Mavzu: Faoliyatning turli bosqichlarida xavfsizlik shartlarini tahlil qilish.
Reja:
1. Xavflarni tahlil qilish
2. Iqtisodiy va ijtimoiy xavflar tahlili
3. Mehnatni muhofaza qilishda ergonomikaning ahamiyati
4. Xavfsizlikni ta’minlashda psixologiyaning ahamiyati
5.Xulosa
6.Foydalanilgan adabiyotlar
1. Xavflarni tahlil qilish usullari, xavfsizlikning tizimli tahlili
Texnik va ijtimoiy-iqtisodiy omillarni hisobga olgan holda, xavfni baholash va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish sanoat xavfsizligini ta’minlash va mehnat xavfsizligini ta’minlashda muhim muammo hisoblanadi. Haqiqatan ham xavfni noto‘g‘ri yoki past baholash katta avariyalarga olib kelishi mumkin, xavfni o‘ta yuqori baholash esa juda katta mablag‘ talab qiladigan xavfsizlik choralarini qo‘llashni talab qilishi mumkin. Bu esa ishlab chiqarish iqtisodiy samaradorligini pasayishiga yoki yo‘qqa chiqishiga olib kelishi mumkin.
Mamlakatimizda va xorijda xavf-xatarlarni tahlil qilish juda ko‘p usullar bilan amalga oshirilishi mumkin. Ularning ayrimlarini keltirib o‘tamiz.
1-usul. Xavfni baholashning sifatiy (muhandislik) usullari ularni yanada murakkab usullar bilan o‘rganish uchun xavf manbalarini aniqlashga qaratilgan. Ushbu muhandislik usullari miqdoriy hisob-kitoblar bilan mustahkamlanmaydi.
2-usul. Xavflarni ekspress baholash usullari ob’ektlarni xavflilik darajasi bo‘yicha kategoriyalarini aniqlashda foydalaniladi (yong‘in, portlash kimyoviy, radiatsiya va boshqalar). Bunday usullarni qo‘llashning asosiy maqsadi xavf manbalarini aniqlash zarurati bilan bog‘liq. Xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan ob’ektlarga xavfsizlik talablari qat’iyroq qo‘llaniladi.
3-usul. Xavflarni baholashning ehtimollik usullariga miqdoriy baholash usullari matematik statistika usullari, matematik modellashtirish kiradi.
Xavflarni baholashning yuqorida sanab o‘tilgan usullari prognozning aniqligi va dastlabki zarur ma’lumotlarning miqdori bilan farq qiladi. Ushbu yoki boshqa usullarni qo‘llashda xavfni baholash maqsadlaridan kelib chiqiladi.
Rivojlangan mamlakatlarda murakkab xavfsizlik muammolarini hal qilishda xavf-xatar metodologiyasi keng tarqalgan bo‘lib, unda yuzaga keladigan hodisalar va ularning oqibatlari ehtimoli aniqlanadi. Ushbu metodologiyaning jozibadorligi, xavfning miqdoriy ko‘rsatkichlaridan foydalanib potensial xavfni o‘lchash va turli xavflarni solishtirish mumkinligi bilan izohlanadi. Shu bilan birga, xavf ko‘rsatkichi sifatida odamlarning o‘limi (yoki kutilayotgan zarar qiymat) bilan bog‘liq shaxsiy yoki ijtimoiy xavf qabul qilinadi.
Iqtisodiy va ijtimoiy xavflar tahlili
Boshqa xavflar kabi, iqtisodiy xavflar ham jamiyatga moddiy ziyon yetkazuvchi omillar hisoblanib, ular natijasida insonlar qashshoqlashuvi davlat katta talofat ko‘rishi mumkin. Deyarli barcha xavf turlari bevosita iqtisodiy xavflarni ham olib kelishi mumkin. Masalan, bir korxonada antropogen xavf, ishchilar e’tiborsizligi tufayli yong‘in paydo bo‘ldi deylik, natijada, ish ob’ektlari yaroqsiz holga kelishi korxona katta zarar ko‘rishi mumkin. Bu esa korxonada iqtisodiy xavfni paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Iqtisodiy xavfsizlik milliy xavfsizlikning tarkibiy qismi, uning moddiy asosi bo‘lib hisoblanadi. “Iqtisodiy xavfsizlik” – bu, davlat iqtisodiy tizimiga ta’sir qiluvchi va uning eng kam chiqim bilan, bosqichma-bosqich barqaror rivojlanishi, shu asosida jamiyatning potensial imkoniyatlarini har tomonlama amalga oshirish uchun milliy manfaatlar eng ko‘p ifodalanishiga imkon beruvchi (ichki va tashqi) shart va omillar yig‘indisi, shuningdek, davlatning turli xil xavflar va yo‘qotishlarga qarshi turish qobiliyatidir.
