• 1.Elektr ta’minoti tizimida releli himoya haqida umumiy tushuncha.
  • 1-Ma’ruza Kirish. Releli himoyaning vazifalari va unga qo’yiladigan talablar




    Download 100,62 Kb.
    bet1/2
    Sana22.01.2024
    Hajmi100,62 Kb.
    #143093
      1   2
    Bog'liq
    1 1 Ma\'ruza Kirish Releli himoyaning vazifalari va unga qo’yiladigan


    1-Ma’ruza
    Kirish. Releli himoyaning vazifalari va unga qo’yiladigan talablar.
    Reja:
    Kirish.

    • 1.Elektr ta’minoti tizimida releli himoya haqida umumiy tushuncha.

    • 2.Fanning maqsadi va vazifasi. Releli himoya va avtomatikaning qo’llanilishi bo’yicha umumiy tushunchalar.

    • 3.Elektr qurilmalardagi shikastlanishlar. Normal bo’lmagan xolatlar.



    Kirish.

    Energetik tizim murakkab bo’lgan ko’p pog’onali texnik yizimdan iborat bo’lib u elektr energiyasi ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol qilish uchun mo’ljallangan. Hamma ishlab chiqarish texnologik jarayonlar o’z navbatida energetik tizimda energiya ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol qilishni boorish tezligiga o’zaro bog’liqligi bilan ajralib turadi. Energetik tizim tarkibiga o’z navbatida generatorlar, transformatorlar, yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalari, kammutatsiya apparatlari, o’chirgichlar, ajratgichlar, tok va kuchlanish transformatorlari, nazorat vositalarini boshqarish va nazorat qilish kiradi. Odatda normal ish rejimi uchun bu tizimning birlamchi energiyasini o’zgartirib elektr energiyaga aylantirish va uni istemolchiga uzatuvchi tok sifatida qarash mumkin. Ammo elektr jihozlarining buzilishi hisobga olinmasa bu tizimni ishga yaroqsiz holatha keltirishi mumkin. Elektr energiya tejamkorligi va halolokatsiz ishlashi talabi bo’yicha energetika tizimini loyihalashda elektr energiya manbalarini optimal tanlashda elektr stansiyalarini joylashtirish va ular ishlab chiqargan quvvatni uzatish va iste’molchilar xarakteristikasini hisobga olish va ularni kengayishini kuchlanish va chastota rostlash turlarini inobatga olgan holda energetik tizimlarni ish rejimlarini rejalashtirish va boshqa masalalarini hisobga olib bajariladi.




    1.Elektr ta’minoti tizimida releli himoya haqida umumiy tushuncha.

    Elektr tizimlarining, elektr stansiyalarining elektr qurilma va asboblarida, elektr uzatish liniyalarida, elektr iste’molchilarida normal va ishdan chiqish, shikastlanish holatlarini uchratish mumkin. Ishdan chiqish yoki shikastlanish ko‘p hollarda elektr tizimning elementlarida tokning me’yoridan oshib ketishi yoki kuchlanishning pasayishi bilan bog‘langan, bu hodisalarni aytib o‘tilgan faktorlar bilan kuzatish mumkin. Me’yoridan oshib ketgan tok katta miqdorda issiqlik ajralib chiqishiga olib keladi. Buning natijasida elektr uzatish liniyalari va qurilmalari xavfli darajada qizishi va shikastlanishi mumkin. Kuchlanishning normadan pasayishi elektr iste’molchilarning normal ishlashiga yo‘l qo‘ymaydi va parallel ishlayotgan generator va energetika tizimining turg‘unligiga salbiy tasir ko‘rsatadi. Shunday qilib, elektr qurilmalarining shikastlanishi energetika tizimlarining va elektr iste’molchilariing ish rejimiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Elektr tizimlarining normadan tashqari holatlari esa energetika tizimini shikastlanishiga yoki ishdan chiqishiga imkoniyat yaratadi.


    Elektr tizimida dastavval himoya qurilmasi qilib eruvchan saqlagichlar qo‘llanilgan. Quvvat va kuchlanishni oshishi, elektr tizimlari ulanish sxemalarining murakkablashishi eruvchan saqlagichlarni ko‘p kamchiliklarini namoyon qildi va buning oqibatida yangi himoyalovchi qurilma yaratildi. Bu himoyalovchi qurilma maxsus avtomat-rele yordamida amalga oshirildi va releli himoya deb nomlanadi.



    Download 100,62 Kb.
      1   2




    Download 100,62 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-Ma’ruza Kirish. Releli himoyaning vazifalari va unga qo’yiladigan talablar

    Download 100,62 Kb.