Respublikada iqtisodiyot va statistika organlarining tashkiliy tuzilishini takomillashtirish
2002 yil 24 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iqtisodiyotdagi bozor mexanizmi va uslublarni joriy qilishni davom ettirish, jamiyat hayotining barcha tamonlarini erkinlashtirish talablariga muvofiq iqtisodiyot va statistika organlarining tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish, O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligini qayta tashkil etish to‘g‘risida» gi Farmoni e’lon qilindi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tugatilib, uning negizida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tashkil qilindi.
Mamlakatni rivojlantirishning uzoq muddatli strategiyasi hamda kompleks dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, chuqur o‘ylangan va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni o‘tkazish borasida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi zimmasiga quyidagilar yuklandi:
makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyotning barqaror, mutanosib va jadal sur’at bilan rivojlanishini ta’minlash;
ko‘p ukladli va samarali faoliyat ko‘rsatuvchi iqtisodiyotni shakllantirish, xususiy mulkchilikning yetakchilik rolini ta’minlash, bozor infratuzilmasini rivojlantirish;
boy tabiiy va mineral xomashyo zahiralaridan, bunyod etilgan ishlab chiqarish va fan-texnika salohiyatidan samarali hamda oqilona foydalanishga qaratilgan aniq maqsad yo‘lidagi strukturaviy siyosatni amalga oshirish, eksport salohiyatini rivojlantirish hamda malakat iqtisodiyotining jahon iqtisodiy tizimi miqyosida integratsiyalashuvini ta’minlash;
yangi ish joylarini yaratish, mehnat resurslarini oqilona band qilish muammosini hal etish, aholini aniq yo‘naltirilgan ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish, aholining turmush darajasi barqaror, jadal o‘sishini, ijtimoiy infratuzima rivojlantirilishini ta’minlash;
mamlakat mintaqalari iqtisodiyotining kompleks rivojlanishini, ishlab chiqaruvchi kuchlarni mamlakat hududi bo‘yicha maqbul hamda samarali rivojlantirish va joylashtirishni ta’minlash.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
jamiyatni rivojlantirish hamda demokratik qayta o‘zgartirishlarning maqsad va ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish va isloh qilishning, iqtisodiyotni boshqarishda bozor uslublari va mexanizmlarini joriy etishning chuqur o‘ylangan strategiyasini ishlab chiqishni tashkil qilish;
asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkmchlarni, respulika mintaqalari hamda tarmoqlarning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish darajasini sistemali tarzda kompleks tahlil qilib borish, iqtisodiy va ijtmoiy jarayonlarning rivojlanish tendensiyalarini o‘rganish, iqtisodiyotdagi mavjud nomutanosibliklarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish yo‘llarini asoslab berish;
iqtisodiyotni rivojlantiishning ko‘p variantli ssenariylarini, mintaqalar va sektorlar bo‘yicha mamlakatni ijtimliy-iqtisodiy rivojlantirishning qisqa muddatli prognozlari hamda dasturlarini ishlab chiqish;
eng muhim qiymat, moddiy va mehnat balanslarini ishlab chiqishni tashkil etish;
asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni pul-kredit agregatlari, davlat budjeti parametrlari, tashqi savdo, to‘lov va tarmolararo balanslar bilan o‘zaro bog‘lanishlanishini ta’minlaydigan ta’sirchan mexanizmni shakllantirish;
demografik prognozlar, aholining aniq yo‘naltirilgan ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish, ichki iste’mol bozorini to‘ldirish, xalq farovonligini o‘stirish, ijtimoiy iyefratuzilmani rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish;
iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarning o‘rta muddatli prognozlarini, zamonaviylashtirish va texnologik jihatdan qayta qurollantirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, resurslarni tejaydigan ilg‘or texnologiyalarni joriy etish dasturlarini ishlab chiqish;
strukturaviy siyosat maqsadlariga erishishni, mintaqalarni kompleks rivojlantirishni ta’minlaydigan qisqa muddatli va o‘rta muddatli investitsiya dasturlarini ishlab chiqishni muvofiqlashtirish;
eksport salohiyatini rivojlantirishni rag‘batlantirish, tashqi savdo va to‘lov balanslarini maqbullashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, tovarlar (ishlar, xizmatlar)eksporti prognozini tayyorlash, respublikaning jahon iqtisodiy tizimiga integrsiyalashuv strategiyasini ishlab chiqishda qatnashish.
O‘zbekiston Respulikasi Iqtisodiyot vazirligi o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarni mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga oid prognozlarni hamda dasturlarni ishlab chiqish va ularning bajarilishini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Umumiqtisodiyot kompleksiga kiruvchi vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish yo‘li bilan amalga oshiradi.
Ushbu farmon asosida O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qumitasi zimmasiga quyidagi asosiy vazifalar yuklatildi:
statistika sohasida yagona siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish, zamonaviy xalqaro talablar va andozalarga mos keladigan statistikani tashkil etishning samarali tizimini ta’minlash;
ilmiy asoslangan, bozor iqtisodiyotining asosiy tamoyillariga javob beradigan, milliy hisoblar tuzishni ta’minlaydigan hamda xalqaro statistika andozalariga muvofiq bo‘lgan yagona statistika metodologiyasi va ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqib, tatbiq etish;
statistika va hisobot ko‘rsatkichlarining tezkorligi, ishonchliligi va xolisligini ta’minlash, statistika axborotini olish bemalolligi, uning ochiqliligi va oshkoraligini kengaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
statistika axborotini yig‘ish, qayta ishlash va umumlashtirish tartibiga har qanday aralashuvlarga yo‘l qo‘ymaydigan statistika ishlarini tashkil qilish tizimini yaratish;
statistika organlarini zamonaviylashtirish hamda ularni statistik axborotlarni tezkor uzatish va qayta ishlashni ta’minlaydigan zamonaviy kompyuter hamda axborot – kommunikatsiya tizimlari va texnologiyalari bilan qayta jihozlash, statistika bo‘yicha yagona axborot tizimini yanada rivojlantirish;
korxonalar va tashkilotlarning Yagona davlat registirini, iqtisodiy-statistik klassifikatorlar tizimini yuritish.
O‘zbekistonda iqtisodiyot va statistika bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘linmalar negizida quyidagilar tashkil qilindi:
qoraqalpog‘iston Respublikasida – Iqtisodiyot vazirligi va statistika boshqarmasi;
Toshkent shahrida va respublika viloyatlarida – iqtisodiyot bosh boshqarmalari va statistika boshqarmalari;
respublika shahar va tumanlarida – iqtisodiyot bo‘limlari va statsitika bo‘limlari.
quyidagilar asosiy vazifa qilib belgilangan:
iqtisodiyot hududiy organlari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga hamda qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar, tuman hokimliklariga;
statsitika hududiy organlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasiga qarashlidir.
Ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmlarining sun’iy ravishda kamaytirilishiga, korxonalar faoliyatiga noxolis baho berilishiga, pul mablag‘larining bankdan tashqari noquniy aylanishiga olib keladigan noto‘g‘ri statistik hisobotni taqdim etishda, statistika ma’lumotlarini yashirishda aybdor bo‘lgan mansabdor shaxslar qonunga muvofiq qattiq javobgarlikka, hatto jinoiy javobgarlikka ham tortiladilar.
Farmonda ko‘rsatilgandek, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, Bosh prokuraturasi hamda boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda «Jinoyat kodeksi» ga va «Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks» ga statistik hisobotni yashirganlik va buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish nazarda tutilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.
|