Iqtisodiy xavfsizlikning quyidagi turlari mavjud:
- ishlab – chiqarish –texnologik sohalardagi xavfsizlik;
- sanoat sohasidagi xavfsizlik
- oziq-ovqat xavfsizligi;
- demografik xavfsizlik;
- moliyaviy xavfsizlik
- axborot xavfsizligi;
- tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi xavfsizlik va h.k.
Iqtisodiy xavfsizlikka bo‘ladigan tahdidlar – mamlakatdagi iqtisodiy holatga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan, shaxs, jamiyat, davlatning iqtisodiy manfaatlarini cheklab qo‘yadigan, milliy qadriyatlar va hayot tarziga xavf soladigan hodisa va jarayonlardir.
Odatda iqtisodiy tahdidlar umumlashtirilgan holda ichki va tashqi tahdidlarga ajratilib o‘rganiladi. Iqtisodiy xavfsizlikka ichki tahdidlar:
- mamlakat iqtisodiyotining bir yoqlama rivojlanganligi va tarkibiy deformatsiyaning kuchayishi;
- milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligining pastligi (http://kompy.info/turistik-sayohatlar-xavfsizligini-taminlash.html);
- iqtisodiyotning yuqori darajada monopollashuvi;
- yuqori darajadagi inflyatsiya;
- mineral – xom ashyo bazalarining kam o‘rganilganligi;
- mamlakat ilmiy-texnika salohiyatining yomonlashuvi fan-texnika rivojlanishining ayrim yo‘nalishlarida ilg‘or o‘rinlarning boy berilishi, boshqa faoliyat sohalarida intellektual mehnat nufuzi va obro‘- e’tiborining tushib ketishi;
- infratuzilmaning rivojlanmaganligi
- ichki bozorlardan milliy tovarlarning chet el tovarlari tomonidan siqib chiqarilishi;
Hayot faoliyati xavfsizligi —inson hayoti, sog‘ligi hamda uning nasliga ta’sir etuvchi real xavflar aniq ehtimollik asosida bartaraf etilgan inson faoliyati holatidir.
Hayot faoliyati —insonning o‘z manfaatlarini qondirish maqsadidagi kunlik mehnat faoliyati va dam olishi, ya’ni insoniyat yashashining muhim shartidir. Inson yashash davrida o‘zining moddiy va ma’naviy manfaatlarini qondirish maqsadida yashash makonini, muhitini o‘zgartiradi. Shu sababli, “Hayot faoliyat xavfsizligi” fani inson organizmi bilan uni o‘rab turgan muhit o‘rtasidagi murakkab o‘zaro bog'lanish va ta’sirni o‘rganadi. M a’lumki, inson o‘z faoliyatini tabiiy, maishiy, ishlab chiqarish, shahar muhiti va favqulodda holatlar sharoitida amalga oshirishi mumkin. Inson har qanday muhit sharoitida faoliyat yuritmasin inson va muhit o‘rtasida o'zaro qarama-qarshi ta’sir yuzaga keladi. Shu sababli inson faoliyati ikki maqsadga yo‘naltirilgan bo‘ladi:
1. 0 ‘z faoliyati davomida m a’lum samarali maqsadga, manfaatga erishish.
2. Faoliyati davrida yuzaga keladigan k.o‘ngilsiz holatlarni bartaraf etish, ya’ni faoliyatni x.avfsiz va zararsiz bo‘lishini ta’minlash.
Ko‘ngilsiz holatlar deganda insonning hayoti va salomatligiga zarar yetishi tushuniladi. Inson faoliyati davomida uning hayoti va sog‘ligiga zarar yetkazuvchi har qanday holat, vaziyat, vositalar xavflar deyiladi. Xavflar ta’sirida inson sog‘ligiga zarar etadi, hayoti xavf ostida qoladi va organizmning m e’yoriy faoliyati qiyinlashadi.
