• 3. Elektr qurilmalaridagi shikastlanishlar. Nonormal rejimlar.
  • Fanning maqsadi va vazifasi. Releli himoya va avtomatikaning qo’llanilishi bo’yicha umumiy tushunchalar




    Download 100,62 Kb.
    bet2/2
    Sana22.01.2024
    Hajmi100,62 Kb.
    #143093
    1   2
    Bog'liq
    1 1 Ma\'ruza Kirish Releli himoyaning vazifalari va unga qo’yiladigan

    2. Fanning maqsadi va vazifasi. Releli himoya va avtomatikaning qo’llanilishi bo’yicha umumiy tushunchalar.
    Fanni o’rganishdan maqsad - talabalarga elektr taminoti sistemalarining rele himoya va avtomatika sohasidagi bilimlarni mukammallashtirish va boshqa va masalalarni mustaqil yechish malakalarini hosil qilish, elektr energetika yo’nalish profiliga mos, ta’lim standartida talab qilingan bilimlar, ko’nikmalar va laboratoriyalar darajasini ta’minlashdir.
    Dasturni amalga oshirish o’quv rejasida rejalashtirilgan matematik, tabiiy va umumkasbiy fanlarni bilishga asoslanadi.


    3. Elektr qurilmalaridagi shikastlanishlar. Nonormal rejimlar.
    Energetika tizimidagi ko‘pgina shikastlanishlar fazalarniig o‘zaro va yer bilan qisqa tutashishlariga olib keladi. Shikastlanishlarning asosiy sabablariga izolyasiyaning buzilishi, eskirishi, kuchlanishning normadan oshib ketishi, xizmat ko‘rsatuvchi shaxslarning noto‘g‘ri amali va xatolari, ajratgichni kuchlanish ostida uzish, qisqa tutashtirgich bor holda kuchlanishni berilishlari kiradi.
    Barcha shikastlanishlar qurilmalarning kamchiligi va mukammal emasligi, noto‘g‘ri o‘rnatilganligi, noto‘g‘ri loyixalanganligi, qurilmaga qoniqarsiz va noto‘g‘ri xizmat ko‘rsatilganligi, qurilmaning noto‘g‘ri holatda ishlaganligi natijasida yuzaga keladi va ro‘y beradi. Shuning uchun shikastlanishni oldini olish mumkin, lekin unutmaslik kerakki u biror paytda albatta ro‘y beradi. Qisqa tutashuv shikastlanishga olib keladigan eng xavfli va og‘ir holatdir. Qisqa tutashuv paytida manbaning e.y.k. transformator yoki liniyalarning kichik qarshiligi orqali tutashib qoladi.
    Elektr uzatish liniyalarida hosil bo’lishi mumkin bo’lgan qisqa tutashuvlarning turlari.

