|
1. O’zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonunlari hamda “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” kabi davlat hujjatlarida O’zbek tilini Davlat tili sifatida o’qitish masalalari bo’yicha ma’lumot
|
bet | 10/23 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 213,32 Kb. | | #116271 |
Bog'liq 1. O’zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonunlari
Felyeton janrining tarixi, uning ozbek matbuotida shakllanishi, taraqqiyoti haqida maxsus fikr yuritilgan tadqiqotda, u "matbuot janri", "satirik janr", "satirik-publisistika janri" terminlari ostida baholangan. Orni bilan "adabiy va badiiy publisistika janrlari" termini ham qollanilgan. "Matbuot janrlari" sifatida informasion janrlar, korrespondensiya, oddiy tanqidiy maqola, bosh maqola, umum-siyosiy nazariy maqola, reportaj kabilar ham ajratib korsatilgan. Tadqiqotchi turli terminlarni qorishiq (aralash) holda qollagan bolsa-da, felyeton janri-ning xususiyatlarini, asosan, matbuot janri sifatida, gazeta va jurnal-lar materiallari asosida yoritib bergan. Bu esa, matbuot janri, xususan, gazeta janri haqida alohida, badiiy publisistikadan farqli tarzda, mulohaza yuritish mumkinligini ham korsatadi.
A.Boboyeva "gazeta janrlari" mavjudligini tan olgan holda, axborot janrini ajratib ko`rsatadi. Shuningdek, olimaning felyeton va ocherkka nisbatan ishlatgan terminlari ham ("ijtimoiy-publisistik", "badiiy-publisistik") diqqatni tortadi Keyingi paytlarda ozbek tilshunosligida "gazeta tili", "gazeta uslubi", "gazeta janrlari" tushunchalari tobora mustahkam orin egallamoqda. I.Toshaliyev "gazeta janrlarining tasniflanishi va guruhlanishi"ni quyidagicha belgilaydi: "Axborot(informasion) janrlari. Tahliliy (analitik) janrlar. Tasviriy (badiiy-publisistik) janrlar". U xabar, hisobot, suhbat, reportaj, lavha (axborot (informat-sion) janrlar), korrespondensiya, maqola, publisistika, xat, xalqaro obzor, matbuot obzori, taqriz (tahliliy (analitik) janrlar), ocherk, felyeton, pamflet (badiiy-publisistik janrlar) kabilarni oz tasnifida qayd etgan32.
G.Gafurov "publisistik janrlari" va "jurnalistik janrlar" terminlarining ma’nodosh ekanligini qayd etib, janrlarni quyidagicha tasnif qiladi: "1) Axborot janrlari: xabar, suhbat, intervyu, hisobot, reportaj. 2) Axborot-tahliliy janrlar: korrespondensiya, maqola, taqriz, sharh, kuzatish, xat, matbuot sharhi. 3) Badiiy-publisistik janrlar: ocherk, felyeton, satirik janrlar, esse, lavha"33.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
1. O’zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonunlari hamda “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” kabi davlat hujjatlarida O’zbek tilini Davlat tili sifatida o’qitish masalalari bo’yicha ma’lumot
|