|
1. Videoni tahrirlash va qayta ishlash va yaratish vositalari Movavi, Camtasia, iMovie, Flipgrid, Thinglink
|
Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 33,1 Kb. | | #255565 |
Bog'liq RAQAMLI 2.3.
1. Videoni tahrirlash va qayta ishlash va yaratish vositalari
Movavi, Camtasia, iMovie, Flipgrid, Thinglink
2.Grafika va infografika yaratish vositalari
Canva, PosterMyWall, Piktochart, DesignCap, Visme
3.Elektron taqdimlar tayyorlash dasturlari
Prezi, ClearSlide, VoiceThread, TopHat
4.Multimedia ma’lumotlari bilan ishlash uchun dasturiy vositalar – ...
... o‘quv videolarini yaratish, audio va video ma’lumotlar bilan ishlash, videolarni tahrirlash va ko‘rish uchun mo‘ljallangan.
5.Virtual sintezatorlar, tovush va musiqa dasturlari – ...
... turli manbalardan ovoz yozish, musiqani tahrirlash, raqs mikslarini yaratish, audio treklarni yozib olish va ijro etish imkonini beradi.
6.Ko‘p mehnat talab qiladigan hisoblash ishlari va raqamli tahlil bilan bog‘liq faoliyatni avtomatlashtirish tizimlari – ...
... murakkab hisob-kitoblarni avtomatlashtirish talabaning diqqatini o‘rganilayotgan hodisa yoki jarayonning mohiyatini tushunishga qaratish imkonini beradi.
7.Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT) – ...
... murakkab tuzilishga ega bo‘lgan ma’lumotlar bilan ishlash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ular ma’lumotlar bazasini yaratish, uni dastlabki ma’lumotlar bilan to‘ldirish, keyinchalik ma’lumotlarni to‘ldirish va o‘zgartirish, shuningdek ma’lumotlar bazalarida qidirishni tashkil qilish uchun xizmat qiladi.
8.Grafik muharrirlar – ...
... grafik tasvirlarni yaratish, grafik hujjatlarni, shu jumladan diagrammalar, rasmlar, chizmalar, jadvallarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan.
9.Jadval muharrirlari – ...
... bu ma’lumotlarni jadvallar ko‘rinishida taqdim etish, matematik ma’lumotlarni qayta ishlash, ma’lumotlarni vizuallashtirish va diagrammalar yaratish uchun mo‘ljallangan dasturlar.
10.Taqdimot tayyorlarlash dasturi – ...
... bu MS PowerPoint, Prezi, SlideRocet, VoiceThread va boshqalar kabi taqdimotlarini yaratish va qo‘llash uchun keng miqyosda qo‘llaniladi.
11.Matn muharrirlari – ...
... matnli hujjatlarni yaratish, tahrirlash va formatlash uchun dasturlar hisoblanadi. Misollar: Microsoft Word, Word Perfect, ChiWriter, Multi-Edit, Open Office va boshqalar.
12.Masofali o‘qitish tizimi uchun ishlab chikilgan spetsifikatsiya va standartlar tuplami qanday nomlanadi
SCORM
Masofali o‘qitish jixatiga nima kirmaydi?
an’anaviy bilimlar nazorati usullari
14.MOOC (Massive Open Online Course (ommaviy ochik onlayn kurs) lar asosan qaysi turdagi ma’lumotlardan iborat?
Video ma’ruzalar
15.Udacity loyihasining maqsadi nimadan iborat?
ta’limni demokratlashtirish
16.Udacity notijorat MOOCga kim asos solgan?
Stenford professori Sebastyan Tran
17.EDX akademik bepul masofaviy ta’lim platformasiga kim tomonidan asos solingan?
Garvard universiteti, Massachuset texnologiya instituti va Berklidagi Kaliforniya universiteti tomonidan
18.iSpring Learn – masofaviy ta’lim tizimi qanday tizim hisoblanadi?
Korporativ sektorga yo‘naltirilgan platforma.
19.Ilias – masofaviy ta’lim tizimi qanday tizim hisoblanadi?
forumlar va shaxsiy bloglar yaratish imkoniyatiga ega bepul platforma.
20.Moodle – masofaviy ta’lim tizimi qanday tizim hisoblanadi?
Keng xususiylashtirish imkoniyatlariga ega bepul platforma
21.Dinamik saytlar yaratish imkoniyatini beruvchi (kontentni boshqaruvchi) tizimlar (CMS-Content Management Systems) to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni ko‘rsating.
