|
Shahar atrofu uchastkasi hamda zonalar bo‘yicha shahar atrof poyezdlar harakat miqdorini aniqlash va o‘rganish
|
bet | 5/7 | Sana | 05.02.2024 | Hajmi | 233,6 Kb. | | #151692 |
Bog'liq YTITE va B kurs ishi qo\'lyozmasi.docx2.3. Shahar atrofu uchastkasi hamda zonalar bo‘yicha shahar atrof poyezdlar harakat miqdorini aniqlash va o‘rganish
Shahar atrof poyezdlarining harakat miqdori – har bir zonadagi yo‘lovchilar oqimining hajmi hamda shahar atrof poyezdining qabul qilingan sig‘diruvchanlik qobiliyatidan kelib chiqib quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
bu yerda mazkur zonadagi shahar atrof yo‘lovchilar oqimi;
mazkur zonadagi shahar atrof poyezdining gavjumligi.
Shahar atrof poyezdlarining soni har bir zona uchun alohidahisoblanadi va sutkaning soatlari bo‘yicha bosh stansiyaga yo‘lovchilarning kelishi va ketishi bo‘yicha berilgan sutkalik yo‘lovchilar oqimining foizlari bo‘yicha taqsimlanadi.
Bunda shunga e’tibor qaratish lozimki aniqlangan poyezdlar miqdori poyezdlarning sig‘dira olish qobiliyatidan samarali foydalanishni ta’minlamog‘i lozim va shu bilan bir qatorda harakatning aniq bir chastotasiga rioya qilinsin. Shahar atrof poyezdining talab etilgan sig‘diruvchanlik qobiliyati shahar atrof uchastkasining mavjud o‘tkazuvchanlik qobiliyati, shahar atrof yo‘lovchilar oqimi xajmi hisobi va sutkaning tig‘iz paytidagi tashishlarni ta’minlashi bilan aniqlanadi.
Shahar atrof poyezdlarini sutkaning soatlari bo‘yicha taqsimoti yo‘lovchilar oqimining sutkaning soatlari bo‘yicha taqsimotiga mos kelishi lozim. Uzelga kelish bo‘yicha yo‘lovchilar oqimi ertalab 700 dan 800 gacha bo‘lgan davrda birdan oshishi bilan belgilanadi, masalan sutkalik yo‘lovchilar oqimining 16 foizini tashkil etadi va sutkaning qolgan vaqtlarida esa u kunning ikkinchi yarmiga qarab tushib boraveradi.
Uzeldan jo‘nash bo‘yicha yo‘lovchilar oqimi kunning oxiriga kelib, ya’ni 1700 dan 1800 gacha bo‘lgan davrda birdan oshishi bilan belgilanadi, masalan sutkalik yo‘lovchilar oqimining 12 foizini tashkil etadi va sutkaning qolgan vaqtlarida esa u kunning birinchi yarmida kam bo‘ladi va kechga borib kamayib boraveradi. Ushbu nomutanosiblikka mos ravishda harakatning sutkadagi soatlari bo‘yicha intensivligi jadvali tuzib olinadi (2.1-jadval).
|
| |