• 3.Hujayraning o’rganilish tarixi
  • Hujayraning asosiy biologic faoliyati va tiriklikning elementar birligi.
  • 1. Sitologiya fanining qisqacha tarixi (shu jumladan O’zbekistondagi) Hujayra nazariyasi va uning biologiya fanidagi ahamiyati. Hujayraning o’rganilish tarixi. Hujayraning asosiy biologic faoliyati va tiriklikning elementar birligi




    Download 16.07 Kb.
    bet2/3
    Sana01.01.2023
    Hajmi16.07 Kb.
    #37394
    1   2   3
    Bog'liq
    sitologiya
    Kasalik tarixi yuzi, 1111111111, Oʻzbetinshe 1 Neft gaz, amaliyot yuzi (9), AVSTRALIYA MATERIGINING RELIFI, Boshlang\'ich sinf ona tili talimida nutqiy va lingvistik kompetensiyalarni shakllantirish Metodikasi, Dabiy tahrirning mohiyati, vazifasi va muharirlik faoliyati, КУРС ЛОЙИҲАСИ УЧУН УСЛУБИЙ КЎРСАТМА............, MAKTABGACHA YOSH DAVRIDA PSXIOFIZIOLOGIK TARAQQIYOTNING UMUMIY, BMTNING BOLA HUQUQLARI TÒĜRISIDAGI KONVERSIYASI, ATROFMUHITNI MUHOFAZA QILISHDA XALQARO HARAKAT, Aktiv va reaktiv quvvat muvozanati., Anketa kuzatuv kengashi ustamaga (1), kompyuter arxitekturasi
    2.Hujayra nazariyasi va uning
    biologiya fanidagi ahamiyati.
    Hujayra nazariyasi – barcha
    organizmlarning tuzilishi, rivojlanishi va kelib chiqishidagi umumiylikni koʻrsatuvchi yirik biologik nazariyalardan
    biri boʻlib, unga binoan hujayra bakteriyalar, zamburugʻlar,
    oʻsimliklar va hayvonlarning eng kichik tuzilish birligi. Hujayra nazariyasiga tiriklik olamining birligi va uning tarixiy rivojlanishi haqidagi evolyutsion tasavvurni tasdiqlaydi. Hujayra nazariyasi Ch.Darvinning evolyutsion taʼlimoti va energiyaning oʻzgarishi qonuni bilan bir qatorda 19-asrda tabiatshunoslik sohasida qilingan 3 buyuk kashfiyotdan biridir.
    Hujayralarning kashf etilishi va hujayra nazariyasining yaratilishi tarixan bir davrga toʻgʻri kelmaydi. Oʻsimlik hujayrasi tuzilishini dastlab tirik oʻsimlik poyasi va poʻkaklardan tayyorlangan kesmada ingliz olimi Robert Guk oʻzi yasagan mikroskop orqali kuzatgan va tadqiqot xulosalarini "Mikrografiya" nomli asa-rida bayon etgan (1665). Ingliz bota-nigi N.Gryu hujayra qobigʻi xuddi mato (gazlama)ga oʻxshash tolalardan tashkil topganligini taxmin qilgan.
    18-asr falsafiy gʻoyalar taʼsirida fanda tirik tabiatning birligi haqidagi fikrlar paydo boʻla boshladi. K.Volf oʻsimlik va hayvonlarning tuzilishidagi qandaydir umumiylikni aniklashga harakat qildi. Uning "hujayra", "donachalar" va "pu-fakchalar" kabi tushunchalari, shuningdek, nemis olimi L.Okenning organizmlar "pufakchalar" yoki "infuzoriyalar" dan tashkil topgan, degan fikrlari fanda hujayra nazariyasi toʻgʻrisidagi dastlabki tushunchalar boʻlgan.
    19-asr boshlarida oʻsimliklarni mikroskop yordamida oʻrganish borasida erishilgan yutuqlar tufayli hujayra — oʻsimlik moddalari umumiy massasining boʻshliq qismi emas, balki oʻz qobigʻiga ega boʻlgan va bir-biridan ajralib turadigan strukturaviy tuzilma ekanligi aniqlandi.



    3.Hujayraning o’rganilish tarixi
    1839yilda nеmis olimlari Shlеydеn va Shvann, hujayra_ nazariyasini yaratdi. R. Virxov hujayra nazariyasi g’oyasini ilgari surib (1855 – yildan, har birhujayraning hujayradan kеlib chikkanligi)ni bayon etdi. Tiriklnkning uzluksiz mavjudligini tan, olinishi hujayraning tuzilishi va bo’linishining asoslarini chuqur o’rganishni taqozo etdi. 1879 yilda Bovеri va Flеmming ikkita qiz hujayrasi hosil bo’lishi jarayonida (mitozda yadroda ro’y bеradigan o’zgarishlarni ko’rsatib bеrdi. Vеysman esa (1887 yilda) gamеtalar xosil bo’lishda hujayra bo’linishi (mеyoz) boshqacha ro’y bеrishini ko’rsatib bеrdi.
    Robеrt Guk o’zi yaratgan mikroskopda po’kak kеsimiga qarab, uni yupqa dеvorli katakchalaridan iboratligini ko’radi va shu mayda katakchalarni hujayra dеb ataydi. O’simlik hamda hayvon a'zo va to’qimalarini mikroskopda ko’rish ularning ham mayda-mayda tuzilmalar -hujayralardan iboratligini aniqlashga yordam bеrdi.
    4. Hujayraning asosiy biologic faoliyati va tiriklikning elementar birligi.

    Download 16.07 Kb.
    1   2   3




    Download 16.07 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Sitologiya fanining qisqacha tarixi (shu jumladan O’zbekistondagi) Hujayra nazariyasi va uning biologiya fanidagi ahamiyati. Hujayraning o’rganilish tarixi. Hujayraning asosiy biologic faoliyati va tiriklikning elementar birligi

    Download 16.07 Kb.