Suvga talabchanlikka tutib qolishiga ta’sir etuvchi qo‘shimchalar




Download 33,6 Kb.
bet8/8
Sana30.11.2023
Hajmi33,6 Kb.
#108310
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1. Qo‘shimchalar turlari. Mineral qo‘shimchalar-hozir.org

8. Suvga talabchanlikka tutib qolishiga ta’sir etuvchi qo‘shimchalar
Suv talabchanlikni pasaytiruvchi qo‘shimchalar, qotayotgan betonni xossalarini yaxshilaydi, uning fizik-mexanik, texnik xususiyatlarini oshiradi. Odatda suv miqdorini pasaytirishi 5% dan kam bo‘lmasligi kerak, qo‘shimcha bilan esa suvga talabchanlik, sement sarfini 10-15% kamaytirishi mumkin. Qotgan betonni xossasi, ayniqsa uning mustahkamligi va uzoq vaqt ishlatilishi suv sement nisbati kamaygan va sementni gidrotlanish darajasi o‘sgan sari yaxshilanadi. Agar qo‘shimchalar sement gidratlanishini ilk bor yoshda oshirsa unda ularni tezlashtiruvchilar, agar pasaytirsa, sekinlashtiruvchilar deb atashadi. Sementni tutib qolish muddatlari qo‘shimcha turiga bog‘liq. Ko‘p sekinlashtiruvchilar bir vaqtda S/S ni pasaytiradi, boshqalari esa sementni tutib qolish muddatlarini cho‘zadi. Odatda ularda muhim komponentlar sifatida suvda eriydigan organik moddalar xizmat qiladilar. XX-asrni 30-yillarida naftalin sulfat kislotalar kondensatlash mahsulotlari qatorida polimerlarni 0,1% miqdorda kiritib qo‘llashgan, so‘ng 70-yillarda ularni yana ishlata boshlashdi. Ularni 4 guruhga bo‘lish mumkin.

  1. Lignosulfanat kislotalarni kalsiy, natriy, ammoniy tuzlari.


  2. Gidroksikorbonat kislotasi tuzlari.


  3. Uglevodlar.


  4. Har xil tuzlarni suvli eritmalari.


Lignosulfanatlar eng keng qo‘llanadigan qo‘shimchalar, suv pasaytiruvchilar 30-yillardan ma’lum bo‘lib kelgan. Ularni sellyuloza-qog‘oz kombinatlarda yog‘ochni gidroliz etishida olinadi. Tarkibi sulfolignik, sellyuloza va lignin bo‘linishi mahsulotlaridan, 30% dan xar xil uglevodorodlardan, sulfat va erkin oltin gugurt kislotasidan iborat. Lignosulfanat asosidagi qo‘shimcha aniq havo olib kiruvchi xossasiga egadir.


Gidrooksikorban kislotasini 50-yillarda suv pasaytiruvchilar va tutib qolishni sekinlashtiruvchilar sifatida qo‘llashni boshlashgan. Ko‘proq glyukon, millon, mussalas, salisil, kant, kislotalarni ishlatishgan. Asosan bu birikmalarni 30%li natriy tuzlarni suvli eritmasi ko‘rinishida ishlatildi. Sementni tutib qolishini normal muddatlarini taminlashni zaruriyatida yoki uning tutib qolish va qotish jarayonlarini tezlashtirishda qo‘shimchani tezlashtiruvchi bilan qo‘llashi kerak. Noorganik moddalar-bu qo‘rg‘oshin, mis, temir, alyuminiy, sink tuzlari. Bularni sementni tutib qolish muddatlarini va gidrotlanishini sekinlashtiruvchi sifatida qo‘llanish mumkin, ammo ularni yuqori narxi, suvda past eruvchanligi, zaxarli sababli ishlatilishi tavsiya etilmaydi. Beton qorishmasini reologik xossalariga pasaytiruvchi qo‘shimchalar sezilarli ta’sir etadi, qotish vaqtiga, yaxshi joylashishga. Bu asosan gidratlangan sement sathiga organik qo‘shimchalarni, molekulalarni fizik-kimyoviy ta’siri bilan asosan tushuntiriladi. Quyidagi faktorlarga: turi, dozasi, qo‘shimcha miqdori, uning kiritish texnologiyasi, sement, shlak, kullarni turi va sifati, xavoli fazalarni xajmiga bog‘langan xolda, suv miqdorini 5-15% ga kamaytirish mumkin. Qo‘shimchalarni suvni pasaytirish qobiliyatiga to‘ldiruvchilarni tabiati va shaklini xar xilligi sezilarli ta’sir etadi. Xar xil turdagi qo‘shimchalar bir xil samarador suv pasaytiruvchi bo‘lishi mumkin emas. Masalan, xavo olib kiruvchi qo‘shimchalar sezilarli suv talabchanlikni yog‘siz beton qorishmalarida yog‘likka nisbatan kamaytirishadi. Suv pasaytiruvchilar mikroto‘ldirgichli beton qorishmalarida pasaytirish qobiliyatiga ega. Og‘irlik kuchi ta’siri xisobiga qo‘shimchalar beton qorishmalarini qatlamlanishi va suv ajralishi xajmini darajasiga ta’sir etishi mumkin. Masalan, natriy glyukonat suv ajralishini ko‘paytiradi, lignosulfonat esa uni o‘zgartirmaydi. Qotayotgan betonni fizik xossalariga qo‘shimchalarni ta’sirini ko‘rib chiqqanda masalan zichligini, g‘ovakligini, o‘tkazuvchanligini aytish mumkin, doimiy mustaxkamlikda zichlik o‘sib boradi, betonni g‘ovakligi S\S nisbati kam bo‘lgan sari, pasayadi, beton o‘tkazuvchanligi sementni doimiy sarfida boshlang‘ich va kech muddatlarda pasayadi. Asosiy ta’sir etish effektidan tashqari, qo‘shimchalarni ko‘p turlari va guruxlari uchun ikkilamchi effektlar xarakterlidir. Asosiy effektga nisbatan ular kam kuchli va kam mohiyatli bo‘lishi, salbiy va ijobiy bo‘lishlari mumikin. Agar qo‘shimchalar chegaralangan dozalarda kiritilsa unda ortiqcha effekt kuzatilmaydi, ortiqcha miqdori-salbiy xodisalarga olib kelishi mumkin.
http://hozir.org
Download 33,6 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 33,6 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Suvga talabchanlikka tutib qolishiga ta’sir etuvchi qo‘shimchalar

Download 33,6 Kb.