• Foydalanilagan adabiyotlar ro’yxati
  • OSI modeli va TCP\IP protokoli pog’onalri haqida tushuncha




    Download 7,4 Mb.
    bet9/9
    Sana09.10.2024
    Hajmi7,4 Mb.
    #274347
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    1. Pog‘onali arxitektura tushunchasi, pog‘onali arxitektura prot

    2 OSI modeli va TCP\IP protokoli pog’onalri haqida tushuncha Tarmoqni ishlashi uchun esa bizga OSI modeli va TCP/IP protokollar steki zarur hisoblanadi. OSI (Open System Interconnection) modeli 7ta pog'onadan iborat va har bir pog'ona paket
    (ma'lumot uzatishning bir turi hisoblanadi) hosil qilishda o'z belgisini qo'yib boradi. Ya'ni bunda agar ma'lumot biror qurilmadan chiqib ketishdan oldin 7-pog'onadan boshlab pastki pog'onaga tushib borib paket ko'rinishiga keladi va uzatiladi. Ikkinchi kompyuter uni qabul qilib olgandan so'ng esa 1-pog'onadan boshlab yuqoriga qarab chiqib boradi va ma'lumot ko'rinishiga keladi. Bunda agar qaysidir pog'onada xatolik bo'lsa, paket qaytadan so'raladi yoki so'rov bekor qilinadi (bu tushunchalar nisbiy hisoblanib, ma'lumot almashinuv aynan aytilganidek amalga oshirilmaydi). OSI modelining 7ta pog'onasi:




    ISO/OSI modelining hamma bosqichlarining ishlashini tashkil qilishga javobgar protokol steklaridir. Protokol steklarining ishlatilishining foydali tomoni shundan iboratki, stekka kiruvchi hamma protokollar bitta ishlab chiqaruvchi tomonidan yaratilgan, shuning uchun ular yuqori tezlikda va samarali ishlash imkoniyatiga ega. Tarmoqlar yaratilgan vaqtdan beri bir necha turdagi protokol steklari yaratilgan, ular ichida eng ko‘p ishlatiladiganlari: TCP/IP, IPX/SPX, Net BIOS/SMB, Novell Ware, DECnet va boshqalar.Protokollar stek tarkibida bo‘lib, ISO/OSI modelining turli bosqichlarida ishlaydi. Lekin odatda uchta protokol turi alohida ta’kidlanadi:transport, tarmoq va amaliy.Protokol steklaridan foydalanishning ijobiy tomoni shundan iboratki, quyi bosqichda ishlaydigan protokollar anchadan beri ishlatiladigan va taniqli Ethernet, FDDI va boshqa tarmoq protokollaridir. Bu protokollarning apparat vositalar yordamida bajarilishi sharofati evaziga bir xil qurilmalarni turli tarmoqlarda ishlatish imkoni mavjud bo‘ladi. Shu tufayli qurilmalarning moslashuv imkoni hosil bo‘ladi.Yuqori bosqich protokollari xususida esa har bir stek o‘z afzalliklariga va kamchiliklariga egadir va «bir protokolga – bir bosqich» tushunchasidek aniq bog‘lanish yo‘qdir, ya’ni bir protokol birdaniga ikki-uch bosqichlarda ham ishlashi mumkinBundan tashqari bizda port tushunchasi mavjud bo'lib, Port bu – mantiqiy bog'lanish tuguni hisoblanib, bu portlar yordamida mantiqiy kerakli protokolga bog'lanish hosil qilinadi. Ixtiyoriy so'rov biron manzildagi aynan kerakli portga murojaat qilinadi va javob qaytarishda esa so'rov kelgan portga qayta jo'natiladi. TCP/IP da har bir protokol uchun port mavjud. Ularning umumiy soni 65535 ta. Portlar quyidagicha bo'ladi:

    Internetda ko‘plab turli xil paketlardan foydalaniladi, lekin asosiylaridan biri bu — IP-paketdir

    (RFC-791). IP-protokol ishonchli bo‘lmagan transport muhitini taklif etadi. Mazkur




    protokolning ma’lumotlarni uzatish algoritmi juda ham oddiy: xato hollarda deytagramma




    tashlab yuboriladi, jo‘natuvchiga esa tegishli ICMP-xabar yuboriladi (yoki hech narsa




