Noverbal munosabatlar
|
Iliq
| |
Sovuq
| | |
Ovoz toni
|
Muloyim
|
Qattiq
|
Yuz ifodasi
|
Tabassum, qiziquvchanlik
|
Xo’mraygan, befarqlik, shijoatsizlik
|
O’zini tutish
(poza)
|
Tananing mijozga
(psixologga) egilganligi, gavdaning
Vazmin holatda turganli
|
O’zini olib qochishlik, zo’riqishning mavjudligi
|
Ko’z kontaktlari
|
Ko’zlarning to’g’ri
yo’nalganligi
|
Ko’zni olib qochish
|
Imo-ishoralar
|
Ochiqlik, xayrixohlik
|
Yopiqlik, himoyalanish
|
Masofa
|
Uzoq
|
Yaqin
|
Malakali konsultant psixolog shu kabi noverbal signallar orqali patsientning yashirin hissiyotlarini, psixologik maslahat jarayoniga nisbatan reaksiyasini bilib olishi mumkin.Quyida patsient haqida qo’shimcha ma’lumotlar beruvchi noverbal signallarga qisqacha to’xtalib o’tamiz.Mijozni qo’lni orqa belga chalishtirib turishi bu uning qat’iy hamda irodali inson ekanidan dalolat beradi. Gavda o’tirgan holda oldinga egilgan bo’lsa, konsultatsiya jarayoniga qiziqishni bildiradi. Oyoqlarni chalishtirib, ustidan qo’lni qo’yib o’tirish patsientning reaksiya tezligi yuqoriligidan, qolaversa, bahslarda biror fikrga ishontirish qiyinligidan xabar beradi. Agar mijoz suhbat jarayonida boshni tik tutsa, unda konsultatsiyaga nisbatan befarqlik munosabati borligini anglash mumkin. Qo’llar ko’krakda chalishtirilgan holda tursa, himoya reaksiyasi, qolaversa, suhbatga nisbatan tanqidiy munosabatdan dalolat beradi. Agar mijoz konsultatsiya jarayonida iyakni siypalasa, bu ayni damda unda xulosa hamda qaror qabul qilish jarayonlari kechayotganini anglatadi. Patsient otirgan o’rindig’ini ko’p bora orqa tomonga egsa, bu tushkun kayfiyat belgisi sifatida tahlil etiladi.Konsultatsiya jarayonida psixologning o’zi ham verbal hamda novrebal muloqotdan samarali foydalanishi patsientda psixologga nisbatan ishonch hissini oshiradi.Karl Rodjers gumanistik psixologiyaning vakillaridan mashhuri psixologik yordam ko’rsatish jarayonida psixolog bir qator faoliyatini amalga oshirishga ko’maklashuvchi tafakkur predmetiga ega bo’lishi kerak. Ular quyidagilar:
1.E’tibor qaratish.
O’tmish – hozir – kelajak
Ya’ni psixolog konsultant mijoz muammosi qachonga qaratilganiga e’tibor qaratishi lozim ekan. O’tmishgami, bugungi kungami yoki mijoz kelajakda yuzlashishi mumkin bo’lgan masalalarni o’ylab g’am chekayotganini tahlil qila olishi kerak. Psixologik muammoning qay zamonga qaratilganini aniqlash uni hal qilish jarayonini osonlashtiradi.
Bunda psixolog konsultatsiya jarayonida barqarorlik hamda o’zaro uyg’unlikka eriasha olishi muhim. Ya’ni psixologik masalahat chog’ida mijoz boshqa mavzularga o’tib ketmasligi hamda psixolog bilan o’zaro uyg’unlikda ish olib borilishini ta’moinlay olishi darkor.
Barqaror ( uyg’unlik)
Refleksivlik (tasdiqlash)
Psixologik maslahatning eng muhim hamda mas’uliyatli shartlaridan sanaladi. Bunda psixolog konsultatnt mijoz muammosini mustaqil anglashi hamda o’zi hal qila olish darajasiga olib chiqa olishiga erishishi talab etiladi.Psixologik maslahat jarayonining muvaffaqiyati ko’p jihatdan konsulatativ ta’sir etish texnologiyalariga ham bog’liqdir. Psixologning mijoz tomonidan berilayotgan verbal hamda noverbal signallar mohiyatini tahlil qila olishi patsient bilan to’g’ri yondashuv hosil qilinishiga ko’mak beradi. Shunday ekan, amaliy psixologlar doimo o’z ustida ishlashi hmada konsultativ ta’sir texnologiyalarni muntazam o’rganib, amaliyotda qo’llashi maqsadga muvofiq.
|