Kuydirilgan rux boyitmasini sulfat kislota eritmalarida tanlab eritish




Download 19,84 Kb.
bet2/4
Sana14.05.2024
Hajmi19,84 Kb.
#230580
1   2   3   4
2.Kuydirilgan rux boyitmasini sulfat kislota eritmalarida tanlab eritish
Dunyo amaliyotida turli hil tanlab eritish sxemalari qo’llaniladi: bir, ikki va uch bosqichli, davriy va uzluksiz va boshqalar. Eng keng tarqalgan sxema-bu uzluksiz qarama-qarshi oqimli ikki bosqichli tanlab eritishdir.
Kuyindi tarkibidagi ruxning erishi, N2SO4 konsentrasiyasi va harorat oshishi bilan ko’tariladi, ammo bunda zarar moddalar ham erishi mumkin va bu hodisa bo’lajak elektroliz jarayonida qiyinchilik yaratadi.
Eritmada ko’p zarar moddalarning miqdorini rN qiymatini 5,2-5,4 gacha ko’tarish yo’li bilan kamaytirish mumkin. pH ko’rsatgichini belgilangan qiymatdan ko’tarilishi eritmadagi ruxni gidrolizlanishiga olib keldi va rux gidroksid shaklda cho’kmaga tushib qolishi mumkin.
Qarama-qarshi oqim prinsipida tanlab eritishning ikkinchi bosqichi kuchli sulfat kislota eritmalarida olib boriladi (130-150 g/l N2SO4) (nordon tanlab eritish bosqichi). Birinchi bosqichda esa tanlab eritish jarayoni kuchsiz sulfat kislota eritmasi bilan olib boriladi (50-60 g/l N2SO4) (neytral tanlab eritish bosqichi). Birinchi bosqichda olinadigan eritmada, sulfat kislotasining miqdori juda kam (rN=5,2-5,4), va buning natijasida neytral eritmada zarar moddalar deyarli yo’q.
Tanlab eritishning birinchi bosqichida (neytral tanlab eritish) quyidagi texnologik masalalar echiladi:
1) kuyindidagi rux sulfatini va rux oksidini qisman erishi;
2) eritmadagi ortiqcha sulfat kislotasini neytralizasiyalash;
3) eritmani zarra moddalardan gidrolitik tozalash;
4) eritmani qattiq moddalardan ajratib olish;
5) kuyindini issiqligidan oqilona foydalanish.
Neytral tanlab eritishning yakuniy maqsadi gidrolitik usul bilan tozalanadigan moddalardan toza rux saqlovchi eritma olishdir.
Tanlab eritishning ikkinchi bosqichi (nordon tanlab eritish) vazifalari:
1) kuyindidagi ruxni to’liq eritish;
2) zarar moddalarning erishini cheklash;
3) mыshyak va germaniyni oksidlantirish;
4) eritmani zarar moddalardan tozalash;
5) qattiq va suyuq fazalarni bir-biridan ajratib olish.
Nordon tanlab eritishning yakuniy maqsadi kekda eruvchan rux birikmalarini to’liq eritmaga o’tqazish.
Tanlab eritish sxemalarini tanlash xom ashyoni sifatiga bog’liqdir. Ishlab chiqarishning katta xajmida, xom ashyo tarkibi o’zgarmas bo’lganda uzluksiz tanlab eritish maqsadga muvofiqdir.
Davriy tanlab eritish, tez moslashuvchi bo’lganligi sababli, zarar moddalari yuqori mikdorli bo’lgan xom ashyoni qayta ishlashga afzalrokdir.
Davriy tanlab eritish, uzluksizga nisbatdan, kamroq ishlab chiqarish quvvatiga ega va qayta ishlashda ko’proq sarf-xarajatlarni talab qiladi. Bir bosqichli tanlab eritish, odatda, davriy sxema bo’yicha olib boriladi.
Tarkibida 0,5 % mыshyak bo’lgan sifati past boyitmalarni qayta ishlashda, bir bosqichli sxemani qo’llash maqsadga muvofiqdir.