    yuborilmaydi). IP-protokolida tarmoqlararo xizmatlarni ta’minlash uchun to‘rtta asosiy mexanizm qo‘llaniladi: xizmat ko‘rsatish turi, paket yashash vaqti, sarlavhaning nazorat yig‘indisi, qo‘shimcha imkoniyat(opsiya)lar . Xizmat ko‘rsatish turi tarmoqlararo deytagrammaning tarmoqlararo tizim orqali uzatilishida talab etiladigan sifatni ko‘rsatishi uchun foydalaniladi.
    Paketning yashash vaqti tarmoqdagi deytagramma mavjud bo‘lish vaqtining yuqori chegarasini ko‘rsatadi. Ushbu ko‘rsatkich jo‘natuvchi tomonidan beriladi va tarmoqlararo deytagrammaning marshrut nuqtalari bo‘ylab harakatlanishiga ko‘ra kamayib boradi. Tarmoqlararo deytagramma vaqti qabul qilib oluvchiga yetib borguniga qadar nol bo‘lsa, u holda ushbu deytagramma yo‘q qilinadi. Sarlavhaning nazorat yig‘indisi undagi ma’lumotlar himoyasini ta’minlaydi.
    Agarda modul sarlavhada xatolikni aniqlasa, u holda ushbu tarmoqlararo deytagramma uni aniqlagan modul tomonidan yo‘q qilinadi. Qo‘shimcha imkoniyatlar ayrim qo‘shimcha xizmatlar bajarilishini ta’minlaydi, masalan, ma’lumotlarni himoyalash va maxsus marshrutlashtirish usullari.
    Asosiy protokollarning tahlili:

    TCP/IP protokol steklari (Transmission Control Protocol/Internet Protocol) bugungi kunda eng ko‘p

    tarqalgan va fundamentaldir.


    U har qanday o‘lchamdagi mahalliy tarmolarda ishlaydi. Undan tashqari protokollardan Internet global tarmog‘ida ishlash imkonini beruvchi yagona protokoldir.TCP/IP protokollar stekiga turli bosqichlarda ishlovchi ko‘pprotokollar kiradi, lekin o‘z nomini u ikkita TCP va IP
    protokollar nomidan olgan.TCP (Transmission Control Protocol) – transport protokoli, TCP/IP protokollar stekidan foydalanib tarmoqda

    axborotlarni uzatishni boshqarish uchun xizmat qiladi.

    IP (Internet Protocol) – tarmoq bosqich protokoli, turli tarmoqdan iborat bo‘lgan tarmoqlarda axborotlarni yetkazish uchun transport protokollarining biridan foydalanadi, masalan, TCP yoki UDP.


    TCP/IP stekning quyi bosqichi axborot uzatishning standart protokollaridan foydalangani uchun uni har qanday tarmoq texnologiyasi qullanganda va har qanday operatsion tizimli komp’yuterlarda ishlatish mumkin bo‘ladi. Azaldan TCP/IP protokoli global tarmoqlarda foydalanish uchun loyihalashtirilgan, aynan shuning uchun u maksimal ravishda moslashuvchandir. Xususan paketlarni qism- larga ajratish imkoni bo‘lgani uchun ham aloqa kanalining sifati e’tiborgaolinmasa ham, axborot albatta o‘z manziliga yetkaziladi. IP – protokolining mavjudligi uchun ham turli segmentli tarmoqlar o‘rtasida ham axborot uzatish mumkin bo‘ladi.TCP/IP – protokolining kamchiligi shundan iboratki, tarmoqda ma’murlashtirish murakkablashadi.

    Xulosa

    TCP/IP haqida ko'proq ma'lumot berilishi mumkin, ammo uchta asosiy kalitlar bor:
    TCP / IP-jismoniy tarmoqlar Internet-ta'lim uchun bir joyga to'planishiga imkon beruvchi protokollar to'plami. TCP / IP shaxsiy tarmoqlarni virtual kompyuter tarmog'ini shakllantirish uchun bog'laydi, unda alohida asosiy kompyuterlar tarmoqlarning jismoniy manzillari bilan emas, balki IP-manzillar bilan aniqlanadi.
    TCP / IP har bir protokolning javob berishini aniq belgilaydigan ko'p darajali arxitekturadan foydalanadi. TCP va UDP tarmoq dasturlari uchun yuqori darajadagi xizmat ma'lumotlarini taqdim etadi va har ikkisi ham ma'lumotlar paketlarini uzatishda IP-ga tayanadi. Ip paketlarni o'z manziliga yo'naltirish uchun javobgardir.
    Internetning asosiy kompyuterlarida ishlaydigan ikkita dastur dasturlari orasidagi ma'lumotlar ushbu kompyuterlardagi TCP/IP stakanlarini yuqoriga va pastga "sayohat" qiladi. Yuboruvchi tomonidagi TCP/IP modullari tomonidan qo'shilgan ma'lumotlar qabul qiluvchi uchida tegishli TCP/IP modullari tomonidan" kesiladi " va manba ma'lumotlarini qayta yaratish uchun ishlatiladi.

    Foydalanilagan adabiyotlar ro’yxati



    1.
    Кучерявый А. E. «Интернет вещей»
    2.
    Kompyuter tarmoqlari chuqurlashtirilgan kursi (X.Zayniddinov, O'rinboyev, A.Beletskiy).
    3. https://ru.wikipedia.org/wiki/TCP/IP
    4.
    http://ziyonet.uz/ru


    1. Кучерявый А. E. «Интернет вещей»


    1. https://ru.wikipedia.org/wiki/TCP/IP


    1. Kompyuter tarmoqlari chuqurlashtirilgan kursi (X.Zayniddinov, S.O'rinboyev, A.Beletskiy).

    Download 7,4 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 7,4 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    OSI modeli va TCP\IP protokoli pog’onalri haqida tushuncha

    Download 7,4 Mb.