|
1. Ratsional son cheksiz davriy o`nli kasr sifatida
|
bet | 1/4 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 154,17 Kb. | | #138338 |
Bog'liq 1. Ratsional son cheksiz davriy o`nli kasr sifatida
6-variant.
1 – topshiriq. Berilgan savollarga yozma tarzda javob tayyorlang.
1.Ratsional son cheksiz davriy o`nli kasr sifatida. qisqarmas kasr ko`rinishda tasvirlash mumkin bo`lgan sonlar ratsional sonlar deyiladi. Bunda – butun sonlar va .
Faraz qilaylik, biror musbat ratsional son bo‘lsin. Bo‘lish qoidasidan foydalanib butun sonni ga bo‘lamiz. Agar ni ga bo‘lish jarayonida biror qadamdan keyin qoldiq nolga teng bo‘lsa, u holda bo‘lish jarayon to‘xtab, kasr o‘nli kasrga aylanadi. Odatda, bunday o‘nli kasr chekli o‘nli kasr deyiladi. Masalan, kasrda 59 ni 40 ga bo‘lib, uni 1,475 bo‘lishini topamiz:
.
Agar ni ga bo‘lish jarayoni cheksiz davom etsa, ma’lum qadamdan keyin yuqorida aytilgan qoldiqlardan biri yana bir marta uchraydi, so‘ng undan oldingi raqamlar mos tartibda takrorlanadi.
Odatda bunday kasr cheksiz davriy o‘nli kasr deyiladi. Takrorlanadigan raqamlar (raqamlar birlashmasi) o‘nli kasrning davri bo‘ladi.
Masalan, kasrda 1 ni 3 ga bo‘lib, 0,333... bo‘lishini topamiz;
Ushbu
0,333... , 1,4777... , 2,131313...
kasrlar cheksiz davriy o‘nli kasrlardir. Ularning davri mos ravishda 3, 7, 13 bo‘ladi va bu cheksiz davriy o‘nli kasrlar quyidagicha
0,(3), 1,4(7), 2,(13)
yoziladi;
.
Shuni ta’kidlaymizki, davri 9 ga teng bo‘lgan cheksiz davriy o‘nli kasrni chekli o‘nli kasr qilib yoziladi.
Masalan,
.
Har qanday chekli o‘nli kasrni nollar bilan davom ettirib cheksiz davriy o‘nli kasr ko‘rinishida yozish mumkin.
Masalan,
.
Demak, har qanday ratsional son cheksiz davriy o‘nli kasr ko‘rinishida ifodalanadi. Aksincha, har qanday cheksiz davriy o‘nli kasrni ko‘rinishida yozish mumkin.
Masalan, ushbu
cheksiz davriy o‘nli kasrlarni qaraylik. Avvalo ularni
,
ko‘rinishda yozib, so‘ng cheksiz kamayuvchi geometrik progressiya yig‘indisi formulasidan foydalanib topamiz:
,
Demak, ixtiyoriy ratsional son cheksiz davriy o‘nli kasr orqali va aksincha, ixtiyoriy cheksiz davriy o‘nli kasr ratsional son orqali ifodalanadi.
|
| |