1-Mustaqil ish Reja




Download 0,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/23
Sana28.05.2024
Hajmi0,97 Mb.
#255466
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
murodjon KRIPTOGRAFIYA 2

18-
 
modda. 
Ro‘yxatga olish markazini tugatish 
Ro‘yxatga olish markazi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tugatilishi 
mumkin. 
Ro‘yxatga olish markazi tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan paytdan 
e’tiboran bir oy mobaynida bu haqda maxsus vakolatli organga, shuningdek 
mazkur ro‘yxatga olish markazining elektron raqamli imzolar kalitlari 
sertifikatlarining reyestriga kiritilgan elektron raqamli imzo yopiq kalitlarining 
barcha egalariga xabar qilishi shart. 
Ro‘yxatga olish markazi tugatilgan taqdirda, mazkur ro‘yxatga olish 
markazi tomonidan berilgan elektron raqamli imzolar kalitlarining sertifikatlari 
elektron raqamli imzo yopiq kalitlari egalarining roziligi bilan boshqa ro‘yxatga 
olish markazlariga topshirilishi mumkin. 
Boshqa ro‘yxatga olish markazlariga topshirilmagan elektron raqamli 
imzolar kalitlarining sertifikatlari bekor qilinadi va maxsus vakolatli organga 
saqlash uchun topshirilib, bu haqda elektron raqamli imzolar ochiq kalitlarining 
foydalanuvchilari xabardor qilinadi. 
Izoh: 
ushbu moddada ro’yxatga olish markazlarini tugatilishi xaqidagi qonunlar 
keltirilgan bo’lib, unga ko’ra belgilangan tartibdagi qonun hujjatlariga ko’ra 
ro’yxatdan o’tkazish markazi belgilangan muddatlarda ogohlantirilib va shu 
muddat ichida tugatiladi. ERI ning foydalanuvchilari markazlar tugatilgan 
taqdirda, foydalanuvchilar ixtiyori bila boshqa ro’yxatdan o’tkazish markazlariga 
topshirilishi mumkin. 
19-
 
modda. 
Chet davlatlarning elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlaridan 
foydalanish 
Chet davlatlarning elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlaridan 
foydalanish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 


Izoh: 
Chet davlatlarning ERIsidan foydalanish qonun xujjatlarida keltirilgan 
tartibda qonun qoidalar asosida amalga oshiriladi. 

Download 0,97 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Download 0,97 Mb.
Pdf ko'rish