    1. Uch fazali simmetrik qisqa tutashuv.

    2. Fazalar aro qisqa tutashuv

    3. Bir fazali qisqa tutashuv

    4. Nol nuqtasi yerdan izolyatsiyalangan tarmoqning bir fazali yer bilan tutashuvi.

    5. Nol nuqtasi yerdan izolyatsiyalangan tarmoqning ikki fazasini turli joyda yer bilan qisqa tutashuvi.




    E.y.k. qisqa tutashgan yopiq elektr konturlarida qisqa tutashuv toki deb nomlangan Iq.t. katta tok oqadi. 1.1 rasmda qisqa tutashuvning turlari keltirilgan.
    Qisqa tutashuv paytida tokning ortishi natijasida elektr tizimning elementlaridagi kuchlanishning miqdori kamayadi. Bu o‘z navbatida elektr liniyaning barcha nuqtalarida kuchlanishning kamayishiga olib keladi, ya’ni
    Um=E – Ik.t·Zm
    bu yerda E - manbaning e.y.k.,
    Zm – manbadan qisqa tutashuv nuqtasigacha uchastkaning qarshiligi.
    Qisqa tutashuv paytida kuchlanishning kamayishi va tokning ortishi quyidagi xavfli natijalarni yuzaga keltiradi:
    a) Joul-Lens qonuniga asosan qisqa tutashuv toki Ik.t R-qarshilikda t – vaqt mobaynida Q=k·I2 ·R·t issiqlik ajralishiga olib keladi.
    Shikastlangan joylarda bu issiqlik va elektr yoyi katta miqdorda buzilishlarga olib keladi. Bu buzilishlarniig natijalarn Iq.t va t vaqtga bog‘liq. Iq.t.ning miqdori In dan shu qadar katta bo‘lishi mumkinki, izolyatsiyalar va tok o‘tkazgich qismlarini qattiq shikastlantiradi.
    b) qisqa tutashuv vaqtida kuchlanishning tushuvi elektr iste’molchilarining ishlashiga xavfli tasir qiladi.
    Elektr energiyasining asosiy iste’molchisi asinxron motorlardir. Asinxron motorlarning aylantirish momentlari kuchlanishga proporsional MkU2. Shuning uchun asinxron motorlarda kuchlanishning pasayishi paytida motorlarning aylantirish momenti mexanizmlarning qarshilik momentlaridan kichik bo‘lib qolishi mumkin. Bu ularni. to‘xtashiga olib keladi.
    Kuchlanishning tushuvi EHM (boshqaruvchi va hisoblovchi) larga katta ta’sir qiladi:
    v) Kuchlanish tushuvining eng xavfli va og‘ir oqibatlaridan biri bu generatorlar va elektr tizimlarining turg‘un parallel ishlashlariga xalal etishdir. Bu barcha iste’molchilarni energiyasiz qolishga olib keladi.
    Normal holatda turbinaning mexanik aylanish momenti generatorning elektr yuki tomonidan hosil qilinadigan teskari ta’sir qiluvchi momentga tengdir. Buning natijasida generatorning aylanish tezligi o‘zgarmas va sinxrondir.
    Uzoq vaqt davom etgan qisqa tutashuv asinxron elektromotorlarning turg‘un ishlashlarini ham buzadi. Kuchlanishning qiymati pasayganda asinxron elektr motorning aylanish tezligi kamayadi. Agar sirpanish kritik nuqtadan o‘tib ketsa, motor noturg‘un ishlash oblastiga o‘tadi va to‘liq to‘xtash yuz beradi.
    Sirpanishning ortishi bilan asinxron elektr motor iste’mol qilayotgan reaktiv quvvat ortadi va bu qisqa tutashuv tugagandan so‘ng tizimda reaktiv quvvat yetishmovchiligiga olib keladi. Buning natijasida tizimda kuchlanishning shiddatli kamayishi sodir bo‘ladi.
    Elektr tizimining turg‘unligini buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan shikastlanish isrof bo‘yicha eng katta va og‘ir shikastlanishlardan hisoblanadi.
    Nonormal rejimlar deb tok kuchi, kuchlanish va chastota qiymatlarini chegaradan chiqib ketishi yoki qurilma va elektr tizimini turg‘un ishlashiga xavf tug‘ilishiga aytiladi.
    Xarakterli nonormal rejimlar:
    a) Qurilmaning o‘ta yuklanishi, ya’ni tokning normadan juda oshib ketishi;
    b) Chastotani pasayishi, ya’ni generatorning quvvatini yetishmasligi, bu hol odatda bir qism generatorlarning birdaniga o‘chishi bilan bog‘liq.
    Chastotani chuqur pasayishi (45-47 Gs) og‘ir avariya holati hisoblanib, energetik tizimning ishlashini to‘liq to‘xtashiga olib keladi.
    v) Kuchlanishning oshishi, ya’ni generatorning yuklarini birdaniga o‘chirilishi natijasi. Yuki yengillashgan generator tezroq aylanadi va bunda statorning e.y.k. izolyasiyani teshish darajasidagi qiymatiga yetadi.
    Download 100,62 Kb.
    1   2




    Download 100,62 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fanning maqsadi va vazifasi. Releli himoya va avtomatikaning qo’llanilishi bo’yicha umumiy tushunchalar

    Download 100,62 Kb.