Lazer printeri- ma`lumotlarni chop etishda rang solingan maxsus barabanga elektr maydonini ta`sir ettirishdan foydalanadi. Bunday printerlar tez va soz ishlaydi, qog'ozga chiqariladigan axborotli mahsulotning sifati yuqoridir. Bosma yoki purkovchi printer bir minutda bir bet ma`lumot chop etsa, lazer printerining shunday ko'rsatkichi o'n betdan ortiq. Purkovchi va lazer printerlarda ma`lumotlarni turli rangli qilib chop etish imkoniyati mavjud.
Yurgichni boshqarish va qo'shimcha boshqarish vazifalarni bajaruvchi qurilmalarning quyidagi xillari mavjud: "sichqoncha", trekbol, joystik. "Sichqoncha" - biror sirt bo'ylab surib yurgizilganda ichida joylashgan sharcha harakatga keladi, hosil bo'lgan signallar kompyuterga uzatiladi va ekranda yurgichning mos harakatlari yuzaga keladi. "Sichqonchada" o'rnatilgan tugmalar ko'magida boshqaruvchi buyruqlarni jo'natish mumkin.
|