• 3. Tarmoqdagi asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlarning strategik ahamiyati.
  • 1. Tarmoqlar va ularning iqtisodiy tavsiflari




    Download 17,16 Kb.
    Sana26.05.2024
    Hajmi17,16 Kb.
    #254381
    Bog'liq
    Strategik boshqaruv 7


    1. Tarmoqlar va ularning iqtisodiy tavsiflari.

    • Strategiyani ishlab chiqish tahlilga asoslangan ish bo’lib, tahlil ikki yo’nalishda olib boriladi:

    • Tarmoqdagi vaziyat va undagi raqobatning shartlari.

    • Kompaya ichidagi vaziyat, uning raqobatbardoshligi.

    • Tarmoqlar o’zining iqtisodiy ta’rifi, ulardagi raqobat istiqbollari bo’yicha bir biridan farq qiladi. Masalan Ilmiy-texnika taraqqiyoti sur’atlari yuqori va past bo’lishi mumkin Har bir tarmoq uchun zarur bo’lgan kapital qo’yilmalar hajmi ham bo’ladi.Bozorlar esa mahalliydan tortib dunyo bozorigacha farqlanadi. Raqobat kuchli yoki zaif bo’ladi. Talab ham o’sib boruvchi yoki aksincha, kamayib boruvchi bo’ladi.

    • Tarmoqdagi umumiy vaziyat va undagi raqobatni tahlil qilishda alohida usullar qo’llanilib, bu usullar tarmoqda bo’layotgan o’zgarishlar raqobat kurashini baholash imkonini beradi.

    2. Tarmoqni ta’riflovchi umumiy iqtisodiy ko’rsatkichlar

    • Tarmoqdagi umumiy vaziyat va undagi raqobatning tahlili asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlarni o’rganishdan boshlanadi.

    • Bu ko’rsatkichlar quyidagilardan iborat:

    • 1.Bozor hajmi.

    • 2.Raqobat miqyosi (mahalliy, mintaqaviy, dunyo)

    • 3.Bozorning o’sish sur’atlari va u rivojlanishning qaysi bosqichda ekanligi

    • 4.Raqobatchilar soni va ularning hajmi.

    • 5.Xaridorlar soni va ularning moliyaviy imkoniyatlari.

    • 6.Integratsiya qaerga qarab ketyapti?

    3. Tarmoqdagi asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlarning strategik ahamiyati.


    • Texnologik o’zgarishlarning yo’nalishi va sur’atlari.

    • Tarmoqqa kirish va undan chiqishning osonligi.

    • Raqobatchilar mahsuloti va xizmatlarining tabaqalanish darajasi.

    • Kompaniyaning ishlab chiqarish hajmi, yuklarni tashishni tashkil qilish, marketing va reklamani tashkil qilish tejamkorlikka erishish imkonining mavjudligi.

    • Tarmoqdagi «o’qitish tajriba» egri chizig’i ijobiy tendentsiyaga egami?

    • Tarmoqqa zarur bo’lgan kapital sarmoyalar qo’yilayaptimi?

    • Tarmoqdagi daromad darajasi umumiy daromad darajasida pastmi yoki yuqori?

    4. Firmani raqobatbardoshligiga ta’sir etuvchi omillar.



    • Muvaffaqiyatning asosiy omillari (MAO). Muayyan tarmoqdagi moliyaviy va raqobatli muvaffaqiyatning asosiy belgilovchi omillarini aniqlash lozim. Ularni aniqlash - strategiya ishlab chiqishning asosiy yo’nalishlaridan biri sanaladi. Ular ya’ni muvaffaqiyatning asosiy omillari strategiyani ishlab chiqishda hal qiluvchi vazifani bajarishi mumkin. Biroq muvaffaqiyatning asosiy omillari turli tarmoqdarda har xil bo’ladi. Odatda bir tarmoqqa shunga o’xshash uch-to’rtta omil xarakterli bo’lib, ularning bir-ikkitasi eng muhimi bo’lib hisoblanadi va tahlilning vazifasi ularni aniqlashdan iborat bo’ladi.

    • Quyida MAOning turlari va ularning tarkibiy qismlari sanab o’tilgan:

    • 1. Texnologiyaga bog’liq omillar:

    • ilmiy tadqiqotlar saviyasi;

    • ishlab chiqarish jarayonlarida innovatsiyalarga qodirlik;

    • mahsulotda innovatsiyalarga qodirlik;

    • mazkur texnologiyada ekspertlarning roli.

    Download 17,16 Kb.




    Download 17,16 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Tarmoqlar va ularning iqtisodiy tavsiflari

    Download 17,16 Kb.