Dialogik va monologik nutqni rivojlantirishga doir markazlarda ishlash yo’llari




Download 27,14 Kb.
bet2/3
Sana16.05.2024
Hajmi27,14 Kb.
#236820
1   2   3
Bog'liq
Yozma ish

2. Dialogik va monologik nutqni rivojlantirishga doir markazlarda ishlash yo’llari. Bungi kunda ta'lim-tarbiya ishlarini takomillashtirish, uni jahon andozalari darajasiga ko'tarish, fan sohasidagi yangiliklarni amaliy hayotga tatbiq etish muhim masalalardan biri bo'lib qolmoqda. Yosh avlodga ta'lim-tarbiya berish, ularda fan asoslariga nisbatan bilim, ko'nikma, malakalarni shakllantirish davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2018 yil 30 sentyabrdagi "Maktabgacha ta'lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3955-son qaroriga asosan maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, bolalarning sifatli maktabgacha ta'lim bilan qamrovini oshirish, undan teng foydalanish imkoniyatlarini ta'minlash, mazkur sohada davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish, maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarning sog'lom va balanslashtirilgan ovqatlanishini, sifatli tibbiy parvarishini ta'minlash[1], bugungi kunda ta'lim tizimining eng yuqori bo'g'ini bo'lgan maktabgacha ta'lim tizimida yosh avlodni tarbiyalash masalasi ko'ndalang turadi. Ularning tarbiyasidagi aynan axloqiy xatti-harakatlarini psixologik jihatdan shakllantirish bugunning dolzarb masalasiga aylanib bormoqda. Maktabgacha tarbiya yoshidagi davri shu qadar mazmundor va faol davrdirki, bu davr bolaning kelgusi o'sishida albatta o'z aksini qoldiradi. Shuning uchun maktabgacha yoshidagi davr ta'sir o'tkazish kuchi jihatidan g'oyat mas'uliyatlidir. Maktabgacha tarbiya yoshiga yetgach, uning psixik taraqqiyotida jiddiy o'zgarishlar yuzaga keladi. Chunki, xuddi ana shu davrdan boshlab bolaning mustaqil faoliyati anchagina kengayib boradi. Maktabgacha yoshidagi bola mustaqil faoliyatda bo'la olishi uchun zarur bo'lgan ikkita qudratli kuchga ega. Birinchidan ma'lum darajada o'ziga bo'ysundirilgan harakat apparatiga, ikkinchidan esa, atrofidagi katta odamlar va o'z tengdoshlari bilan bir qadar erkin munosabatda bo'la oladigan nutqqa ega. 3 yoshida bola deyarli so'zlarni talaffuz qilmaydigan yoki tushunish qiyin bo'lgan holatlarda, ko'pincha kuzatiladi. Qancha ota-onalar o'z farzandlari nutq rivojlanishining kechikishi yoki buzilishidan aziyat chekmasliklari bilan maqtanishlari mumkin? Muammo dolzarb bo'lsa, uni hal qilish yo'llarini izlash boshlanadi. Bir tomondan, tajribali nutq terapevti sizga 5 yilgacha kutishingizni maslahat beradi, boshqa tomondan, bola nutq nuqsonlari bilan birinchi sinfga borish xavfini oshiradi, chunki ularni yo'q qilishga etarli vaqt bo'lmasligi mumkin. Nima qilsa bo'ladi? Imkon qadar erta mustaqil darslar tashkil qiling va maxsus tematik kursga asoslanib nutqni rivojlantirish uchun bolalar bilan muntazam ravishda mashqlar qiling. Vazifa artikulyatsiyani mashq qilish, faol so'z boyligini kengaytirish va barkamol izchil nutqni rivojlantirish orqali nutq tafakkurini shakllantirishdir. Bir qarashda, nutq darslariga ko'p vaqt ajratilishi kerak. Shu sababli, ota-onalar uzoq vaqt