1-mavzu
1. Tashkiliy xulq alohida ilmiy yo’nalish sifatida qachon aydo bo’lgan?
J: *1960-yillarda
2. «Trud i motivatsiya» (1954) asari muallifi kim?
J: *V.Vrum
3. «Upravlencheskie ustanovki i ix vipolnenie» (1968) asarining mualliflari kimlar?
J: *L.Porter va E.Louler
4. «Tashkiliy xulq» atamasini birinchi bo’lib kim qo’llagan?
J: *F.Lyutens 1973 yil o’zining shu nomli kitobida
5. F.Lyutens ilmiy tadqiqotlarning asosiy mavzularini qanday belgilab berdi?
J: *tushunish, oldindan ko’rish va tashkilotlar doirasida inson xulqini boshqarish.
6. Tashkiliy xulq fan sifatida mohiyati nimada?
J: * Tashkiliy xulq menejmentning xulqiy jihatini o’rganadi.
7. «Tashkiliy xulq» fanini o’rganishdan asosiy maqsad – ......
J: *shaxsning va tashkilotdagi guruhning xulqini boshqarish usullarini egalashdan iborat.
8. «Tashkiliy xulq» fanini o’rganish predmeti nima?
J: *Tashkilot rahbarining tashkilotning inson salohiyatini boshqarish sohasidagi faoliyatini o’rganish ushbu kursning predmeti hisoblanadi
9. «Tashkiliy xulq» fani qaysi asosiy komponentlarga tayangan holda boshqaruv fanlarining butun bir majmuini o’rganish uchun asos hisoblanadi?
J: *individ, guruh va tashkilot kabi asosiy komponentlarga tayangan holdJ:
10. Ilmiy menejment kontseptsiyasi asoschisi kim bo’lgan?
J: *F.Teylor
11. Klassik yoki ma’muriy boshqaruv maktabi asoschisi kim bo’lgan?
J: *J:Fayol
12. “Byurokratik tuzilishi va uni boshqarish tizimi nazariyasini “ muallifi kim?
J: *M.Veber
13. Insoniy munosabatlar maktabi vakilli qo’rsatilgan qatorni belgilang?
J: *E.Meyo
14. «Ehtiyojlar piramidasi» nazariyasi muallifi kim?
J: *J:Maslou
15. D.MakGregor qaysi maktab vakili bo’lgan?
J: *Xulqiy fanlar maktabi yoki bixevioristik maktab
16. Kognitiv (kognitiv – frantsuzchadan «tushunish», «yaratish») yondashuv qanday yo’nalish?
J: *psixologiyadagi inson aqliy faoliyatining birlamchiligini tan olishdan kelib chiquvchi yo’nalish.
17. Bixeviorizm (inglizchadan «xulq») –.........
J: *insonning xulqi rag’batlantiruvchi omillarga nisbatan fiziologik reaktsiyalar sifatida tushuniladi.
18. Ijtimoiy o’rganish nazariyasi bixevioristik va kognitiv kontseptsiyalarni ....
J: *uyg’unlashtiradi va integratsiyalaydi
19. O’zbekistonda tashkiliy xulqni tadqiq etishga bag’ishlangan dastlabki ishlar qachon paydo bo’lgan?
J: *1980-yillarning oxirida
20. «X» va «Y» nazariyalari muallifi kim?
J: *D.MakGregor
21. «Z» nazariyani kim tomonidan ilgari surilgan?
J: 1981 yilda U.Ouchi tomonidan
22. Tashkiliy xulq – bu: .......
J: *Tashkilot sub’ektlari (insonlar, guruhlar, jamoalar)ga ta’sir ko’rsatuvchi va ko’p jihatdan ularning xulqini hamda bir-biri bilan va tashqi muhit bilan o’zaro munosabatini belgilab beruvchi ruhiy, ijtimoiy va tashkiliy-iqtisodiy jihatlar va omillar to’g’risidagi kompleks amaliy fan.