Tanlab eritishni davriy sxema olib borishing sharti – kuyindi sovutilgan va sinflarga bo’lingan bo’lishi kerak. Pechdan chiqqan kuyindi va changlarni aralashmasini harorati 700-750oS bo’lgani uchun, ularni aeroxolodilnik yoki konveerlarda sovutiladi.
Sovutilgan aralashma aeroseparatorda kattaligi bo’yicha sinflarga bo’linadi. Yirik fraksiya (
Odatda sinflanish ikki bosqichda olib boriladi: neytral va nordon. Dastlabki (neytral) sinflanish bo’tananing hammasini ikki fraksiyaga bo’ladi: qum (+0,30 mm) va il (-0,3 mm), har bir fraksiya alohida tanlab eritishni talab qiladi. Neytral sinflashdan chiqqan eritmani neytral tanlab eritishga yuboriladi. Qum fraksiyasi esa ishlatilgan elektrolit bilan tanlab eritiladi (bo’tananing qoldiq nordonligi 20-60 g/l H2SO4).
Qum fraksiyasi mexanik, yoki pnevmatik aralashtirgichli agitatorda tanlab eritiladi. Bunda, ikki valentli temirni uch valentlikka oksidlanishi uchun, marganes rudasi, yoki pirolyuzit MnO qo’shiladi. Tanlab eritishdan so’ng, qum yana sinflarga bo’linadi. Nordon sinflashdan chiqqan qumlik mahsulot nordon tanlab eritishdagi rux kekidan deyarli farq kilmaydi. SHuning uchun bu fraksiya vels pechiga yuboriladi.
Neytral sinflashdan ajralib chiqqan eritma siklon va elektrofiltr changlari bilan, neytral tanlab eritishga yuboriladi. Bu tanlab eritish pnevmatik aralashtirgichli birin-ketin o’rnatilgan agitatorlar qatorida o’tkaziladi. Birinchi agitatorda sulfat kislotaning konsentrasiyasi 50-60 g/l tashkil etadi. Tanlab eritish davrida kislota neytrallanadi. Buning natijasida zarar moddalar gidrolizga uchrab cho’kmaga o’tishadi. Gidroliz jarayoni birinchi agitatorga marganes rudasini qo’shib eritmani rN ni o’zgartirib boshqariladi. Oxirgi agitatorda suyuq fazaning rN 5,2-5,4 gacha ko’tariladi. Gidorolizni to’liq o’tilgani oxirgi agitatordan chiqayotgan bo’tanadagi temir (II) miqdorligi orqali baholanadi. Odatda bu miqdor 30-50 mg/l tashkil qilishi kerak.
Neytral sikldagi oxirgi agitatordan bo’tana quyuqlashtirgichga yuboriladi. Neytral quyuqlashtirgichdan chiqqan eritma, odatda, yaxshi tindirilgan, eritmada qattiq moddani miqdori 1 g/l dan oshmaydi. Eritma zarar moddalardan tozalanib ruxni elektrolitik tiklanish jarayoniga yuboriladi.
Neytral quyuqlashtirgichlarning quyuq mahsulotining suyuq va qattiq mahsulotlarning nisbati S:Q = 3:4 ga teng bo’lib, nordon tanlab eritishning pnevmatik agitatorlarga yuboriladi. Nordon tanlab eritishning birinchi agitatoriga tarkibida 40 g/l rux va 120-160 g/l H2SO4 bo’lgan ishlatilgan elektrolit beriladi.
Ohirgi agitatorda sulfat kislotaning miqdori 0,5-1,0 g/l gacha pasayadi, S:Q ni nisbatligi esa 10-12 gacha ko’tariladi.
Nordon tanlab eritishning ohirgi agitatoridan chiqqan bo’tana quyuqlashtiriladi. Quyuqlashtirgichda kislota neytrallashib pH ning qiymati 4,0-4,5 gacha qo’tariladi, zarar moddalar gidroliz bo’lib cho’kmaga o’tadi.


Download 19,84 Kb.
1   2   3   4




Download 19,84 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kuydirilgan rux boyitmasini sulfat kislota eritmalarida tanlab eritish

Download 19,84 Kb.