davomida ularni boshlashga jur'at etmaydilar. Aslida, hamma narsa unchalik murakkab emas: nutqni rivojlantirish uchun mashqlar kundalik hayotning deyarli har qanday vaqtida va moliyaviy xarajatlarsiz amalga oshirilishi mumkin. Mana shuning uchun bu yoshdagi bolalarning xulq-atvorlari, axloqiy sifatlari, xattiharakatlari, qiziqish va ehtiyojlari ilk yoshdagi bolalarnikidan keskin farq qiladi. Bu esa, o'z navbatida, ilk yoshdagi bolalar bilan maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim-tarbiyasiga ham turlicha munosabatda bo'lishni taqozo qiladi. Maktabgacha ta'limning asosiy vazifasi bolalarni maktabda ta'lim olishga tayyorlashdan iboratdir. Ya'ni bolalar maktabgacha ta'limda aniq bilimlarnigina emas, fikrlash ko‘nikmasini egallashi, tengdoshlari va kattalarning nutqlarini tushunishlari, ular bilan erkin fikr almashish, hamkorlik asosida faoliyat Ko`rsatishi talab etiladi. Bolalarning ona tilida obrazli va mantiqiy fikrlashi, tasavvurlarini nutq orqali to‘g‘ri ifodalashi o‘zini nazorat qilishi, boshqarishi, kuzatish, eshitish, eslab qolish, umumlashtirish, solishtirish kabi aqliy tayyorgarlikka ega bo‘lishi zarur. Bu vazifani bajarishda, albatta, ona tilida nutq o‘stirish fanining o‘rni, ahamiyati kattadir. Chunki til kishilarning o‘zaro aloqa vositasi bo`lib, u barcha kishilar uchun baravar, teng xizmat qiladi, shu bois til ijtimoiy hodisa bo`lib, jamiyat taraqqiyotidagi o‘zgarishlar, yangilanishlar tilda o‘z aksini topadi. Til birliklari nutqni hosil qiladi, ya'ni har bir inson o‘z fikrini boshqalarga til orqali, til birliklari orqali bayon qiladi, boshqalari fikrini til orqali egallaydi, tushunadi. Ya'ni nutq tevarak-atrofdagi voqea-hodisalar haqidagi fikr muloqazalarni boshqalarga yetkazishdir. Shuning uchun til va nutq inson hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha ta'limda nutq o‘stirish metodikasi fanining o`qitilishi, nutq o‘stirish usullarini bilish, har bir yosh guruhda bolalar nutqini o‘stirish vazifalarini to‘g‘ri hal etish imkonini beradi, bolalarni maktabga tayyorlash vazifasining bajarilishini ta'minlaydi. Yuqorida bayon qilingan fikrlardan shunday xulosa qilish mumkinki, o‘zbek tili qadimiy til sifatida taraqqiy etgan, jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida jamiyat a'zolari uchun xizmat qilmoqda. Respublikamiz mustaqilligi o‘zbek tili taraqqiyotiga ijobiy ta'sir etdi, tilimiz mustaqillikning mohiyatini ifodalash, ta'lim tizimining barcha bosqichida ona tili ta'limini takomillashtirishga xizmat qilmoqda. Maktabgacha ta'limda bolalar nutqini o‘stirish ularga ona tilini amaliy o`rganish demakdir. Dialogik nutq - bu ikki kishining muloqotini va o'zaro bir-birlarini tushunishlarini ta'minlovchi mazmunan keng yoyilgan fikrdir. dialogik nutqni fikrlar dunyosidan ajratib bo'lmaydi: ravon nutq bu fikrlar ravonligidir, unda bolaning mantiqiy fikrlash, o'zi qabul qilayotganlarini mulohaza qilish va ularni to'g'ri ifodalash qobiliyati aks etadi. Dialogik nutqni shakllantirish, uning vazifasini o'zgartirish murakkablashib borayotgan bola faoliyati oqibati bo'lib, u bolaning atrofdagilar bilan muloqotga kirishish sharoiti, muloqot