1. Qurilish materiallari va buyumlarning O’zbekiston iqtisodiyotidagi o’rni




Download 342,93 Kb.
Sana12.02.2024
Hajmi342,93 Kb.
#155337
Bog'liq
Qurilish meyorlari va qoidalari







Reja:
1.Qurilish materiallari va buyumlarning O’zbekiston iqtisodiyotidagi o’rni,
ivojlanish tarixi va rivojlanishi.
2. Qurilish materiallari, buyumlari xom-ashyo bazasi, sanoat chiqindisidan foydalanish.
3. Qurilish materiallari, buyumlari sinflanishi, standartlash, Davlat standartlari.

Qurilish me’yorlari va qoidalari.


Qurilish materiallari ishlab chiqarish va ularni xalq xo’jaligida ishlatishning o’ziga xos tarixi bor. Juda qadimgi va eng ko’p tarqalgan gil qurilish materiali sifatida insoniyat taraqqiyotining boshlang’ich davridayoq ishlatilgan. Vaqt o’tishi bilan insoniyat xar xil shaklli buyumlar tayyorlashi va ularning mustaxkamligii oshirish maqsadida quritish va kuydirishni o’rgangan. Sopol buyumlar ishlab chiqarish bir necha ming yillardan beri mavjud.

Bog’lovchi moddalarning bundan 4-5 ming yil avval sun’iy yo’l bilan hosil qilinganligi tarixdan ma’lum.


Misrdagi hashamatli yodgorliklardan fir’avn qabrlari, Xeops piramidasi, Karnakedagi Amona ibodatxonasi kabi ulkan noyob yodgorliklar eramizdan ikki-to’rt ming yil avval xarsang tosh elementlari vositasida qurilgan.
Vatanimizda bog’lovchi moddalar (asosan, ahak va gips) ishlab chiqarish sanoati tosh materiallarni inshootlarda qo’llab kelinganligi asosida vujudga keldi. Masalan shahar devorlari, minoralar, masjid va qasrlar, Buxoro, Samarqand, Xiva yodgorliklari kabi inshootlarning qurilish materillariga bo’lgan extiyojini oshirgan. Xorazm chor atrofi qalin devorlar bilan o’rab chiqilgan to’rtta tsilindr minoradan iborat edi. Minoraning usti tep-tekis qilib ishlangan.


Qurilish qorishmalari tayyorlashda, asosan, mineral bog’lovchi moddalardan gil, ohak, gips, ganch, tog’ mumi (ozorokerit), tog’ jinsi, trepel, opoka qo’shilgan ohak (ohak-puts holat bog’lovchi modda) kabi materiallar ishlatilgan. Qorishma tayyorlashda o’zbek quruvchilari xilma-xil qo’shilmalardan keng foydalanganlar. Jumladan, vulqon shishasi, oq gil (kaolin), hayvon qoni, tuxum sarig’i, suyak yelimi va shirasi qorishma moddalar mustahkamligi va chidamliligini oshirish vazifasini o’tagan. Samarqandddagi Ulug’bek madrasasini, Qo’qondagi Xudoyorxon saroyini qurishga bunday qorishmalar bilan ganch-g’isht qorishmasidan va ohak-g’isht qorishmasidan iborat betonlar ko’p ishlatilgan.
Keyingi yillarda qurilish materiallarini ishlab chiqarish bir necha marta ortdi. Mahsulotning sifati yaxshilandi, assortimenti ko’paydi va yangi texnologik usullar ishga tushirildi. Xozirgi qurilish materiallari korxonalari Vatanimizda ishlab chiqarilgan yuqori unumli mashinalar bilan ta’minlangan.Ishlab chiqarishdagi deyarli hamma texnologik bosqichlar mexanizatsiyalashtirilgan.
Qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoatining eng muhim vazifalari mahalliy xom ashyodan keng foydalanish va buyum ishlab chiqarishni rivojlantirish, ularning sifatini oshirish va qurilishning tannarxini kamaytirishdir. Xozirgi zamon sintetik polimerlar va detallar ishlab chiqarish qurilish materiallari sohasida tub burilish yasadi.