Hayot faoliyati xavfsizligi - maqsadga olib boruvchi yo‘l, uslub va vositalar majmuidir. U atrof-muhit va insoniyatga tahdid soluvchi xavflarning tabiatini, ularni yuzaga kelish va ta’sir etish qonuniyatlarini, xavflarni yuzaga kelishini oldini olish tadbirlarini, xavflardan himoyalanish usullari va xavf ta’sirida yuzaga kelgan salbiy oqibatlarni bartaraf etish yo‘llarini o‘rganuvchi ilmiy bilimlar sohasi hisobianadi.
Hayot faoliyati xavfsizligi fa n i — inson hayotiy faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratish va insonni texnosferadagi antropogen hamda tabiiy xavflardan himoyalashga qaratilgan tadbirlar majmui va vositalar tizimini o‘rganadi.
Hayot faoliyati xavfsizligi - insonni texnosfera bilan qulay va o‘zaro xavfsiz ta’sirini o‘rganuvchi fandir.
Inson uchun qulay va xavfsiz faoliyat sharoitini yaratish quyidagi vazifalarniyechishni talab etadi:
1. Xavflar identifikatsiyasi, ya’ni xavf manbalari, yuzaga kelish sabablarini soniy baholash va tahlil etish.
2. Iqtisodiy samarali yo‘llar asosida xavflarni bartaraf etish yoki xavfli va zararli omillar ta’sirini bartaraf etish.
3. Xavfii va zararli omillar ta’siri oqibatlarini bartaraf etish va mavjud xavflardan himoyalash.
4. Yashash muhitining qulay (“komfort”) holatini yaratish.
Hayot faoliyati xavfsizligi sohasidagi amaliy vazifalarning asosiy yo‘nalishlari baxtsiz hodisalar sabablarini oldini olish va xavfli holatlarni yuzaga kelishini bartaraf etishdan iboratdir.
Hayot faoliyati xavfsizligi insonning hayotida sodir bo ‘ladigan turli shakldagi xavflarni bartaraf etish va ulardan himoyalanish yo ‘llarini о ‘rganishga qaratilgan nazariy fandir. U keng qamrovli ilmiy-amaliy izlanishlar va tadqiqotlar asosida rivojlanib, takomillashib boradi.
Insonning hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlashda, ilmiy-nazariy izlanishlar asosida vujudga kelgan qonunlar, nizomlar, standartlar, ko‘rsatmalar, qoidalar va sanitar-texnik me’yorlar hamda ulami o‘rganish bo‘yicha uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimini vujudga keltirish, uni rivojlantirish muhim o‘rin to‘tadi.
Fanining asosiy maqsadi insonning barcha ko’rinishdagi faoliyati davrida yuzaga keladigan xavfli omillar, ularning kelib chiqish sabablari va bartaraf etish yo‘llari, faoliyat xavfsizligini ta’minlash hamda ishlab chiqarishdagi faoliyatida xavfsiz va sogMom ish sharoitlarini yaratish bo‘yicha nazariy bilim berish va amaliy ko‘nikmalar hosil qilish orqali bakalavrlarning ijodiy-ilmiy kasbiy kompetentlikni shakllantirish va rivojlantirishdan iboratdir.
