1. Umumiy qoidalar




Download 205.4 Kb.
bet16/27
Sana26.12.2019
Hajmi205.4 Kb.
#5392
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27




3.1

"Kirish taqiqlangan" Barcha transport vositalarining kirishi taqiqlangan


3.2

"Harakatlanish taqiqlangan" Barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.


3.3

"Mexanik transport vositalarining harakatlanishi taqiqlangan"


3.4

"Yuk avtomobillarining harakatlanishi taqiqlangan" To'la vazni 3.5 tonnadan (agar vazni belgida ko'rsatilmagan bo'lsa) yoki to'la vazni belgida ko'rsatilganda ortiq bo'lgan yuk avtomobillari va transport vositalari tizimlarining, shuningdek, traktorlar, o'ziyurar moslamalarning harakatlanishi taqiqlanadi.
Bu belgi bortlariga qiya oq chiziq tortilgan yoki odamlarni tashiyotgan yuk avtomobillarining harakatlanishini taqiqlamaydi.


3.5

"Mototsikllar harakatlanishi taqiqlangan"


3.6

"Traktorlar harakatlanishi taqiqlangan" Traktorlar, o'ziyurar moslamalarning harakatlanishi taqiqlanadi.


3.7

"Tirkama bilan harakatlanish taqiqlangan" Yuk tashuvchi transport vositalari, traktorlarning barcha turdagi tirkamalar bilan harakatlanishi, shuningdek, mexanik trasport vositalarini har qanday usulda shatakka olish taqiqlanadi.


3.8

"Ot-arava harakatlanishi taqiqlangan" Ot-arava (chana), otliqlar, yuk ortilgan hayvonlarning harakatlanishi, shuningdek, mol (poda) haydab o'tish taqiqlanadi.


3.9

"Velosipedda harakatlanish taqiqlangan" Velosiped va mopedlarning harakatlanishi taqiqlanadi.


3.10

"Piyodalarning harakatlanishi taqiqlangan"


3.11

"Vazn cheklangan" Haqiqiy umumiy vazni belgida ko'rsatilgandan ortiq bo'lgan transport vositalarining, shuningdek, transport vositalari tizimlarining harakatlanishi taqiqlanadi.


3.12

"O'qqa tushadigan og'irlik cheklangan" Birorta o'qiga tushadigan haqiqiy og'irligi belgida ko'rsatilganidan ortiq bo'lgan transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.


3.13

"Cheklangan balandlik" Gabarit balandligi (yuk bilan yoki yuksiz) belgida ko'rsatilgandan ortiq bo'lgan transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.


3.14

"Cheklangan kenglik" Gabarit kengligi (yuk bilan yoki yuksiz) belgida ko'rsatilgandan ortiq bo'lgan transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.


3.15

"Cheklangan uzunlik" Gabarit uzunligi (yuk bilan yoki yuksiz) belgida ko'rsatilgandan ortiq bo'lgan transport vositalari (transport vositalarining tizimlari)ning harakatlanishi taqiqlanadi.


Download 205.4 Kb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27




Download 205.4 Kb.