1. Pedagogik ilmiy tadqiqot metodlarini tasniflash muammolari. Oilaning tarbiyavey imkoniyatlarini tashxis etish




Download 20,91 Kb.
bet3/3
Sana20.05.2024
Hajmi20,91 Kb.
#245683
1   2   3
Bog'liq
6-variant

3.Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
Bu yerda tadqiqot jarayonida asosiy xulosa sifatida olingan, to‘g‘ri qo‘yilgan masaladan va bu masalaga javob beradigan tadqiq etilgan zaruriy va yetarli holatlardan mantiqan kelib chiqadigan fikrlar qisqacha bayon qilinadi. Bu aniqlangan yangi fakt, qo‘yilgan vazifaning asosli yechimi, yangi ma’lumotlarning ilmiy muomalaga olib kirilishi, ma’lum faktning yangicha sharoitlar uchun tasdiqlanishi bo‘lishi mumkin.
Yangilikni olingan natijani ma’lum bo‘lgan natijalar bilan solishtirish orqali ko‘rgazmali tarzda ko‘rsatish ham mumkin. Quyida ilmiy natijalar yangiligining mezonlari keltirilgan.
1. Masalani qo‘yishning yangiligi – bu yangilikning eng quyi darajasi bo‘lib, buning uchun hozirda mavjud bo‘lgan, muayyan nuqtayi nazar ostida o‘tkazilgan tadqiqotlar haqidagi axborotlarga hamda shu predmetga boshqacha nuqtayi nazardan qarashga imkon beradigan muayyan tasavvurga ega bo‘lishning o‘zi kifoya.
2. Uslubiyatning yangiligi – qo‘llanadigan yangicha yondashuvlar, uslublar, tadqiqot tamoyillari demakdir. Bu yangilikning birmuncha yuqori darajasi bo‘lib, u ancha yangi natijalarga erishishga yo‘l ochadi, lekin metodologiya hali yangilik uchun kafolat bera olmaydi. Ayni bir paytda ma’lum uslubiyatlarning yangi sharoitda qo‘llanishi ham unumli natijalar berishi mumkin.
3. Olingan ijobiy yoki salbiy natijaning yangiligi (mazmunan yangiligi). Eng asosiysi – tadqiqot jarayonida asosiy xulosa sifatida olingan, to‘g‘ri qo‘yilgan masaladan va tadqiq etilgan zaruriy hamda yetarli holatlardan mantiqan kelib chiqadigan fikrni qisqacha bayon qilish. Bu aniqlangan yangi fakt, qo‘yilgan masalaning asosli yechimi, ilmiy muomalaga yangi ma’lumotlarning olib kirilishi, ma’lum faktning yangi sharoit uchun tasdiqlanishi ham bo‘lishi mumkin. Yangilikni olingan natijani ma’lum faktlar bilan solishtirish orqali ko‘rgazmali tarzda ko‘rsatish mumkin.
4. Mazmunni yangicha shaklda ifodalash (formal yangilik) – yangi atamalarning joriy etilishi. Biroq qanchalik ko‘proq yangi “burama” atamalar joriy qilingan bo‘lsa, yangilik ham shunchalik yaqqol ko‘rinadi, deb o‘ylamaslik kerak. Atamalarning yangiligi ishda ana shu hech narsani anglatmaydigan atamalardan boshqa hech qanday yangilik yo‘qligini yashira olmaydi. Yangi atama yetarlicha isbotlangan va ishonchli asoslangan yangi bilimning to‘plangan hajmini ifodalash uchun joriy etilishi mumkin va shunda u yangilikni ifodalashning muhim vositasi bo‘ladi.
5. Olingan natijaning yangicha talqin etilishi (izohlash va talqin qilish yangiligi). Bu yerda yaxshi ma’lum bo‘lgan qonunlar va g‘oyalarning yangicha ko‘rilishini namoyon qilish uchun real imkoniyat mavjuddir.
6. Olingan natijani amalda qo‘llashning yangiligi (amaliy yangiligi). Odatda bu nazariy ilmiy tadqiqot doirasidan chetda bo‘ladi va amaliy ilmiy tadqiqot ishlari toifasiga kiradi, lekin tadqiqot muallifi olingan natijalarni qo‘llash uchun yangi sohalarni taklif etishi kerak.
Download 20,91 Kb.
1   2   3




Download 20,91 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Pedagogik ilmiy tadqiqot metodlarini tasniflash muammolari. Oilaning tarbiyavey imkoniyatlarini tashxis etish

Download 20,91 Kb.