• YOng’in aloqasi va signalizasiyasi.
  • 1. Umumiy ma’lumotlar. Yong’inni o’chirish moddalari va ularning xossalari. Yong’inga qarshi suv ta’minoti




    Download 145 Kb.
    bet8/9
    Sana19.01.2024
    Hajmi145 Kb.
    #141534
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Yong\'inga qarshi tizimlar va ularning olib boradigan tadbirlarini urganish pptx

    YOng’inni aniqlash va o’chirishning avtomat vositalari. YOng’inni aniqlashni avtomatlashgan vositalari (YOAAV) va yong’inni o’chirishni avtomat vositalari (YOO’AV) yong’in tashkilotning barcha ishlariga ta’sir etishi hamda katta moddiy zarar keltirishi mumkin bo’lgan hollarda qo’llaniladi. Bunday ob’ektlarga enyergetik «qurilmalar, markaziy gaz stansiyalari, yengil yonuvchi va yonuvchi suyuqliklar stansiyalari, xom-ashyo omborlari va yoqilg’i materiallarini solishtirma sarfi 100 kg/m2 dan ortiq bo’lgan binolar kiradi.
    YOO’AV lari yong’in joyini aniqlash va trevoga signalini berish hamda yong’inni o’chirish qurilmasini ishga tushirish moslamalaridan iborat bo’ladi. Bu qurilmaning ishlash prinsipi qo’riqlanadigan ob’ekt mo’hitidagi noelektrik fizik miqdorlarni elektrik signallarga aylantirib berishga asoslangan. YOng’in sodir bo’lgan taqdirda avtomat yong’in xabar beruvchi qurilmasida elektrik signal hosil bo’ladi va bu signal sim orqali qabul qilish stansiyasiga uzatiladi.
    YOng’inni avtomat o’chirish qurilmalari foydalaniladigan o’t o’chirish moddalarining turiga bog’liq holda suv bilan o’chiruvchi, suv-ko’pikli, havo-ko’pikli, gazli) uglyerod ikki oksidi, azot va yonmaydigan gazlar), kukunli va kombinasiyalashgan turlarga bo’linadi. Bu qurilmalar harakatga kelish vaqtiga qarab esa quyidagilarga bo’linadi: o’ta tez harakatga keluvchi (harakatga kelish vaqti 1 sekunddan ortiq emas), tez harakatga keluvchi (harakatga kelish vaqti 30 sekund), o’rta inyersiyali (harakatga kelish vaqti 31-50 sekund), inyersiyali (harakatga kelish vaqti 60 sekunddan yuqori). Ularning ish vaqtini davomiyligiga bog’liq holda qisqa va ta’sir etuvchi (15 minutgacha), o’rta davomiylikda ( 15-30 min) va uzoq vaqt ishlovchi (30 min dan ortiq) turlarga bo’linadi.
    YOng’in aloqasi va signalizasiyasi. YOng’in aloqasi va signalizasiyasi yong’inni o’z vaqtida sezish, aniqlash va u to’g’risida yong’in o’chiruvchilarga xabar berish uchun ishlatiladi. Ularga telyeradio aloqa, yong’in signalizasiyasi qurilmalari, elektrik signallar, qo’ng’iroqlar va transport vositalarining signallari kiradi.
    A, B va V kategoriyasidagi yong’inga xavfli ob’ektlarda yong’in haqida xabar beruvchi datchiklar o’rnatiladi. Ular yong’in bo’lgan taqdirda qabul qilish apparatiga signal yuboradi. Bunday sistemalar yong’in signalizasiyasi deb ataladi. YOng’inni avtomatik signalizasiya qurilmasi (YOASK) to’g’ri va aylanasimon sxemada o’rnatiladi. Ular ishlatiladigan datchiklar turiga bog’liq holda issiqlik, tutun muhofazalovchi va kombinasiyalashgan turlarga bo’linadi. Bu qurilmalar yong’in va muhofaza-yong’in turlariga bo’linadi. YOng’indan muhofaza sistemalari qimmatbaho materiallar saqlanadigan omborlarda, turar joy kvartallarida ishlatiladi. YOng’in va uning muhofaza signalizasiyasining asosiy elementlariga yong’in to’g’risida xabar beruvchi qurilma qabul qilish stansiyasi, aloqa tarmog’i, kuchlanish manbai, tovushli yoki yorug’likli signal qurilmasi kiradi.
    YOng’in avtomatik signalizasiyasiga APST-1, signalizasiyali issiqlik yong’in qurilmasiga-STPU-1 lar misol bo’la oladi. Ushbu qurilmalardagi yong’in to’g’risida avtomatik xabar beruvchi moslamalar muhitdagi issiqlik o’zgarishi, tutun va issiqlik o’zgarishi hamda yorug’lik energiyasining o’zgarishini qayd etish asosida ishlaydi.

    Download 145 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 145 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Umumiy ma’lumotlar. Yong’inni o’chirish moddalari va ularning xossalari. Yong’inga qarshi suv ta’minoti

    Download 145 Kb.