Adabiyotlar va arxiv materiallarini o’rganish, kuzatish, suhbat, so’rov, test, eksperiment- empiric tadqiqot metodlari sifatida




Download 20,91 Kb.
bet2/3
Sana20.05.2024
Hajmi20,91 Kb.
#245683
1   2   3
Bog'liq
6-variant

2.Adabiyotlar va arxiv materiallarini o’rganish, kuzatish, suhbat, so’rov, test, eksperiment- empiric tadqiqot metodlari sifatida
Adabiyotlarni ilmiy tadqiqot mavzusiga doir uch turkumga bo‘Iish mumkin. Nazariy metodologik adabiyotlar. Ilmiy tadqiqotning dolzarbligi, ijtimoiy, iqtisodiy zaruriyati, yosh avlodni hayotga, mehnatga , kasbga tayyorlashda ta’lim-tarbiyaning davr talabi, mavjud shart-sharoitga mosligi qonuniyati, mamlakat dasturi, milliy g‘oyaga doir adabiyotlarni o'rganishni taqazo etadi. Ikkinchi turkum ilmiy manba’lar arxiv xujjatlari, fan tarixiga doir adabiyotlardir. Ta’lim-tarbiya tarixi, madaniyatimiz tarixiga doir adabiyotlarning, o ‘rganilmagan ko‘pgina qismi jahonning kutubxonalarida saqlanmoqda.
Uchinchi turkum adabiyotlar: mavzuga doir ilmiy kitoblar, dissertatsiyalar, dissertatsiya avtoreferatlari, ilmiy to‘plamlardagi maqola va tezislar, jumallar, ilmiy axborotnomalardir. Bugungi globallashuv sharoitida intemetda aksariyat adabiyotlar bo‘yicha axborotlar berib borilmoqda. Adabiyotlarni o'rganish va undan samarali xuiasalar chiqarish ilmiy tadqiqotchidan izchil izlanishni talab etadi. Dastlab adabiyotlar ro‘yxati tuziladi, asosiy nazariy manbaalar aniqlanadi. Adabiyotlarni o‘rganish bo‘yicha konspekt, tezis, annotatsiya tuziladi. Maqsadga muvofiq sitatalar yozib olinadi. Sitatalar olganda adabiyotlarning aynan muallifning nomi, nashriyoti, necha sahifaligi va qaysi bobdan olingani ko‘rsatiladi. Agar internetdan olingan bo‘lsa, manba’ va uning sayti aniqlanadi. Demak, adabiyotlar va arxiv xujjatlarining manbalarini maqsadli o'rganish ilmiy pedagogik tadqiqotning samaradorlik shartidir.
Pedagogik kuzatuvni tashkil etishda xatoga yo‘l qo‘ymaslik muhimdir. Buning uchun tadqiqotchidan quyidagilar talab etiladi: 1 )kuzatuv jarayonida aniq maqsadga egalik; 2)kuzatishni tizimli ravishda yo‘lga qo‘yish; 3)kuzatishning har bir bosqichida muayyan vazifalarni hal etish; 4)har bir holatning mohiyatini sinchiklab o ‘rganish; 5)xulosa chiqarishga shoshilmaslik.
Suhbat maqsadga muvofiq holda indiviudal, guruhli harada ommaviy shaklda o‘tkaziladi. Suhbat jarayonida respondentlarning imkoniyatlari to‘la-to‘kis namoyon bilishga erishish muhimdir. Uning sama-rali boMishi uchun quyidagilarga amal qilish maqsadga muvofiq: 1)maqsaddan kelib chiqqan holda suhbat uchun belgilanuvchi savollar-ning mazmuni aniqlash hamda savollar o‘rtasidagi mantiqiylik va izchil-likni ta’minlash; 2)suhbat joyi va vaqtini aniq belgilash; 3)suhbat ishtirokchilarining soni xususida ma’lum to‘xtamga kelish; 4)suhbatdosh to'g'risida avvaldan muayyan ma’lumotlarga ega bo‘lish; 5)suhbatdosh bilan samimiy munosabatda bo‘lish; 6)suhbatdoshning o‘z fikrlarini erkin va batafsil ayta olishi uchun sharoit yaratish; 7)savollaming aniq, qisqa va ravshan berilishiga erishish; 8)olingan ma’lumotlami o ‘z vaqtida tahlil qilish
Anketa metodi (fransuzcha - tekshirish). Ushbu metod yordamida pedago-gik kuzatish va suhbat jarayonida to‘plangan dalillar boyitiladi. Anketa metodi ham tizimlangan savollar asosida respondentlar bilan muloqotni tashkil etishga asoslanadi. Anketa savollariga javoblar, ko‘p hollarda, yozma ravishda olinadi.
Pedagogik tajriba (eksperiment - lotincha «sinab ko‘rish», «tajriba qilib ko‘rish») metodi. Pedagogik tajriba metodidan muammo echimini topish imkoniyatlarini o ‘rganish, mavjud pedagogik sharoitlaming maqsadga erishishning kafolatlay olishi, ilgarí surilayotgan tavsiyalarning amaliyot-da o ‘z in’ikosiga ega bo‘la olishi hamda samaradorligini aniqlash maqsadida foydal añilad i. Muayyan muammo echimini topishga yo‘naltirilgan pedagogik tajriba ma’lum doirada, soni aniq belgilangan respondentlar ishtirokida amalga oshiriladi

Download 20,91 Kb.
1   2   3




Download 20,91 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Adabiyotlar va arxiv materiallarini o’rganish, kuzatish, suhbat, so’rov, test, eksperiment- empiric tadqiqot metodlari sifatida

Download 20,91 Kb.