Yuqoridagilarga mos holda bo‘lajak bakalavrlar fanni o'rganish
davomida quyidagilarni nazariy jihatdan o‘zlashtirishlari lozim:
-- inson faoliyat xavfsiziigini xarakterlovchi asosiy prinsiplar, uslublar va vositalar tizimi;
-xavfsizlik tizimi. uning tahlili va optimallashtirish dasturlari. Faoliyat xavfsiziigini boshqarish yoMlari;
- faoliyat xavfsizligining huquqiy va tashkiliy asoslari. Flayot faoliyati xavfsizligi bo‘yicha qonunlar, standartlar tizimi, nizomlar, ko‘rsatmalar, qurilish va sanitariya me'yorlari va boshqa me’yoriy hujjatlar, ularni amalda hayotga tadbiq etish;
-ishlab chiqarishda faoliyat xavfsiziigini ta’minlash, sog‘lom va xavfsiz ish sharoitiarini yaratish bo‘yicha rejali tadbirlar ishlab chiqish;
-ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni tahlil qilish, ularni tekshirish va hujjatlashtirish tartiblari;
-inson hayot faoliyati xavfsiziigini ta’minlashning iqtisodiy samaradorligini oshirish, baxtsiz hodisalar sabablarini aniqiash uslublari;
-xavfsiz mehnat sharoitini ta’minlashga qaratilgan shaxsiy himoya vositalari bilan ishchi-xizmatchilarni ta’minlash tartibi va ulardan foydalanish yo‘llari;
- sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitini yaratish bo‘yicha sanitargigienik tadbirlar ishlab chiqish;
- ishlab chiqarishdagi texnika vositalaridan, mashina-mexanizmlar, qurilmalar va moslamalardan foydalanishdagi xavfsizlik qoidalari;
-yo n g ‘in xavfsizligi: yong‘inning kelib chiqish sabablari, uning oldini oiish, yong‘inni o‘chirish texnika vositalariva usullari;
-favqulodda hodisalar va tabiiy ofatlar vaqtida inson hayot faoliyati xavfsiziigini ta’minlash;
- Yuqorida qayd etilgan nazariy bilimlarga asoslangan holda har bir mutaxassis fanni o‘rganish bilan quyidagi amaliy umumkasbiy kompetentlikka ega bo'lishlari lozim:
-xavfli va zararli ishlab chiqarish jarayonlarini baholash;
-hayot faoliyati xavfsizligi bo‘yicha maqbul variantlarni tanlashda mustaqil qarorlar qabul qilish;
-ishchi va xizmatchilarga xavfsizlik texnikasi bo‘yicha yo‘- riqnomalar o‘tish va ularni hujjatlashtirish;
-malakali ravishda baxtsiz hodisalarni tekshirish va ularning sabablarini aniqlash;
- mehnat muhofazasi bo‘yicha ko‘rsatmaiar tuzish;
-ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining sanitar-gigienik bolatini belgilovchi ko‘rsatkichlarni (gazlanganlik va changlanganlik darajasi, shovqin va titrash. yoritilganlik, harorat, nisbiy namlik, havoning harakatlanish tezligi, havo bosimi va b.) aniqlovchi asbobuskunalar va jihozlardan foydalana bilish;
- o‘t o‘chirgichlar va o‘t o‘chirish texnikalarini ishlata bilish:
- favqulodda vaziyatlarda qishloq xo’jalik obyektlarining barqarorligini baholash va tadbirlar ishlab chiqish;
- iqtisodiyotning barcha tarmoqlari jumladan, aloqa, axborotlashtirish va kommunikatsiya sohalari obyektlarida rahbar hamda ishchi-xodimlarni mehnat muhofazasi va favqulodda vaziyatlarda xavfsizlik choralari bo‘yicha o‘qitish hamda ma’naviy tayyorlash;
-jarohatlanganda yoki shikastlanganda hamda favqulodda vaziyatlarda birinchi yordam ko’rsatish.
Ishlab chiqarish binolari va ish joylarining mikroiqlimi. Obhavo sharoiti va uni inson faoliyatiga bog‘liqligi to‘g‘risida ma’lumotga ega boMish. Korxonalarda sog‘lom va xavfsiz ish sharoitini yaratish asoslarini o‘rganishdar< iboratdir. Mavzu asosida mehnat faoliyatida tashqi muhitning ta’sirlari, mehnat gigiyenasi, ishlab chiqarish mikroiqlimi va gigiyenik m e’yorlar o'rganiladi. Hayot faoliyati xavfsizligi insonni xavfdan himoyalashga qaratilgan bo‘lsa-da, ko‘pchillik hollarda insonni o‘zi potensial xavfni, tug‘diruvchi, tashuvchi hisoblanadi. Masalan, inson o‘z hayoti davomida turli xil zararli va zaharli moddalarni ishlab chiqaradi va o'zining xato harakati tufayli ko‘pgina baxtsiz hodisalarni kelib chiqishiga sabab boMadi qisqa aytganda, inson muhitga ta’sir etadi, uni o‘zgartiradi, natija esa og‘ir oqibatlarga olib kelishi bilan tugashi mumkin bo‘ladi. Shu sababli, «inson-muhit» sistemasi xavfsiz faoliyatda bo‘lishi uchun inson va muhitni tashkil etuvchi barcha elementlarning ko‘r~ satkichlari o‘zaro muvofiqliqda bo‘lishi talab etiladi. Agar bunday muvofiqlik bo‘lmasa quyidagi ko‘rinishdagi ko‘ngilsiz hodisalar yuz beradi: insonning ish qobiliyati susayadi; umumiy va kasb kasalliklari ko‘pavadi; avariyalar, yong'inlar, portlashlar sodir boiadi; ishlab chiqarish jarohatlari yuzaga keladi va h.k.
