• 21-Maruza: Passiv optik aloqa tarmoq texnologiyalari.
  • 1. Passiv optik texnologiyalarining xususiyatlari. A




    Download 274.4 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/4
    Sana27.04.2023
    Hajmi274.4 Kb.
    #54325
      1   2   3   4
    Bog'liq
    05Up72FAsuIKA6N9KMAKPLrc9XQJrAp1vg8qauqu
    Virtual xususiy tarmoqlar (VPN). Virtual mahalliy tarmoqlar. Virtual xususiy tarmoqlarning ta\'rifi, 1337016, 1-Mavzu Media savodxonlik va axborot madaniyati evolutliyasi ha


    Reja:
    1. Passiv optik texnologiyalarining xususiyatlari. A-
    PON texnologiyasi. E-PON texnologiyasi. G-PON 
    texnologiyasi. 
    2.Abonent tarmoqlarida qo‘llaniladigan passiv optik 
    qurilmalarni solishtirish. 
    3.Optik ulanish tarmoqlarida G-PON texnologiyasini 
    qo‘llash. G-PON texnologiyasining xarakteristikalari. 
    G-PON texnologiyasi orqali optik tarmoqga ulanishni 
    tashkil etish.
    21-Ma'ruza: Passiv optik aloqa
    tarmoq texnologiyalari.


    Passiv optik tarmoq texnologiyalari. Passiv optik
    texnologiyalarining xususiyatlari. A-PON texnologiyasi,
    E-PON texnologiyasi, G-PON texnologiyasi
    Agar oxirgi yillarda zamonaviy aloqa tarmoqlarining tolali optik
    kabellar orqali tashkil qilinayotganini, o'tkazuvchanlik
    qobiliyatining yuqoriligini nazarda tutsak, abonent tarmoqlarida
    PON texnologiyasini qo'llash maqsadga muvofiqdir.
    PON texnologiyasining asosiy vazifasi, markaziy tugunlar
    orasidagi magistralni (SDH/ATM) va abonent tugunlarini ulash, 
    shuningdek daraxtsimon topologiyali to'liq passiv optik tarmoqni
    yaratishga asoslangan, oraliq tugunlarda esa ta'minot va xizmatni
    talab qilmaydigan kompakt passiv optik ajratgich (birlashtirgichlar
    yoki splitterlar deb ham ataladi) joylashgan.
    PON texnologiyasi Telekommunikasiyalar bo'yicha xalqaro
    elektraloqa ittifoqi (ITU-T) tomonidan G.983.1 va G.983.2 
    tavsiyalari nomini olgan.


    PON arxitekturasining afzalliklari:
    - oraliq aktiv qurilmalarning yo'qligi;
    - markaziy tugunda optik uzatgich va qabul qilgichlarning tejalishi;
    - tolaning tejalishi;
    - yangi abonentlarni ulashning engilligi va xizmat ko'rsatishning
    qulayligi.
    Kamchiligi: PON texnologiyasining murakkabligi va oddiy daraxt
    topologiyasida zahiralashning yo'qligidir.
    PON ning passiv optik tarmoqlagichlari asosidagi daraxtsimon
    topologiya.


    PON tarmog'ining xususiyatlari:
    - bir tola bo'yicha bir-biriga qarama-qarshi ikki uzunlikdagi (1550 nm 
    va 1310 nm) to'lqinni uzatuvchi daraxtsimon arxitekturadan iborat. 
    Ikki xil to'lqin uzunligi uzatgich va qabul qilgich orasida yaxshiroq
    izolyasiyani ta'minlaydi, shuningdek ikki to'lqin uzunliklarining
    ta'sirlashuvida qimmat bo'lmagan planar lazer diodlar (PLC) ni
    ishlatish mumkin, bu tizim narxini sezilarli darajada kamaytiradi;
    - daraxtning oraliq tugunlarida passiv optik tarmoqlagichlar
    joylashadi;
    - TDMA ulanish usulidan foydalanish abonenlar orasida o'tkazish
    polosasini moslashuvchan taqsimlanishiga yo'l qo'yadi;
    - markaziy tugundan kelayotgan bitta tolaga 32 ta, maksimum 64 ta 
    abonent tugunlarini ulash mumkin;
    - PON texnologiyasida kiruvchi trafikni keng ommaga yetkazib
    berishda oqimlarni spektral ajratishdan va chiquvchi kanalda esa vaqt
    bo'yicha multipleksorlashdan foydalaniladi;
    - maksimal masofasi 20 km ni tashkil qiladi.


    PON arxitekturasining asosiy elementlari va ish prinsipi


    PON texnologiyasidagi asosiy terminlar:
    *Markaziy tugun OLT (optical line terminal)
    *Abonent tuguni ONT (optical network terminal)
    PON texnologiyasi Full Services Access Network (FSAN) 
    standartiga asoslangan bo'lib, bu texnologiya quyidagi standartlar
    bo'yicha qurilishi mumkin:
    A-PON – ATM protokolini qo'llashga asoslangan;
    E-PON – Ethernet formatida kadrlarni optik trakt orqali uzatishga
    asoslangan;
    B-PON - Broadband PON – keng polosali xizmatlar bilan birga
    Ethernet ulanishni, analog va raqamli videoni translyasiya qilishni
    amalga oshiradi;
    G-PON - Gigabit PON – yangi echim, juda yuqori unumdorlikka
    ega bo'lib, multiservisli xizmatlarni amalga oshirishga
    mo'ljallangan.
    Bunday tarmoqlar iqtisodiy tomonidan tejamli va keng polosali
    turli axborotlarni o'tkazish qobiliyatiga ega.



    Download 274.4 Kb.
      1   2   3   4




    Download 274.4 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Passiv optik texnologiyalarining xususiyatlari. A

    Download 274.4 Kb.
    Pdf ko'rish