QISQA MUDDATLI VA KECHIKTIRIB BO‘LMAYDIGAN ISHLAR




Download 21.92 Kb.
bet2/6
Sana16.12.2022
Hajmi21.92 Kb.
#35437
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
NARYAD VA FARMOYISH BERISH
kurs ishim2023
QISQA MUDDATLI VA KECHIKTIRIB BO‘LMAYDIGAN ISHLAR
Qisqa muddatli, uzog‘i bilan 1 soatgacha davom etadigan ishlar farmoyish bilan ta’mirlash xodimi, navbatchi yoki tezkor-ta’mirlash xodimi nazoratida xamda navbatchining yoki tezkor-ta’mirlash xodimlarning o‘zi bajarishiga ruxsat beriladi.
Bunday ishlarga quyidagilar kiradi:
— kabel, sim, shinalarni elektrodvigatel va boshqa uskunalardan bo‘shatib ajratish yoki ulash;
— taqsimlash uskunadagi releli ximoya, avtomatika, telemexanika, aloqa, shu jumladan yuqori davr tezlikli ximoya va aloqa filtrlari uskunalaridagi ishlar;
— 0,4 kV kuchlanishli xavo elektr tarmog‘ini, xamda xamma kuchlanishli kabel elektr tarmog‘ini ulash va bo‘shatib ajratish, fazirovka qilish, kabel elektr tarmog‘ini uzilgan yoki uzilmaganligini tekshirish, transformatorda o‘rnatilgan kuchlanishni oshirish va kamaytirish shaxobchalarini burash, moy o‘lchagich oynasini va ayrim yakka izolyatorlarni artish, transformator moyini quyish va tekshirishga olish, transformator moyini quritish va tozalash uchun o‘rnatilgan asboblarni ulash yoki bo‘shatib ajratish, xavo bilan ishlaydigan o‘chirgichdagi manometrni almashtirish, elektr uskunadagi tok o‘tkazuvchi qismlarni qizishi va titrashini o‘lchash, elektr o‘lchov ombirlari bilan o‘lchash, elektr uzatish tarmog‘iga tushib qolgan begona narsalarni olib tashlash, xavo elektr uzatish tarmog‘i simiga qulagan daraxt, shox-shabba va boshqalarni olib tashlash;
— elektr uskunani dispetcherlik va texnologik boshqaruv vositasi, issiqlik avtomatikasi va o‘lchovchi uskunasi va kanallarini mo‘‘tadil ishlashiga xavf tug‘diruvchi, iste’molchini mo‘‘tadil elektr energiya bilan ta’minlashga xavf soluvchi yoki shunday nosozliklar sodir bo‘lganda ularni bartaraf qilish uchun kerak bo‘lgan zarur ishlar.
band-da qayd etilgan ishlarni bajarish uchun ishchilar soni nazorat qiluvchi xodim bilan birgalikda 3 kishidan oshmasligi kerak.
1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uskunada ishlaganda ish bajarayotgan yoki nazorat qiluvchi navbatchi yoki tezkor-ta’mirlash xodimning kattasi elektr xavfsizligi bo‘yicha IV gruppaga, 1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uskunada ish bajarishda III gruppaga ega bo‘lishi keraq Brigadaning qolgan a’zolari III gruppaga ega bo‘lishlari kerak. Iste’molchi ulangan elektr uzatish tarmog‘ida ishlanganda ishga iste’molchi xodimi xam jalb qilinishi mumkin.
Ish boshlashdan oldin ochiq taqsimlovchi uskunalarda ish joyini arqon bilan urashdan tashqari ish joyini tayyorlashga oid barcha texnik tadbirlar amalga oshirilishi keraq Bunday xollarda ochiq taqsimlovchi elektr uskunada ish joyini arqon bilan o‘rash majburiy emas.
—bandda qayd etilgan ishlarni bajarish 1 soatdan ko‘p vaqt yoki 3 kishidan ortiq ishchi talab etsa, u xolda ushbu ish naryad bilan bajarilishi kerak.



Download 21.92 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 21.92 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



QISQA MUDDATLI VA KECHIKTIRIB BO‘LMAYDIGAN ISHLAR

Download 21.92 Kb.