Ishlab chiqarish binolari va ish joylarining mikroiqlimi ishchining sog‘ligiga va ish unumdorligiga ta’sir etuvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi.
Ishlab chiqarish xonalarining mikroiqlimi xonaning harorati (°C), nisbiy namligi (N, %) havoning harakatlanish tezligi (V, m/c), issiqlik nurlanishi intensivligi (J, n/m2) bilan xarakterlanadi. Xona havosi bosimini rostlash imkoniyati yo‘qligi sababli ayrim manbalarda bosim mikroiqlim ko'rsatkichlari qatoriga kiritilmaydi.
Optimal mikroiqlim sharoitini yaratish juda muhim va murakkab vazifalardan hisoblanadi. Mikroiqlim ko‘rsatkichlarining optimal miqdorini o‘rnatish va zararli omillar ta’siridan hiinoyalanish quyidagi tadbirlar orqali amalga oshiriladi:
— bino va xonalarni ratsional joylashtirish; — xonalarni ratsional shamollatish, havoni konditsionerlash va isitishni tashkil etish;
— ish va dam olish rejimini to‘g ‘ri tashkil etish;
- shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish;
- issiqlik nurlanishidan himoyalash maqsadida ish jihozlarini izolyatsiyalash va himoya ekranlaridan foydalanish.
1-jadval Ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining mikroiqlim holatini
belgilovchi ko‘rsatgichlarning me’yoriy miqdorlari
Yuqorida ta’kidlangan sezgi a ’zolari m a’lum xarakteri^tikaga ega bo‘lib, muhit faktorlarining keskin o‘zgarishi ushbu analizatorlarning ish faoliyatiga salbiy ta’sir etadi. Natijada, turli xil kasb kasalliklari, jarohatlanishlar kelib chiqadi.
Ishlar xavflilik va zararlik darajasiga qarab esa zararli, xavfli va o‘ta xavfli guruhlarga ajratiladi.
Zararli ishlarga nomaqbul iqlim sharoitida bajariladigan ishlar (kuchli shamol, past yoki yuqori harorat, namlik, yuqori darajada shovqin, titrash, har xil nurlar ta’sirida ishlash) kiradi.
Xavfli ishlarga «montajchilar», o‘t yoquvchilar, elektriklar va shu kabi boshqa ishlarni misol qilish mumkin.
0 ‘ta xavfli ishlarga esa yorig’ inni o‘chirish va uni oqibatlarini tugatish, tabiiy ofatlar davrida avariya-tiklash ishlar ini olib borish kabilarni kiritish mumkin.
Yangi texnologik jarayonlarning yaratilish, yangi ashyolarning qoMlanilishi prinsip jihatdan yangicha yondashuvni, mehnat xavfsizligini ta’minlashning yangi usullar hamda vositalarini ishlab chiqishni. shuningdek ana shu rnasalalar bo‘yicha yangi m e’yorlarini yaratishni taqozo etadi. Shu sababli mehnat muhofazasiga doir me’- yoriy hujjatlarni tartibga solish zarurati paydo bo‘ldi. Bu hujjatlar davlat standartlashtirish sistemasining tarkibiy qismiga aylanadi.
Mehnat xavfsizligi standartlari tizimi (MXST) - bu mehnat xavfsiziigini ta’minlashga qaratilgan o‘zaro bog‘liq standartlar majmuasidan iborat boiib, majmua davlat standartlashtirish tizimining tarkibiy qismi sanaladi va Davlat, Respublika, tarmoq andozalari, korxonalar andozalaridan iborat bo‘ladi. Ular uch guruhga bo‘linadi va quvidagilarni belgilaydi; xavfli va zararli ishlab chiqarish omillariga doir umumiy talablar hamda m e’yorlar; ishlab chiqarish jarayonlariga doir xavfsizlikning umumiy talablari; ishlovchilarni himoyalash vositalariga doir talablar, mehnat xavfsiziigini baholash metodikasi. Sanoat korxonalarining texnologik uskunalariga doir umumiy talablari «Mehnat xavfsizligi talablari majmuasi. X avfsizlikning umumiy talablari» da bayon etilgan. O‘zbekiston Vazirlar kengashining standartlar bo‘yicha Davlat qo‘mitasi standartlarini besh yil muddatga belgilaydi; bu muddat o‘tgandan so'ng ular yangilanadi va qayta ko‘rib chiqiladi. MXST standartlari umumdavlat, tarmoq, respublika miqyosida bo‘lishi mumkin. Ushbu standartlarni hamma vazirliklar, idoralar, korxona va muassasalar bajarishga majbur boMadilar. Ularga amal qilmaganlar qonun yo'li bilan jazolanadilar.
