|
Texnika xavsizligi
|
bet | 1/5 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 29,87 Kb. | | #257432 |
Bog'liq XAYOT FAOLIYATI XAVSIZLIGI QISMI Don mahsul.
Malakaviy bitiruv ishining bu qismida Don mahsulotlarini elevatorlarda saqlash jarayonlarining xavfsizlik talablari va inson salomatligiga salbiy ta'sir etuvchi zararli faktorlarning kelib chiqishi va ularning oldini olish chora tadbirlarini koʻrib chiqamiz.
Barcha korxona va tashkilotlarda soglom va xavfsiz mexnat sharoiti yaratib beriladi. Bu ishlar korxona va tashkilotlarning ma’muriyati zimmasiga yuklanadi.
Don mahsulotlarini elevatorlarda saqlashn uchun mazkur sanoat xavfsizligi qoidalariga amal qilinishi sanoat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Korxona va tashkilot ma’muriyati xavfsizlik texnikasini ishlab chikishda jaroxatlanishga yul kuymaydigan zamonaviy vositalarini joriy kilishga xamda ishchi va xizmatchilarning kasb kasalliklari bilan ogrishning oldini oladigan sanitariya - gigiyena sharoitlarini yaratib berishga majbur. Xavoning changlanish va gazlanishini, shovkin, tebranish, nurlanish va boshka zararli ta’sirlarni kamaytirish xamda yo’qotish maqsadida ishlab chikarish jarayonlarini mexanizasiyalash va avtomatlashtirish zarur.
Mazkur qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan 2009-yil 5-yanvarda 01-sonli buyruq bilan tasdiqlangan, “Portlash-yonish xavfi bor kimyo, neftkimyo va neftgazni qayta ishlash korxonalari uchun portlash xavfsizligining umumiy qoidalari” talablariga, tarmoqning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, qo‘shimcha sifatida qo‘llanadi.
Xodimlarning salomatligini nazorat qilish. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.
Tashkilot rahbariyati kasaba uyushmasi qo‘mitasi va sog‘liqni saqlash muassasasi bilan birgalikda har yili davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim bo‘lgan xodimlarning ro‘yxatini tuzishi hamda xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tishini ta’minlashi zarur.
Tibbiy ko‘riklar tashkilotga tibbiyot xizmati ko‘rsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, agar ular bo‘lmagan taqdirda tashkilot joylashgan joydagi hududiy davolash-profilaktika muassasasi tomonidan o‘tkaziladi.
Tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan yoki tibbiy komissiyalarning tekshiruvlar natijasida bergan tavsiyalarini bajarishdan bo‘yin tovlagan xodimlarni ish beruvchi ishga qo‘ymaslikka haqlidir.
Tashkilot rahbariyati o‘z xodimlarining majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tishi uchun va majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan shaxslarni ishga qo‘yish natijasida fuqarolarning sog‘lig‘iga yetkazilgan zararli oqibatlar uchun javobgar bo‘ladilar.
Xodimlarni sog‘lig‘ining holati tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarga qo‘yish taqiqlanadi.
|
| |