• 5.El еktr tokidan jarohatlanganda birinchi yordam ko’rsatish
  • 1. Umumiy tushuncha




    Download 232,23 Kb.
    bet1/8
    Sana16.01.2024
    Hajmi232,23 Kb.
    #138705
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    1509450388 69569


    Ximoyalovchi Zajemliniyalar
    Reja:


    1. Umumiy tushuncha


    2. Kuchlanish 1000 V gacha bo’lgan elektr uskunalariga xizmat vaqtida qo’llaniladigan himoya vositalari
    3. Kuchlanish 1000 V dan oshiq bo’lgan elektr uskunalarda xizmat doirasidagi qo’llaniladigan himoya vositalari
    4. Elеktr xafvsizligini tashkiliy chora – tadbirlari

    5.Elеktr tokidan jarohatlanganda birinchi yordam ko’rsatish





    1. Umumiy tushuncha


    Elektr-uskunalar bilan ishlaydigan ishchilarni elektr jarohatlanishdan, elektr yoyi va elektrmagnit maydonlaridan himoyalash uchun elektr himoya vositalari (E.X.V.) qo’llaniladi.
    E.X.V. qo’lda va avtomobilda eltib yuruvchi buyumlar mavjud.
    Himoyalovchi vositalar shartli ravishda uch turga bo’linadi: izolyatsiyalovchi, to’suvchi va yordamchi.
    Insonni elektr kuchlanish ostida bo’lgan elektr uskunalarini qismlaridan va yerdan izolyatsiyalash uchun xizmat qiladigan vositalarizolyatsiyalovchi vositalar deb ataladi. Unga quyidagi buyumlar kiradi:
    izolyatsiyalovchi va o’lchovchi shtangalar; vaqtincha yerga ulash qurilmalari; izolyatsiyalovchi va elektr o’lchov qisqichlar; kuchlanish ko’rsatkichlari; monter asboblarini izolyatsiyalangan dastalar; dielektrik qo’lqoplar; etiklar va kalishlar; rezinali gilamchalar va poyandozlar; izolyatsiyalangan narvonlar. Izolyatsiyalovchi E.X.V. ikki xilga bo’linadi: asosiy va yordamchi. Kuchlanishga ishonchli bardosh beradigan va ular yordamida tok o’tkazuvchi qismlarga tegishiga ruhsat beradigan vositalar asosiy vositalar deb ataladi. Ishchilarni havfsizligini ta’minlab bera olmaydigan va qo’shimcha bo’lib asosiy E.X.V. bilan birgalikda qo’llaniladigan vositalarqo’shimcha vositalar deb ataladi.
    To’siqli himoya vositalar deb, vaqtincha tok o’tkazuvchi qismlarni to’sish uchun qo’llaniladigan vositalarga aytiladi. Bunga olib yuruvchi to’siqlar (sharmalar, qo’lqoplar, qafaslar) hamda vaqtinchalik yerga ulash qurilmalariga aytiladi. Ularga shartli ravishda ogohlantiruvchi plakatlar ham kiradi. Insonni yeqilib tushishini oldini olish uchun (himoyalovchi belbog’lar, ogohlantiruvchi arqonlar) va tepaga ko’tarilish uchun (narvonlar, tirnoqchalar) hamda yorug’lik, issiqlik, mehanika va kimyoviy ta’sirlaridan himoyalanish uchun shahsiy himoya vositalari (ko’zoynak, protivogaz, mahsus kiyimlar va shunga o’xshash turli buyumlar) qo’llanib kelinadi.

    Download 232,23 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 232,23 Kb.