Ishlab chiqarish sanitariyasi - bu ishchilarga ta’sir etuvchi zararli omillarni bartaraf etishga qaratilgan tashkiliy, gigiyenik va
sanitar-texnik tadbirlar hamda vositalar sistemasidir.
Xastaliklar soni havoning soflik darajasiga bog‘liq. Atrof havo muhofazasiga yo‘naltirilgan tadbirlar (ishlab chiqarishning quruq uslublarini namga almashtirish, avtomatlashtirish, ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash, elektromobillar qo‘Hash, yangi gazonlar qurish va eskilarini qayta ta’mirlash - ushlab oluvchi ap~ paratlar, changga bardoshh kameralar, elektrfiltrlar, sanitariya zonalarini tashkil qilish, tizimlar va nazorat asboblarini qo‘llash).
DST (GOST) 12.1.005-76 ning «Ish zonasi havosi» boMimida zararli moddalar yo‘l qo‘yilgan oxirgi daraja (YQOD) belgilangan. Ular zavodlar, fabrikalar va boshqa muassasalar uchun majburiydir.
0 ‘zbekiston Respublikasida kuchli ta'sir qiluvchi zaharli moddalar bo‘lgan 89 obyekt bor bo‘lib, 6 ta kimyoviy xavfli shaharlar Samarqand, Chirchiq, Farg‘ona, Navoiy, Angren, Olmaliq shaharlari shular jumlasidandir.
Zaharli moddalarning yo‘l qo‘ysa bo‘ladigan zichlik miqdorlaridan ishlab chiqarishdagi sanitariya sharoitiga, sogiomlashtirish tadbirlarining, masalan, shamollatish samaradorligiga baho berishda, shuningdek, yangi sexlar va zavodlarni loyihalashda amalda foydalaniladi. Hozirgi kunda zaharli moddalar YQOD ro‘yxati tinimsiz kengaymoqda.
Ishlab chiqarish xonalarining mikroiqlimi xona havosining harorati, nisbiy namligi (%), havo bosimi (mm.s.ust.), havoning harakatlanish tezligi (m/s), hamda issiq ish jihozlari yoki materiallari ta’siridagi issiqlik nurlanishining intensivligi (Vt/kv.m) orqali xarakterlanadi.
Ob-havo omillari har biri ayrim holda yoki bir necha birlikda insonning mehnat qilish qobiliyatiga, sog‘lig‘iga juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Ishlab chiqarish sharoitida ob-havo omillarning deyarli hammasi bir vaqtda ta’sir qiladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, ob-havo omillari ba’zi bir hollarda inson uchun ijobiy va ba’zi bir hollarda esa salbiy ta’sir ko‘rsatib, inson organizmi tashqi muhitga moslashuvini buzib yuborishi mumkin.
Tashqi muhitga inoslashuv - bu inson organizmining fiziologik va kimyoviy jarayonlar asosida tana haroratining bir xil chegarada (36-37°C) saqlab turish qobiliyati demakdir.
Tana haroratining yuqorida ko‘rsatilgan darajadan ortib ketishi
issiqlash, sovishi esa sovish deb ataladi. Issiqlash va sovish hayotfaoiiyatini buzuvchi halokatli holatni vujudga keitirishi mumkin. Inson organizmiga faqatgina yuqori harorat ta’sir ko‘rsatib qolmasdan. baiki uzoq vaqt past harorat ta’sirida bo‘lish ham asosiy fiziologik jarayonlarning buzilishiga. ish qobiliyatining susayishiga va organizmning kasallanishiga olib keladi.
Mo‘tadil ob-havo sharoitini yaratish chora-tadbirlari - bu ishlami amalga oshirishda xonalarga issiqlik kirishini va uning ishchilarga ta’sirini chegaralash, shamollatishning samaraii usullarini qo‘llash, mehnat va dam olish rejimlarini muvofiqlashtirish, har xil tarkibdagi ichimlik suvlar tashkil qilish va kiyim-bosh rejimini mukammallashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Ishiarni mexanizatsiyalashtirish mehnatni yengillashtiradi, energiya sartlashni kamaytiradi, shu tariqa organizmning issiqlab ketish imkoniyatini kamaytiradi. Jarayonlarni masofadan turib boshqarish ham nurlanish manbai bilan ishchi o'rtasidagi masofani uzaytiradi va bu ishchiga ta’sir qiladigan radiatsiya kuchini kamaytiradi.
Uskunalar yuzasini issiqlik chiqishini kamaytiruvchi materiallar bilan qoplash, ishchilarni nur va konveksion issiqlikdan muhofaza qiladigan himoya ekranlari qurishning ham muhim ahamiyati bor. Ishlab chiqarishda qizigan yuzalar harorati QMQ 3.01 02.-00 talabiariga binoan 45CC dan oshmasligi kerak. Xonalardagi ortiqcha issiqlikni yo‘qotishda oqilona shamollatish muhim rol o‘ynaydi. Ayrim ish joylari va zonalarida normal mikroiqlim vujudga keltirish uchun havo dushlari va oazislar tashkil qilinadi. Mehnat qilish va darn olishning oqilona rejimini tashkil qilish, ish kunini qisqartirish, qo'shimcha tanaffuslar joriy etish, samaraii hordiq chiqarish uchun sharoitlar yaratish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Xulosa
Zararli ishlarga nomaqbul iqlim sharoitida bajariladigan ishlar (kuchli shamol, past yoki yuqori harorat, namlik, yuqori darajada shovqin, titrash, har xil nurlar ta’sirida ishlash) kiradi.
Xavfli ishlarga «montajchilar», o‘t yoquvchilar, elektriklar va shu kabi boshqa ishlarni misol qilish mumkin.
0 ‘ta xavfli ishlarga esa yorig’ inni o‘chirish va uni oqibatlarini tugatish, tabiiy ofatlar davrida avariya-tiklash ishlar ini olib borish kabilarni kiritish mumkin.
Yangi texnologik jarayonlarning yaratilish, yangi ashyolarning qoMlanilishi prinsip jihatdan yangicha yondashuvni, mehnat xavfsizligini ta’minlashning yangi usullar hamda vositalarini ishlab chiqishni. shuningdek ana shu rnasalalar bo‘yicha yangi m e’yorlarini yaratishni taqozo etadi. Shu sababli mehnat muhofazasiga doir me’- yoriy hujjatlarni tartibga solish zarurati paydo bo‘ldi. Bu hujjatlar davlat standartlashtirish sistemasining tarkibiy qismiga aylanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Безопастность жизнедеятелности // Под. ред. С.Г. Плещитца. — Спб.: “Изд-во СПбГУЕФ”, 2010.
2. Qodirov К. Mehnatga oid hujjatlarni rasmiylashtirish namunalari. - Т.: “Adolat”, 2000. - 230 b.
3. G ‘oyipov X. Mehnat muhofazasi. - Т.: “Mehnat”, 2000. - 253 b.
4. Eshqulov A. Hayot faoliyati xavfsizligi. - Qo‘qon, 2004.
5. C.C.Тверская Безопастность жизнедеятелности //Словарсправочник. - М.: “Изд-во. МГ1СИ”, 2005. - 192 с.
6. А.С.Гринин, В.Н. Новиков Безопастность жизнедеятелности — М.: Изд-во “Fair-Press”, 2002
7. Tojiev М., N e’matov N., llxomov M. Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi. -- Т., 2005.
8. Nurxo‘jaev A, Hikmatullaev S. Tabiiy ofatlar. - Т., FVVI nashriyoti, 2004.
9. Ramazonova X. Favqulodda vaziyatlar uchun tibbiy hamshiralar tayyorlash. - Т., 2006-yil.
10. С.В.Белов. Безопастность жизнедеягелности - М.: Издво “Высшая школа”, 2001.
11. Nigmatov A., Pardaev G ‘. Ekologik xavfsizlik va barqaror rivojlanish. - Т.: TVPI nashriyoti, 2004.
12. Реймерс Н.Ф. Природоползование // Словар-справочник - М.: “Мысл”, 1990.
|