WordPress, Drupal, Joomla, Magento, Umbraco, Shopify, Sitecore, Kentico, Sitefinity, DNN, SharePoint, Typo3, Alfresco, DotCMS, Django CMS
22.Virgual ta’lnm jarayonini boshqaruvchi tizimlar (LMS-Leaming Management Systems) to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni ko‘rsating.
Moodle, e-khool, Atutor, Captivate Prime, G-Cube, iSpring, ProProfs, TBS, TalentLMS, GoToTraining, Coassemble, Teamie, eFront, Lessonly, Mindflash, Litmos LMS
23.Elektron o‘quv resurslarini yaratish imkoniyatini beruvchi pedagogik dasturiy ta’minotlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni ko‘rsating.
LearnWorlds, Articulate Storyline 360, Elucidat, Adobe Captivate, Lectora Online, iSpring Suite, EasyGenerator, isEazy, Evolve, H5P
24.Masofaviy ta’lim” tushunchasi qanday ma’noni anglatadi?
talaba va o‘qituvchi odatda auditoriyada emas, balki bir-biridan masofadan turib ta’lim jarayonini tashkil etilishini anglatadi
25.Distributiv (inglizcha distribute — tarqatish) nima?
Texnik ta’minotni tarqatish shaklidir.
26.Pedagog tegishli muassasalarda yaratilgan elektron ta’lim resurslariga mualliflik huquqini qanday rasmiylashtirishi mumkin?
mustaqil ravishda rasmiylashtirishi mumkin
27.Resurs mualliflari o‘zlarining asarlaridan erkin foydalanishga qarshi bo‘lmasalar, uni qanday litsenziya bilan belgilaydilar?
Creative Commons litsenziyasi bilan
28.Mualliflik huquqi qachon yuzaga keladi?
mualliflik huquqi asar yaratilganda yuzaga keladi
29.Agar mahsulot inson tomonidan o‘z vazifalarini bajarish jarayonida yaratilgan bo‘lsa (masalan, o‘qituvchi masofaviy o‘qitish kursini ishlab chiqqan bo‘lsa), unda u qaysi huquqqa tegishli bo‘ladi
shaxsiy nomulkiy huquqlar muallifga, mutlaq huquqlar esa ish beruvchiga
30.Mualliflik huquqi qanday huquqlarga ajraladi?
shaxsiy-nomulkiy mualliflik huquqi va mutlaq mualliflik huquqi
31.... fanlararo tadqiqotlar sohasi bo‘lib, texnik, axloqiy, huquqiy, ijtimoiy, siyosiy va falsafiy masalalarni ko‘rib chiqishni o‘z ichiga oladi.
Kompyuter etikasi
32.Raqamli etikaning asosiy tamoyillari to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni belgilang:
Xavfsizlik. Maxfiylik. Hurmat. Ishonchlilik. Mualliflik huquqi. Ko‘p madaniyatlilik. Shaxsiy javobgarlik.
33.Raqamli etika — bu ...
onlayn muhitda o‘zini tutish qoidalari va tamoyillari to‘plamidir
34.Merrillning integratsiya tamoyili to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni belgilang.
Onlayn kurs bo‘yicha bilimlar tinglovchilarning faoliyatiga singib ketishi, amalda qo‘llanilishi kerak.
35.Merrillning Qo‘llash tamoyili to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni belgilang.
Tinglovchilar mashg‘ulot jarayonida yangi bilimlarni mustaqil ravishda qo‘llashlari kerak.
36.Merrillning o‘quv materiallari taqdimotining xilma-xilligi tamoyili to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni belgilang.
Onlayn kurs tinglovchilari e’tiborini jalb qilishi va ma’lumotni yaxshiroq eslab qolishlari uchun yangi bilimlarni taqdim etishning turli usullaridan (ma’ruzalar, hikoyalar, videofilmlar, infografika) foydalanishi kerak.
37.Merrillning Tinglovchilar bilimiga murojaat tamoyili to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni belgilang.
Onlayn kurs tinglovchilarning mavjud bilimlarini yangi ma’lumotlar bilan bog‘lashga yordam beradi.
38.Merrillning vazifalarga yo‘naltirish tamoyili to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni belgilang.
O‘quv kontentlari tinglovchilarning faoliyatida duch keladigan aniq vazifalarni yengishga yordam berishi kerak.
39.Pedagogik dizayn – bu ...
... onlayn ta’limni tashkil etishning asosiy usullaridan biri hisoblanib, kontentni aniq strategiyali, maqsadli va natijalarni tahlil qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan kursga aylantirish imkoniyatini beradi.
40.Interfaollik darajasini oshirishning tadqiqotli shakllari...
... tadqiqotlar taklif qilingan voqealarni o‘rganishga emas, balki o‘z voqealarini ishlab chiqarishga asoslanadi.
41.Raqamli ta’lim resurslarini ishlab chiqishda Rivojlantiruchi didaktik talabi to‘g‘ri keltirilgan qatorni belgilang.
Raqamli ta’lim resurslari faqatgina ta’lim funksiyasi bilan cheklanib qolmasligi kerak, ular o‘quvchilarning aqliy qobiliyatlarini rivojlantirishi, o‘quv faoliyati uchun motivatsiyani ta’minlashi va bir qator tarbiyaviy funksiyalarni bajarishi kerak.
42.Raqamli ta’lim resurslarini ishlab chiqishda Bilimlarni o‘zlashtirishning mustahkamlash didaktik talabi to‘g‘ri keltirilgan qatorni belgilang.
Raqamli ta’lim resurslari yordamida muayyan harakatlarning takrorlanishini tashkil qilish, individual o‘quv topshiriqlarining o‘zgaruvchanligini oshirish mumkin bo‘ladi.
43.Raqamli ta’lim resurslarini ishlab chiqishda Tizimlilik didaktik talabi to‘g‘ri keltirilgan qatorni belgilang.
Talabalar tomonidan o‘rganilayotgan fan sohasidagi ma’lum bir bilim tizimini izchil o‘zlashtirish zaruratidir.
44.Raqamli ta’lim resurslarini ishlab chiqishda Faollik va onglilik didaktik talabi to‘g‘ri keltirilgan qatorni belgilang.
O‘quv jarayoni faolligini oshirish uchun RTR turli xil o‘quv vaziyatlarini yaratishi, turli xil savollarni shakllantirishi, talabaga u yoki bu ta’lim trayektoriyasini tanlash imkoniyatini, hodisalarning borishini nazorat qilish qobiliyatini ta’minlashi kerak.
45.Raqamli ta’lim resurslarini ishlab chiqishda Ko‘rgazmalilik didaktik talabi to‘g‘ri keltirilgan qatorni belgilang.
O‘rganilayotgan obyektlar va jarayonlarni hissiy idrok etish qonuniyatlarini hisobga olish zarurligini anglatadi.
46.Raqamli ta’lim resurslarini ishlab chiqishda Muammolar yechimi didaktik talabi to‘g‘ri keltirilgan qatorni belgilang.
Bu talab o‘quv va kognitiv faoliyatning tabiati bilan bog‘liq. Hal qilinishi kerak bo‘lgan muammoli vaziyatga duch kelganda, ta’lim oluvchilarning idrok etish faolligini oshiradi.
47.Raqamli ta’lim resurslarini ishlab chiqishda Ochiqlik didaktik talabi to‘g‘ri keltirilgan qatorni belgilang.
Ta’lim oluvchining yoshi va individual xususiyatlariga muvofiq materialni taqdim etishning kognitiv murakkablik darajasini aniqlash zarurligini anglatadi
48.Raqamli ta’lim resurslarini ishlab chiqishda Ilmiylik didaktik talabi to‘g‘ri keltirilgan qatorni belgilang.
Bu talab eng yangi ilmiy yutuqlarini hisobga olgan holda materialni yetarlicha chuqur va to‘g‘ri taqdim etish zarurligini bildiradi.
49.Axborotni izlashda raqamli ta’lim rerusrlarining Dasturlash komponenti nimani nazarda tutadi?
dasturiy ta’minotni loyihalash va ishlab chiqishga qaratilgan dasturlar uchun asosiy komponent hisoblanadi.
50.Axborotni izlashda raqamli ta’lim rerusrlarining Nazorat qiluvchi komponenti nimani nazarda tutadi?
o‘z-o‘zini nazorat qilish, baholash, aks ettirishga qaratilgan RTR uchun etakchi hisoblanadi.
51.Axborotni izlashda raqamli ta’lim rerusrlarining telekommunikatsiya komponenti nimani nazarda tutadi?
Hamkorlikdagi ta’lim faoliyatini nazarda tutadi
52.Axborotni izlashda raqamli ta’lim rerusrlarining Kompyuter simulyatsiyasi komponenti nimani nazarda tutadi?
Raqamli ta’lim resurslari kompyuter simulyatsiyasi uchun dastur yoki tayyor muhit ekanligini anglatadi.