23. Tashkiliy xulqning samaradorligiga qanday omillar ta’sir ko’rsatadi?
J: *ichki (tashkiliy), tashqi muhit omillari
24. Insonning tashkilotdagi xulqining eng muhim asoslari sifatida qanday tarkibiy qismlar ajratiladi?
J: *motivatsiya; qabul qilish; mezoniy asos.
2-mavzu
1. A’zo tashkilotga kirish bosqichida tashkilot qanday vazifalarni hal etishi lozim?
J: insonning tashkilotda ishlashga qiziqtirish; uning eski xulqiy normalarini va odatlarini buzish; unga xulqning yangi normalarini, jamodagi aloqa va o’zaro munosabtini o’rgatish.
2. Tashkilotning yangi a’zosi tomonidan normalar va qadriyatlar qabul qilinganligiga qarab moslashishning nechta xilini ajratilishi mumkin?
J: *4 tJ: Konformizm, inkor etish, mimikriya, moslashtiruvchi individualizm
3. Konformizm nima?
J: *barcha normalar va qadriyatlarni qabul qilinishi
4. Mimikriya deganda nimani tushunasiz?
J: *asosiy normalar va qadriyatlar qabul qilinmasdan, balki asosiy normalar va qadriyatlarning inkor etilishini niqoblovchi qabul qilinishi shart bo’lmagan normalar va qadriyatlar qabul qilinishi
5. Moslashtiruvchi individualizm nima?
J: *faqatgina majburiy normalar va qadriyatlar qabul qilinishi
6. O’zini tutishni o’rganishning qanday xillarini ajratish mumkin?
J: *reflektor xatti-harakati bilan bog’liq, inson o’zining avvalgi tajribasidan xulosa chiqarib, o’z xulqini o’zgartirishi, o’zga insonning xatti-harakatini kuzatish asosida o’rganish
7. Insonning tashkilot bilan o’zaro munosabati........
J: *kooperatsiyalashish, qo’shilish yoki nizo xususiyatiga egJ:
3-mavzu
1. Monofaol madaniyatlarni o’ziga xos xususiyatlari nimada?
J: *ularda butun hayotni rejalashtirish, jadvallar tuzish, faoliyatni muayyan tartibda tashkil qilish, bir vaqtda faqat bitta ish bilan shug’ullanish qabul qilingan;
2. Rolifaol madaniyat nima?
J: *bu birvarakay bir necha ish qilishga odatlangan, ishlar ketma-ketligini jadvalga binoan emas, nisbiy yoqimliligi darajasiga va biron-bir tadbirning ayni paytdagi ahamiyatiga qarab rejalashtiruvchi harakatchan, kirishimli xalqlar madaniyatidir;
3. Reaktiv madaniyatlardJ:.......
J: *xushmuomalalik va hurmatga katta ahamiyat beriladi, suhbatdoshini jim va osoyishta tinglash hamda takliflarga ehtiyotkorlik bilan javob berish afzal ko’riladi.
4. “Ishlab chiqarish demokratiyasi” (“ish joylaridagi demokratiya”) ta’limoti qachon paydo bo’ldi?
J: *1960-yillarda
5. Amerika modeliga binoan, muvaffaqiyatning tarkibi quyidagichadir:.......
J: *rahbarning bilimdonligi; xamkorrning fikrlashi va idrok qilishiga ruhiy moslashishi; avtoritar yondashuvidan maslahat yondashuviga to’liq o’tish.
6. Yaponlar o’z .......... mamlakatlarining asosiy boyligi deb hisoblaydilar. To’ldiring.
J: *inson resurslarini
7. Firmaning “korporativ ruhi”deganda nimani tushunasiz?
J: *firma bilan birlashib ketish va uning g’oyalariga sodiqlik tushuniladi
8. “Qatnashuv” tizimi mohiyatini yoritib bering.
J: *Bu tizimda korxonalarda “ishlab chiqarish kengashlari” tashkil qilish, kuzatuv kengashlari tarkibiga yollanma xodimlar vakillarini kiritish va boshqaruvchilar kengashlariga “ishchi direktorlar”ni kiritish qo’llaniladi.
