1 umumiy o‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi loyihasi




Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/76
Sana25.02.2023
Hajmi0.82 Mb.
#43476
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   76
Bog'liq
1 umumiy o‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi loyihasi
112353 (3), Teri gigiyenasi, teri shikastlanganda birinchi yordam ko‘rsatish (3), Qon tomirlari, qon aylanish doirasi (2), KT mustaqil ish, KT3, PANCREAS
 
 
Лойиҳа


31 
umumiy o‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi loyihasi 
TUSHUNTIRISH XATI 
 
Mazkur 
dastur 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
2035-yilgacha 
rivojlantirish konsepsiyasi, 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 
29-apreldagi PF-5712-son Farmoni asosida qabul qilingan 
“ O‘zbekiston 
Respublikasi Xalq 
ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”, 
2025-yilgacha 
O‘zbekiston sanoatining rivojlanishi konsepsiyasi hamda 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyovning 2020-yil 24-yanvarda 
Oliy majlisga murojaatnomasida belgilangan vazifalar asosida ishlab 
chiqilgan.
Bugungi kunda 
umumta’lim maktablarida ta’lim olayotgan o‘quvchilarda 
raqamlashtirilgan muhitda 
ta’lim olishi, yashashi va ishlashi uchun zarur 
ko‘nikmalarni shakllantirish dolzarb masalaga aylandi. 
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari 
so‘nggi yillarda jamiyatni 
o‘zgartirdi. Shu bilan birga katta mehnat migratsiyasi, rivojlanmagan ijtimoiy 
infratuzilma qashshoqlik va ishsizlikning yuqori darajasi, infratuzilmaning 
eskirganligi, kadrlar kompetensiyalarining kasbiy rivojlanish strategik 
maqsadlariga nomuvofiqligi, intellektual mulkni himoya qilish muammolari, 
oliy 
ma’lumot olish imkoniyatlarining, yuqori texnologiya va ilm-fanga 
asoslangan ishlab chiqarishning rivojlanmaganligi, malakali xodimlarning 
yetishmasligi, 
o‘rta bo‘g‘in rahbar va xodimlarning past darajadagi axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari AKTdan foydalanish malakasi, ishchilarda 
mehnatga nisbatan 
rag‘batning kamligi, ishchi va muhandis-texnik kasblar 
obro‘sining tushgani, eskirgan ish usullaridan foydalanish kabi muammolar 
o‘z yechimini kutmoqda.
Jamiyatda raqamli texnologiyalarning yangi 
to‘lqini kutilmoqda, bu esa 
barcha sohalarni rivojlantirishda innovatsiyalarning rolini kuchaytiradi. 
Raqamli texnologiyalarni rivojlantirishda kechikish milliy iqtisodiyotning 
raqobatdoshligini pasaytirishi, shuningdek, 
o‘sib borayotgan geosiyosiy 
raqobat sharoitida uning zaifligini oshirishi mumkin. 
Xususan, jamiyatda kutilayotgan raqamli texnologiyalar sharoitida 
umumta’lim maktablarida “Informatika va AT” fanini o‘qitish o‘quvchilarda 
kreativ axborot-kommunikatsion kompetensiya, innovatsion 
ko‘nikmalarni 
shakllantirish, ularda maktabdan keyingi 
ta’lim bosqichi yoki mustaqil 
hayotga qadam 
qo‘yishda zarur bo‘ladigan tayanch kompetensiyalar va 
dunyoqarashlarni shakllantirishda asosiy yechim 
bo‘lib xizmat qiladi. 
“Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘zlashtirgan umumta’lim 
maktablari bitiruvchilari mustaqil hayot va ishlab chiqarishning barcha 
tarmoqlarida zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalar asosida 
innovatsion tadqiqot va hayotiy muammolarni yechish 
ko‘nikmalarini yanada 
rivojlantirish, bir 
so‘z bilan aytganda kreativ va innovatsion, yuqori 
raqobatbardosh dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarishda 
“yetakchi” rolni 
bajarishi zarur. 
Лойиҳа



Download 0.82 Mb.
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   76




Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1 umumiy o‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi loyihasi

Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish