Davlat organlari axborot tizimlari tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin




Download 1,78 Mb.
bet2/6
Sana03.01.2024
Hajmi1,78 Mb.
#129771
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-amaliy ish 1212

Davlat organlari axborot tizimlari tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin:
· Muayyan davlat organi tomonidan maqsad hamda vazifalarini amalga oshirishga xizmat qiluvchi tranzaksiyali va hisobdagi mavjud quyi tizimlar;
· Milliy axborot tizimi tarkibidagi, davlat organlari o’rtasida axborot tizimlari orqali ma’lumot almashinishga xizmat qiluvchi quyi tizimlar;
· Davlat organi faoliyatida boshqaruv va ish jarayonini osonlashtirishga xizmat qiluvchi resurslarni boshqarishning quyi tizimlari;
· Davlat organlari faoliyatida ma’lumotlarni yig’ish, qayta ishlash, saqlash va tahlil qilishga xizmat qiluvchi axborot-tahliliy quyi tizimlar;
· Elektron hujjat almashinuvining quyi tizimlari;
· Hujjatlarning elektron arxivini boshqarishga doir quyi tizimlar;
· Ekspluatatsiyani boshqarish(infratuzilma komponentlarini boshqarish tizimlari)ga oid quyi tizimlar;
· Davlat organi to’g’risida Internet yoki boshqa kanallar orqali axborot yetkazish, jismoniy va yuridik shaxslar o’rtasidagi o’zaro aloqani ta’minlaydigan quyi tizimlar;
· Axborot xavfsizligini ta’minlaydigan quyi tizimlar;
· Hujjat tayyorlash va axborot almashish maqsadida davlat organi xodimlari tomonidan foydalaniladigan idoraviy quyi tizimlar.
Resurs – ma'lum shakllantirish yordamida kutilgan natijalarga erishish imkonini beruvchi shart – sharoitda u yoki bu faoliyatni amalga oshirish mumkinligining miqdoriy ko’rsatkichi. Mamlakat milliy iqtisodiyotining har qanday tarmog’i tahlil etilayotganida uning moddiy, tabiiy, mehnat, moliyaviy, energetik resurslarini ajratib ko’rsatish mumkin. Bu tushuncha iqtisodiy kategoriya sanaladi.
Moddiy resurslar jamiyat mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonida foydalanish uchun mo’ljallangan mehnat va xomashyolar majmuidir. Masalan, xomashyo, materiallar, yoqilg’i, energiya, yarim tayyor mahsulotlar, detallar va hakozo.
Tabiiy resurslar insonlarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish uchun jamiyat tomonidan foydalaniladigan obyektlar, jarayonlar hamda tabiiy sharoitlardir.
Mehnat resurslari jamiyatda ishlash uchun umumta’lim bilimga ega kisxilar.
Moliyaviy resurslar davlat yoki tijorat tarkibi ixtiyoridagi pul manbalaridir.
Energetik resurslar energiya omillari: ko’mir, neft, neft mahsulotlari, gaz, gidroenergiya, elektroenergiya va hokazo.
Shuni qayd etish lozimki, har qanday ko’lamdagi tashkilotning kerakli darajada ishlashi uchun faqat ushbu resurslarning o’zi yetarli emas, chunki ishlab chiqarish uchun moddiy, moliyaviy va mehnat resurslari mavjudligining o’zi kifoya qilinmaydi. Uni qanday ishlatishni bilish, bu sohadagi texnologiyalar haqida ko’plab axborotga ham ega bo’lish talab etiladi. Shu bois ham axborot, axborot resurslari hozirgi kunda alohida iqtisodiy kategoriya sifatida qabul qilinmoqda.

Download 1,78 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 1,78 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Davlat organlari axborot tizimlari tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin

Download 1,78 Mb.