53.Axborotni izlashda raqamli ta’lim rerusrlarining instrumental komponenti nimani nazarda tutadi?
o‘quv faoliyatini amalga oshirish uchun vositalar manbaidan foydalanishni o‘z ichiga oladi
54.Raqamli ta’lim resurslarining didaktik vazifalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Barcha javoblar to‘g‘ri
55.Raqamli ta’lim resursi – ...
raqamli shaklda taqdim etiladigan ta’lim resursi bo‘lib, mavzu tuzilmasi, mazmuni va metama’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
56.Raqamli ta’lim jarayonining Ta’lim muhitining to‘yinganligi tamoyili – ...
individual ta’lim strategiyasini yaratish uchun ortiqcha axborot resurslarini talab qiladi. Bunday ortiqchalik tarmoq ta’lim resursi – yagona axborot ta’lim muhiti yordamida amalga oshirilishi mumkin.
57.Raqamli ta’lim jarayonining Amaliyotga yo‘naltirilganlik tamoyili – ...
ta’limni hayot bilan bog‘lashning an’anaviy didaktik tamoyili bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, aniq maqsad va aniq natijalarni belgilashni talab qiladi.
58.Raqamli ta’lim jarayonining Hamkorlikda o‘rganish tamoyili –
o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi faol ko‘p tomonlama – real va tarmoqli aloqa asosida o‘quv jarayonini qurishni talab qiladi hamda tarmoqni o‘rganishning guruh shakllaridan foydalanishni o‘z ichiga oladi.
59.Raqamli ta’lim jarayonining Muvaffaqiyatlilik tamoyili – ...
maqsadlarga erishishni, bilim, ko‘nikma va malakalarni to‘liq o‘zlashtirishni talab qiladi “tushuntirish – mustahkamlash – nazorat” didaktik zanjirining yakuniy elementi hisoblanadi.
60.Raqamli ta’lim jarayonining Moslashuvchanlik tamoyili – ...
raqamli ta’lim jarayonining shartlariga qarab individual yondashuvni ishlab chiqish, shuningdek, o‘quv materialini taqdim etish tartibi, usuli va sur’ati kabi jihatlarni hisobga olgan holda har bir talaba uchun dasturni avtomatik ravishda sozlash imkonini beradi.
61.Raqamli ta’lim jarayonining Ustunlik tamoyili – ...
raqamli ta’lim muhitida talabaning mustaqil ta’lim faoliyatiga qaratilgan bo‘lib, o‘quv jarayonini tashkil etish, o‘quv jarayonida talabani qo‘llab-quvvatlash va yordam berish lozimligin ko‘rsatadi.
62.Raqamli didaktika tushunchasiga ta’rifi qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
Raqamli didaktika – pedagogikaning bir qismi hisoblanib, raqamli ta’lim muhitida o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘yicha fan sifatida qaraladi.
63.Raqamli izni boshqarishning refleksiv komponenti ...
turli xil so‘rovnomalar va sotsiologik tadqiqotlar natijalaridan kelib chiqadi.
64.Himoyalangan veb-saytlar
https://
65.Tarmoq gigiyenasi (kibergigiyena) deganda nimani tushunasiz?
Tarmoqdagi xavfsizlikni yaxshilash va tizimning ishlashini ta’minlash uchun har qanday qurilma foydalanuvchilari bajaradigan harakatlar to‘plamidir
66.Pedagogning raqamli izi deganda nimani tushunasiz?
Pedagogning kasbiy faoliyatida raqamli texnologiyalardan foydalanish jarayonida qoldiradigan ma’lumotlar to‘plami.
67.Raqamli izlarni boshqarish jarayoni ketma-ketligi to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni belgilang
1. Tashxis. Qidiruv tizimlari orqali raqamli izingizni tashis qilish. 2. Kamaytirish. Raqamli izini kamaytirish. 3. Cheklash. Taqdim etilgan ma’lumotlar miqdorini cheklang. 4. Tahlil. Raqamli izni doimiy ravishda kuzatib borish.
68.Raqamli iz (digital footprint) – bu ...
