1-savolga genetik axborot




Download 42.56 Kb.
bet1/3
Sana23.02.2024
Hajmi42.56 Kb.
#161499
  1   2   3
Bog'liq
Javob
12-O‘stirilgan hujayralar va ularning turlar, FIz zam Tu MT taqdimot, Kxd, Миробид домлога, kengash qarori, 1-Ma\'ruza-2 soat, 4 Ekologiya va atrof muhit muhofazasi , 162 Xorijiy (ingliz) til , Alisher Xo\'jaboyev Prezintatsiya 2020, avtomatik boshqarish va rostlash nazariyasi asoslari, avtomatika asoslari va ishlab cniqarisn jarayonlarini avtomatlasntirisn, Sotsial psixologiya Aktamova Chexrona, 108, 1-Mavzu. Gelmintologiya faninining rivojlanish tarixi va hozirgi holati, Бошкарувда хорижий тажриба (2)

1-SAVOLGA
Genetik axborot — oqsil molekulasining tuzilishi haqidagi axborotning DNK (dezoksiribonuklein kislota)da nukleotidlarning birin-ketin kelish tartibi shaklida kimyoviy tilda yozilishi. Genetik axborotning realizatsiya qilinishi replikatsiya va transkripsiya holida amalga oshadi. Replikatsiya jarayonida DNK oqsil sintezida bevosita ishtirok etmaydi. Ona hujayra boʻlinayotganida DNK ham ikkiga ajraladi. Har bir zanjir qarshisida komplementarlik asosida ik-kinchi DNK zanjiri hosil boʻladi. DNK replikatsiyasi deb ataladigan bu jarayon irsiy belgilarning nasldannaslga oʻzgarmay oʻtishini taʼminlaydi.
Genetik axborot amalga oshishining ikkinchi bosqichi oqsil sintezini boshqaruvchi uch xil RNK (ribonuklein kislota) molekulasining sintez qilinishidan iborat. Bu jarayon transkripsiya (koʻchirib yozish) deyiladi. RNKning barcha turlari yadroda sintezlanadi.
Informatsion RNK (iRNK) translyatsiya jarayonida DNK zanjirlarining birida hosil boʻlib, uning ayrim boʻlagidan aniq nusxa koʻchirib oladi. RNK molekulasida DNK dan uglevod dezokriboza oʻrniga riboza, azotli asos timinning oʻrniga uratsil boʻlishi hamda bitta zanjirli ekanligi bilan farq qiladi. iRNK DNKdagi oqsil tuzilishi haqidagi axborotni oqsil sintez boʻladigan ribosomaga tashib keltiradi. Oqsil sintezida transport RNK (tRNK) ham ishtirok etadi. Bu RNK sitoplazmadagi aminokislotalarni ribosomaga yetkazib beradi. Oqsil sintezida ishtirok etadigan uchinchi molekula — bu ribosomal RNK (rRNK) hisoblanadi. Oqsil sintezida iRNK molekulasidagi nukleotidlar tartibi shaklida yozilgan Genetik axborot aminokislotalarning oqsil molekulasida joylanishi tartibiga oʻtkazilishi translyatsiya (tarjima qilish) jarayoni deb ataladi.


Genetik kod — irsiy axborotni nuklein kislotalar molekulasida nukleotidlar ketma-ketligi tartibida yozishning tirik organizmlarga xos boʻlgan yagona sistemasi. Dezoksiribonuklein kislotasi (DNK) molekulasida maʼlum tartibda joylashgan muayyan sondagi nukleotidlar sintezlanayotgan oqsil zanjirining tarkibidagi aminokislotalar xili, soni, ularning joylashish tartibini belgilab beradi. DNK molekulasidagi nukleotidlar 4 xil boʻlib, ular adenin-A, timin-T, guanin-G va sitozin-C (cytosine) lardan iborat. Tabiatda 300 ga yaqin aminokislotalar uchraydi, lekin tirik organizmlardagi oqsillar tarkibiga 20 ta aminokislota kiradi.
Hujayrada oqsilning sintez qilinishi jarayonida uning tarkibidagi har bir aminokislotaning joylanishi uchta nukleotid tomonidan kodlanadi. Uni triplet (uchlik) yoki kodon deb ataladi. Demak, DNK molekulasidagi kodonlarning joylashish tartibi ular sintez qiladigan oqsil molekulasi tarkibidagi aminokislotalarning joylashish tartibini ifodalaydi. Oqsil molekulasida aminokislotalar soni qancha boʻlsa, DNK ning shu oqsilni ifodalovchi, yaʼni sintez qilinishini taʼmin etuvchi qismi boʻlgan gen ham shuncha kodondan tashkil topadi.
Oqsilning sintezida DNK va uning qismi boʻlgan gen emas, balki boshqa nuklein kislota — ribonuklein kislota (RNK) ishtirok etadi. U uch xil: informatsion — iRNK, transport — tRNK va ribosomal — rRNK. iRNK DNK asosida sintez qilinib undagi genetik axborotni ribosomalarga olib keladi, iRNK tarkibida ham DNK dagi kabi 4 xil nukleoidlar mavjud. Ularning uchtasi — A, G, C DNK dagi kabi, faqat iRNK da T ning oʻrniga U-uratsil uchraydi; tRNK sitoplazmadagi aminokislotalarni ribosomalarga yetkazib beradi. Ribosomalarda aminokislotalar maʼlum tartibda ketma-ket ulanib polipeptid zanjir sintezlanadi. Ularning maʼlum sonda birikishi tufayli oqsillar hosil boʻladi. Oqsillar organizm belgi va xususiyatlarining rivojlanishida ishtirok etadi.
Hozirgi vaqtda barcha aminokislotalarning kodonlari aniqlangan. 20 xil aminokislotalarning ikkitasi faqat bir xil kodon bilan, qolganlari esa ikki va undan ortiq kodonlardan bittasi orqali kodlanadi. Masalan, lizin aminokislotasi AAA yoki AAG, serin aminokislotasi esa — UCU yoki UCC bilan kodlanadi. 64 tripletdan 3 tasi — UAA, UAG, UGA aminokislotalarni kodlamaydi va polipeptid zanjir sintezi tugaganini bildiradi. Ular terminatsiya signalini beradi.

Download 42.56 Kb.
  1   2   3




Download 42.56 Kb.