Sintetik materiallarni qurilishda ishlatishning afzalligi shundaki, qurilish qurilmalari yengillashadi va uni tayyorlash uchun kam mehnat sarflanadi, yog’och, tsement,rangli metallar va boshqa qurilish materiallari tejaladi.


O’zbekistondagi qurilish materiallarini o’rganish va ularni ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirishda ko’pgina ilmiy tekshirish institutlari va tajribaxonalari hamda markaziy institutlarining o’rni juda ham katta.
Qurilish materiallari texnologiyasini rivojlantirishda va ularni ishlab chiqarish nazariyasini o’rganishda Respublika olimlaridan M.O’razboev, K.Axmedov, A.Ashrabov, Yu.Toshpulatov, F.Tojiev va boshqa olimlar o’z hissalarini qo’shdilar.
Akademiklar X.A.Abdullaev, D.S.Belyankina, G.O.Mavlonov va boshqa olimlar juda ko’p yangi tabiiy qurilish materiallari topishga muyassar bo’ldilar.

Gidravlik bog’lovchi moddalarning qotish nazariyasiga asos solgan A.R.SHulyachenko g’oyalarini boyitishda va bir necha xil element yaratishga akademik A.A.Baykov, prof. V.A.Kind, V.N.Yung, P.P.Budnikov, M.A.Rib’ev, B.G.Skramtaev, B.A.Kro’lov va ko’pgina olimlar salmoqli hissa qo’shdilar.


Beton tayyorlash texnologiyasini takomillashtirishda ko’pgina olimlarning olib borgan ishlari salmoqli o’rin tutadi.
Beton qorishmasining tarkibini xisoblash nazariyasini professorlar N.M.Bel’yaev, N.A.Popov, B.G.Skramtaev va boshqalar ishlab chiqdilar.
O’zbekistonda qurilish materiallari sanoati o’tgan yillar ichida qoloq va mayda tarqoq hunarmandchilik ishlab chiqarish holatidan zamonaviy va to’la avtomatlashtirilgan og’ir industriyaga aylandi.
Respublikamizdagi qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi zavodlar yuqori unumli mashina va agregatlar bilan jixozlangan.

O’zbekistonda Navoi, Quvasoy, Ohangaron, Bekobod va Angren tsement zavodlarida portlandtsementigina emas balki, gidrotexnika inshootlari uchun juda zarur va sul’fatga chidamli yuqori markali portlandtsement, yig’ma temir-beton va yo’l qurilishi uchun ishlatiladigan tez qotuvchi tsementlar ham ishlab chiqarmoqda.


Ko’pgina qurilish materiallari uchun Respublika Davlat standarti, ya’ni DAST ishlab chiqilgan. Ushbu standart davlat xujjati bo’lib, u qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchi va bu materiallarni ishlatuvchi har bir vazirlik, boshqarma va korxonalar uchun majburiy qo’llanmadir. Har bir DAST o’zining raqamiga va tasdiqlangan yiliga ega. Masalan, oddiy g’ishtning standarti DAST 530-91 bo’lsa, bunda birinchi son standartning tartib raqamini, ikkinchisi esa uning tasdiqlangan yilini ko’rsatadi.
DAST lar fan va texnika sohasida erishilayotgan eng yangi yutuqlarga asoslanib ishlab chiqiladi.
Berilgan materialning standarti hali tasdiqdan o’tmagan bo’lsa, tegishli texnikaviy shartlar (TU) dan foydalanishga to’g’ri keladi. Qurilish materiallari va detallariga, sifatiga bo’lgan talablar, ularni tanlash va ishlatishga oid ko’rsatmalar «Qurilish me’yorlari va qoidalari» (QMQ) da batafsil bayon qilinadi.
QMQ - bu qurilish materiallari, qurilishdagi va loyihalashdagi jamlanma me’yoriy xujjatlar majmuasi bo’lib, barcha tashkilotlar uchun majburiy qo’llanmadir. Loyihalashda, qurilish buyumlarini tayyorlashda va inshootlarni qurishda o’lchamlarni standartlashtirishning uslubiy asosi – bu qurilishdagi o’lchamlarni yagona modul asosida muvofiqlashtirishdir.
Download 342,93 Kb.




Download 342,93 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Qurilish materiallari va buyumlarning O’zbekiston iqtisodiyotidagi o’rni

Download 342,93 Kb.