|
1. Tanlab eritishda kechadigan kimyoviy reaksiyalar Kuydirilgan rux boyitmasini sulfat kislota eritmalarida tanlab eritish
|
bet | 3/4 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 19,84 Kb. | | #230580 |
3.Tanlab eritish dastgoxlari
Uzluksiz tanlab eritishda, odatda, pnevmatik aralashtirgichli agitator - “pachuk” qo’llaniladi. Pachuk zanglamaydigan po’lat yoki temir betondan tayyorlangan silindr shaklidagi chandir. CHan ichki yuzasi qo’rg’oshin yoki kislota ta’sir kilmaydigan keramika bilan futerlangan (himoya qilingan). CHanning balandligi 6-10 m, diametri 3-4 m, ishchi xajmi 40 – 100 m3 (1 – rasm). CHanning markaziga vertikal truba - aerolift o’rnatilgan. Bu truba orqali 0,2 – 0,25 mPa bosimda havo beriladi. Havo bo’tana bilan aralashib engil aralashma hosil qiladi va tepaga og’ir bo’tana bilan siqib chiqariladi. Aeroliftning tashqari tomonidan og’ir, havo bilan to’yinmagan bo’tana pastga harakatlanadi, buning natijasida pachukda aralashtirish amalga oshiriladi va tanlab eritish reaksiyalari tezrok boradi. Tanlab eritishning kerakli davomiyligini mavjud qilish maqsadida birin-ketin o’rnatilgan bir necha pachuklar o’rnatiladi. Dastlabki bo’tanani birinchi pachukga yuklanadi, oxirgi pachukdan esa bo’tanani quyuklashtirgichga yuboriladi.
Davriy tanlab eritishda jarayon mexanik aralashtirgichli agitatorda olib boriladi. Uning xajmi 150 m3 gacha bo’ladi. Aralashtirish agitatorda kislotaga bardosh beradigan po’latdan yasalgan impeller (aralashtirgich) bilan amalga oshiriladi 2– rasm). Agitatorlarga isitish moslamasi o’rnatiladi.
Kuydirilgan rux boyitmasini tanlab eritishda olingan bo’tana qattiq va suyuq fazalarga ajratiladi. Fazalarni ajratish uchun quyuqlashtirish va filtrlash jarayonlari qo’llaniladi.
Quyultirish jarayoni “quyultirgich”(sgustitel) deb nomlanuvchi dastgohlarda amalga oshiriladi. Quyultirgich diametri 10-18 m va balandligi 4-5 m bo’lgan temir betondan yasalgan chandir (3 – rasm).
Quyultirgichda qattiq moddalar cho’kadi va moslamadan chiqariladi. Bo’tanani suyuq fazasi channi yuqori qismdan chiqarilib bo’lajak texnologik jarayonlarga yuboriladi.
Quyuklashtirish jarayonini jadallashtirish maqsadida bo’tanaga poliakrilamid (PAA) qo’shiladi. Poliakrilamid mayda zarrachalarni kattalashtirib og’ir flokulalarga o’tkazadi. Tarkibida qattiq moddalar yo’q tindirilgan eritma tozalashga yuboriladi. Quyultirilgan bo’tananing S:Q nisbati 2:1 teng. Quyultirilgan bo’tana filtrlashga yuboriladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
1. Tanlab eritishda kechadigan kimyoviy reaksiyalar Kuydirilgan rux boyitmasini sulfat kislota eritmalarida tanlab eritish
|