Internetdan foydalanish jarayonida insonlar tomonidan qoldiradigan ma’lumotlardir. Ushbu atama internet tarmog‘ida “internet izi”, “kiber soya”, “elektron iz yoki raqamli soya” kabi nomlar bilan ham ataladi
69.DigCompEdu pedagoglarning raqamli kompetensiyasi modelining 6-yo‘nalishi ta’rifi to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni belgilang.
pedagogning raqamli savodxonligi, uning raqamli muhitda ta’lim jarayonida zarur bo‘lgan axborot va resurslarni tanlash va tahlil qilish qobiliyati, shuningdek, raqamli texnologiyalardan foydalanish bilan bog‘liq masalalar va muammolarni hal qilish bilan bog‘liq kompetensiyalarni o‘z ichiga oladi
70.DigCompEdu pedagoglarning raqamli kompetensiyasi modelining 5-yo‘nalishi ta’rifi to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni belgilang.
pedagogning shaxsga yo‘naltirilgan o‘quv jarayoni tamoyilini amalga oshirish qobiliyatini shakllantirish, ta’lim oluvchilarni ta’lim jarayoniga maksimal darajada jalb qilish uchun raqamli ta’lim muhitida tabaqalashtirilgan yondashuvni ta’minlash va o‘qitish uchun yangi imkoniyatlar yaratish bilan bog‘liq.
71.DigCompEdu pedagoglarning raqamli kompetensiyasi modelining 4-yo‘nalishi ta’rifi to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni belgilang.
baholash jarayonida raqamli vositalardan foydalanish bilan bog‘liq kompetensiyalarni belgilaydi. Ta’lim oluvchilar faoliyati haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilish va tanqidiy baholash, shuningdek, axborot texnologiyalaridan foydalanish asosida o‘z vaqtida va samarali hisobot berish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak.
72.DigCompEdu pedagoglarning raqamli kompetensiyasi modelining 3-yo‘nalishi ta’rifi to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni belgilang.
ta’lim jarayoni bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan kompetensiyalarni shakllantirishni, ya’ni ta’lim oluvchilarning mustaqil ishlash qobiliyatini rivojlantirishni ta’minlashga, shuningdek, guruh shaklida ishlashda samarali o‘zaro ta’sirini amalga oshirishga qaratilgan kompetensiyalarini qamrab oladi.
73.DigCompEdu pedagoglarning raqamli kompetensiyasi modelining 2-yo‘nalishi ta’rifi to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni belgilang.
pedagogning axborot resurslarini tanlash va ularni ta’lim oluvchilar ehtiyojlariga moslashtirish, o‘z raqamli resurslarini yaratishi va o‘quv jarayonining barcha subyektlari uchun ulardan xavfsiz foydalanishni ta’minlash qobiliyatini o‘z ichiga oladi.
74.DigCompEdu pedagoglarning raqamli kompetensiyasi modelining 1-yo‘nalishi ta’rifi to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni belgilang.
ta’lim jarayonining barcha subyektlarining raqamli texnologiyalar orqali o‘zaro ta’sirini o‘z ichiga olgan kompetetsiyalar bilan bog‘liq: jamoa, ta’lim oluvchilar va ularning ota-onalari bilan kasbiy o‘zaro hamkorlik. Ushbu yo‘nalish shuningdek, pedagogning axborot texnologiyalari va raqamli vositalar va resurslardan foydalanish sohasida uzluksiz rivojlanishga yo‘naltirilgan o‘z kasbiy faoliyatini tahlil qilish qobiliyatini shakllantirishni o‘z ichiga oladi.
75.G.U.Soldatovaning fikricha axborot va mediakompetentlik – ...
raqamli ma’lumotlarni qidirish, tushunish, arxivlash va uni tanqidiy aks ettirish bilan bog‘liq bilim, ko‘nikma, malaka, motivatsiya, mas’uliyat, shuningdek raqamli resurslardan foydalangan holda axborot obyektlarini yaratish.
76.2017 yilgi G20 sammiti tadbirlari doirasida ishlab chiqilgan raqamli savodxonlikning elementlari ketma-ketligi to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni belgilang.
raqamli kontent bilan ishlash, kompyuter texnikasi bilan ishlash, ommaviy axborot vositalari bilan ishlash, kommunikatsiya, texnologik innovatsiyalar.
77.“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi qaysi davlatlar tajribalari (usullari, shakli) asosida ishlab chiqilgan?
Strategiya Germaniya, Fransiya, Koreya tajribalari asosida yangi usulda ishlab chiqilgan bo‘lib, uning maqsadlari va samaradorlik ko‘rsatkichlari aholi tomonidan oson qabul qilib, tushunish uchun qulay shaklda (informativ jadval) bayon etilgan.
78.Masofaviy ta’limning qanday tamoyilla quyidagi tamoyillar asosida tashkil etiladi?
Ishtirokchilarning interfaolligi, talabalarning identifikatsiya qilinishi, yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashning pedagogik maqsadga muvofiqligi, ta’lim berishning ochiqligi va moslashuvchanligi.
|
| |