1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi




Download 4,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/179
Sana18.06.2024
Hajmi4,78 Mb.
#264228
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   179
Bog'liq
Biologiya 11 sinf

To‘qaylar
daryo bo‘ylaridagi sernam yerlarda joylashgan daraxt, buta va 
o‘tlardan tashkil topgan chakalakzorlardan iborat. To‘qaylar daryo suvlari 
bilan chambarchas bog‘langan. O‘zbekistondagi eng katta to‘qaylar Sirdaryo 
bilan Amudaryo bo‘ylarida joylashgan. To‘qaylarda o‘tlardan qamish, 
ro‘vak, shirinmiya, qo‘g‘a, yantoq keng tarqalgan; daraxt va butalardan esa 
turang‘il, yulg‘un, tol, jiyda kabilarni ko‘rsatish mumkin. Shuni ham aytish 
kerakki, Sirdaryo bilan Amudaryo suvlari kamayishi bilan uning bo‘yidagi 
to‘qaylar ham ancha qisqarib ketgan. To‘qaylar daryo sohillarini (qirg‘oqni) 
yemirilishdan saqlaydi, cho‘llarning quruq havosini ma’lum darajada 
yumshatadi va uni kislorod bilan boyitadi. Bulardan tashqari, to‘qaylar turli 
mo‘ynali va boshqa foydali hayvonlarni saqlash va ko‘paytirish uchun ham 
zarur.
29-rasm. 
Cho‘l va chala cho‘l hayvonlari.
Charxilon
Oqquyruq


114
To‘qaylarda sutemizuvchilardan to‘n g‘iz, to‘qay mushugi, bo‘rsiq, bo‘ri, 
chiyabo‘ri, tovushqon; qushlar dan o‘rdak, g‘oz, churrak, kakku, baliqchi qush, 
bir qozon, qirg‘ovul, qirg‘iy va boshqalar uchraydi. 
Adirlar
O‘zbekiston hududining dengiz sathidan 500–1200 m gacha 
bo‘lgan joylardir (30-rasm). Adirlarning tuprog‘i cho‘lga nisbatan unumdor, 
o‘simliklarning vegetatsiya davri birmuncha uzoq davom etadi. Bu 
mintaqada madaniy ekinlar sun’iy sug‘oriladi yoki lalmi ekinlar ekiladi. 
Adir o‘simliklarining ko‘pchiligi chim hosil qilib o‘sadi. Bu xususiyat 
tuproqni suv, yog‘in, shamol eroziyasidan saqlaydi. Adirlarda bo‘yimodaron, 
andiz, shirach, lolaqizg‘aldoq, qo‘ziquloq, oqquray, marmarak, kakra kabi 
o‘simliklar o‘sadi. 
Adirlarda kemiruvchilardan: sichqon, kalamush, yumronqoziq; 
tuyoqlilardan: oqquyruq, jayron; sudralib yuruvchilardan: ilonlarning bir 
qancha turlari uchraydi. Cho‘lga xos bo‘lgan ba’zi turlar (cho‘l toshbaqasi, 
kaltakesak, sariq ilon, malla yumronqoziq, echkemar va boshqalar) adirning 
quyi qismida ham yashaydi. Adirning balandlik mintaqa sida qushlardan 
burgut, miqqiy, qirg‘iy, boltayutar, ilonburgut, ukki, boyo‘g‘li, bedana, kaklik, 
so‘fito‘rg‘ay uchraydi (31-rasm).
Dengiz sathidan 1200 –1600 metrdan 2700 –2800 metrga cha balandlikda 

Download 4,78 Mb.
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   179




Download 4,78 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi

Download 4,78 Mb.
Pdf ko'rish