shakliga bog'liq bo'ladi. Maktabgacha yoshda u muloqot va ta'lim jarayonida shakllanadi. dialogik nutqning shakllanishi ilk yoshdan boshlab asta-sekin ro'y beradi. Bolalar hayotining dastlabki yetti yilida atrofdagi kishilar bilan muloqot vositasi sifatida nutqning paydo bo'lishi va uni rivojlantirish jarayoniga alohida e'tibor qaratish zarur. Shunday qilib, nutqni rivojlantirish jarayoniga muloqot vositasi, ya'ni kommunikativ faoliyat sifatida qarash kerak. Uning vujudga kelishi va rivojlanishi bolaning muloqot va umumiy hayot faoliyati ehtiyojlariga bog'liqdir. Dialogga bo`lgan ehtiyoj predmeti harakatlarni o`zlashtirish bolaning o`z faol nutqini ham talab qiladi. Nutq asosida umumlashtirishlar, fikrlashning nazariy vazifasi, ya`ni real narsalarning o`rnini almashtira olish hamda o`rnini bosuvchi narsalar va til belgilari bilan amallar bajarish qobiliyatlari rivojlanadi. Ammo nutqqacha predmeti harakatlarni aynan bir narsa bilan turli harakatlarni yokiturli narsalar bilan aynan bir xil harakatni bajarish, juftlik o`yinlarni rivojlantirish va umumlashtirishga oid uzoq yo`lni bosib o`tishga to`g`ri keladi. Nutqqa u bajaradigan tahlil vazifasidan kelib chiqib yondashish, nutqning eng avvalo bolaning atrofdagi odamlar bilan muloqot vositasi sifatida paydo bo'lishini tushunib yetishga olib keladi. O'z-o'zidan, agarda bolaning muloqoti nutqqa jon bag'ishlasa, uning rivojlanish sur'ati va muddati bolalarda muloqot faoliyati turli yosh bosqichlarida qanday yo'lga qo'yilganligi bilan bog'liqdir, ushbu vazifalarning paydo bo'lishi va rivojlanishi bolaning ong va erkinlikning yuqori darajasiga qanchalik tez erishishi, bolaning unga turli sohalardagi bilimlarini rivojlantirish va takomillashtirish imkonini beradigan yozma nutqni qancha muddatda o'zlashtira olishiga bog'liqdir. Matndan kelib chiqadigan dialogik nutqni shakllantirish, uning vazifalarini o'zgartirish bola faoliyatining murakkablashayotgani oqibati bo'lib, u bolaning atrofdagilar bilan muloqoti mazmuni, sharti va shakllariga bog'liqdir. Nutq vazifasi fikrlashning rivojlanishi bilan parallel ravishda shakllanadi, ular bola til vositasida ifodalaydigan mazmun bilan uzluksiz ravishda bog'liq bo'ladi. Bolalarda dialogik nutqni rivojlantirish - maktabgacha ta'lim muassasasining asosiy vazifasi hisoblanadi, maktabgacha yoshining nihoyasiga kelib bola kattalarga xos bo'lgan og'zaki nutqning asosiy shakllarini egallashi, ya'ni ravon nutqning ikki shakli -dialogik va monologik nutqni egallab olishi shart. Maktabgacha ta'lim muassasasining vazifasi - bolalarda ravon so'zlashuv nutqni (dialogik nutq) va monologik nutqni rivojlantirishdan iborat. So'zlashuv nutqini shakllantirish vazifasi ko'p qirrali. Maktabgacha bosqichdagi kichik yoshli bolalarda ularga qaratilgan nutqni tinglash va tushunish, bir-birini tinglash, savollarga javob berish va o'zi ham savollar berishi, suhbat mavzusi bo'yicha izchil javob berish qobiliyati shakllanadi.

Download 27,14 Kb.
1   2   3




Download 27,14 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Dialogik va monologik nutqni rivojlantirishga doir markazlarda ishlash yo’llari

Download 27,14 Kb.