9. Nemislarning “Gartsburg modeli” mohiyati nimada?
J: *javobgarlikni quyi bo’g’inlarga o’tkazishni ko’zda tutadi
10. Evropa modeli samarali menejmentning uchta asosiy shartini belgilaydi:....
J: *rahbarning ijobiy kayfiyati, to’g’ri tanlangan ohang, ta’sirning to’g’ri takrorlanuvchanligini tanlash
11. “Sifat to’garaklari”, xodimlarni uzoq muddatga yoki “umrbod yollash”, xodimlar ehtiyojlarini qondirish uchun firmalar daromadidan ajratish hisobidan fondlar yaratish .....Bu qaysi menedjmentga mos?
J: *Yapon
4-mavzu
1. Tashkiliy o’zgartirishlar bu-.....
J: *menejerlar va boshqa xodimlarning tashkilotni yoki uning bo’linmalarini o’zlari uchun muhim yo’nalishlar bo’yicha tashkiliy jihatdan o’zgartirish sohasidagi aniq maqsadni ko’zlovchi faoliyati demakdir.
2. Tashkiliy hulq fanida innovatsiyalarga qanday ta’rif berilgan?
J: *Innovatsiyalar- har tomonlama mukammal idrok etish uzviy jarayon bo’lib, u dastlabki g’oyani, investitsiyalarni, ITTKIni, mahsulotning tajriba namunasi yaratilishini va ko’plab ishlab chiqarilishni o’z ichiga oladigan bosqichlardan iborat izchil jarayondir.
3. O’zgartirishlarga ayrim kishilar qarshiligining manbalari quyidagicha:........
J: *Odamlarning idroki, xodimlarning shaxsi, odamlarning odatlari, odamlarning ta’sir va hokimlik qo’ldan ketishidan xavfsirashi, odamlarning mavhumlikdan qo’rqishi, iqtisodiy sabablar
4. O’zgartirishlarga tashkiliy qarshilikning asosiy manbalari nimalar?
J: *Tashkiliy tuzilma, tashkiliy madaniyat, vositalarning cheklanganligi, tashkilotlararo kelishuvlar
5. Innovatsiya faoliyatida qatnashuvchi shaxslarning fe’l-atvorida nechta toifa ko’zga tashlanadi?
J: *Innovatorlar, yangilik tarafdorlari, yangilikka ikkilanib qarovchilar, betaraflar, ishonchsizlik kayfiyatidagilar, yangiliklarga ters qarovchilar
5-mavzu
1. Кommunikatsiyalar нима?
J: *Кommunikatsiya lotincha communication so’zidan yasalgan bo’lib, “aloqa uzataman” , “muloqot qilaman” degan ma’noni bildiradi
2. Tashkilotdagi kommunikatsiyalar quyidagi vazifalarni bajarishga xizmat qiladi:....
J: *xabardor qilish, motiv(sabab, dalil)ga oid, nazorat qilish, ekspressiv
3. Мotiv(sabab, dalil)ga oid kommunikatsiyalar vazifalarиni таърифлаб беринг.
J: *ishontirish, tanbeh berish, iltimos qilish, buyurish va h.k.z.yo’llar bilan xodimlarni muayyan ishni bajarish va yaxshilashga undash;
4. Кommunikatsiyalarнинг nazorat qilish vazifaси нимадан иборат?
J: *mansab pog’onalari yoki rasmiy bo’ysunuvchanlik asosida turli usullar bilan xodimlarning axloqi va fe’l-atvorini kuzatib borish;
5. Коммуникацияларнинг ekspressiv вазифаси қандай функцияларни бажаради?
J: *his-tuyg’u va kechinmalarni, voqea-hodisalarga munosabatni, ijtimoiy ehtiyojlar qanday qondirilayotganini jonli ifodalashga ko’maklashish.
