esa ro‘yxatga olish markazida saqlanadi. 
Elektron hujjatlar shaklidagi elektron raqamli imzolar kalitlari 
sertifikatlarining ko‘chirma nusxalarini berishga doir xizmatlar ro‘yxatga olish 
markazi tomonidan bepul ko‘rsatiladi. 
Izoh: 
ERIning sertifikati ro’yxatga olish markazi tomonidan beriladi. Qog’oz 
hujjat shaklidagi ERIning sertifikati 2 nusxada rasmiylashtirladi. Bittasi yopiq kalit 
egasiga beriladi. Ikkinchisi esa ro’yxatga olish markazida saqlanadi. 
15-
 
modda. 
Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilishini to‘xtatib 
turish
 
Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilishi elektron raqamli 
imzo yopiq kaliti egasining arizasi asosida, arizada ko‘rsatilgan muddatga, lekin 
mazkur sertifikatning amal qilish muhlatidan ko‘p bo‘lmagan muddatga ro‘yxatga 
olish markazi tomonidan to‘xtatib turilishi mumkin. 
Elektron raqamli imzo yopiq kaliti egasining elektron raqamli imzo kaliti 
sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi arizasi tushganda 
ro‘yxatga olish markazi elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarining 
reyestriga tegishli yozuv kiritadi va ayni bir vaqtning o‘zida bu haqda elektron 
raqamli imzo yopiq kalitining egasini xabardor qiladi. 


Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilishi to‘xtatib turilgan muddat 
ichida ro‘yxatga olish markazi elektron raqamli imzo yopiq kaliti egasining 
arizasiga binoan mazkur sertifikatning amal qilishini qayta tiklashi mumkin. 
Izoh: 
ERI ning amal qilish muddatini foydalanuvchi tomonidan to’xtatib qoyish 
bu foydalanuvchi xohlagan muddatga ammo ERIning amal qilish muddatidan ko’p 
bo’lmagan muddatga to’xtatib qoyish mumkin. Uning tartibi yuqorida keltirib 
o’tilgan. 

Download 0,97 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Download 0,97 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish

Download 0,97 Mb.
Pdf ko'rish