6-mavzu
1. Motivatsiya nima?
J: *Motivatsiya– insonni biron-bir maqsadga erishish uchun astoydil intilish, bunga ishtiyoq uyg’otishga qiziqtirish va buning uchun kuch jamlash jarayonidir.
2. Orttirilgan ehtiyojlar nazariyasi muallifi kim?
J: *D.MakKlelland
3. Motivatsiyaning i asosiy protsessual nazariyalarini sanab o’ting?
J: *kutish nazariyasi, tenglik nazariyasi, motivlash modeli (muallifi Porter-Louler) va uyushmaviy(partisipativ) boshqarish kontseptsiyasi
4. Mehnatini rag’batlantirishning qanday turlarini bilasiz?
J: *moddiy va ma’naviy
5. Tashkiliy qiziqtirish nimaga asoslangan?
J: *xodimning mehnatdan qanoatlanish tuyg’usini o’zgartirishga asoslangan
7-mavzu
1. Menejer (inglizcha manager, manage-boshqarish)-.......
J: *boshqaruvchilik lavozimini egallaydigan va tashkilot faoliyatining muayyan turlari bo’yicha qaror qabul qilish vakolatiga ega bo’lgan shaxs
2. Korxonalarda quyidagi bo’g’in menejerlari ishlaydi...........
J: *Quyi bo’g’in menejerlari, o’rta bo’g’in menejerlari va oliy bo’g’in menejerlari yoki top-menejerlar
3. Kompetentsiya nima?
J: *Kompetentsiya muayyan sohada muvoffaqiyatli faoliyat yuritish uchun bilish, o’quv va shaxsiy hislatlarni qo’llash qobiliyati demakdir.
4. Liderlik fazilatlarining qanday guruhlarini bilasizlar?
J: *fiziologik (jismoniy), psixologik (ruhiy) (his-tuyg’u), intellektual (aqliy), shaxsiy ishchanlik fazilatlaridir.
5. Mehnatni kooperatsiya qilish deganda nimani ko’zda tutadi?
J: *Boshqaruv tashkilotlari bilan boshqaruv apparati turli bo’linmalari xodimlari o’rtasida aloqa o’rnatilishini
8-mavzu
1. Mehnat jamoasi deganda nimani tushunasiz?
J: *Mehnat jamoasi ostida birgalikdagi mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi xodimlar birlashmasi tushuniladi.
2. Rasmiy tashkilot- bu......
J: *korxonalarning ko’rsatmalar, yo’riqnomalar, farmoyishlar va me’yorlar bilan belgilanadigan ijtimoiy munosabatlar tizimidir.
3. Hukmronlik so’ziga ta’rif bering.
J: *Hukmronlik – bu boshqa odamlar hulqiga ta’sir ko’rsatish imkoniyatidir.
4. Rasmiy tuzilma nima?
J: – bu tashkilotning davlatga nisbatan bajaradigan vazifalarining tizimidir.
5. Sinergiya deganda nimani tushunasiz?
J: *hamkorlikdagi harakat
9-mavzu
1. Boshqaruv jarayonida nizoga ta’rif bering
J: *bu rahbar ishchi va boshqa xodimlar o’rtasida muayyan masalalarni hal qilishda tomonlarning bir-biri bilan bir yechimga kela olmaganligi tufayli vujudga keladigan vaziyatdir.
2. Stress so’zi nimani anglatadi?
J: *Stress – inglizcha (stress) so’zidan olingan bo’lib, asabiylik keskinlik degan ma’nolarni anglatadi.
3. Stressni sodir bo’lishiga asosan qaysi yo’nalishdagi omillar sabab bo’ladi?
J: *Tarkibiy sabablar va shaxsiy ichki sabablar
4. Nizoli vaziyatlarni oldini olish yoki ziddiyatini yumshatishning qanday strategik usullari ma’lum?
J: *Uzoqlashish, silliqlashish, majburlash, kelishuv, muammoni hal qilish
5. Nizoli vaziyatlarni boshqarishni qanday usullarini bilasiz?
J: *Tarkibiy – tashkiliy usullar, strategik usullar
|