|
Boshlang`ich sinflarda texnologiya ta`limidan amaliy ishlar. Reja
|
bet | 1/2 | Sana | 24.11.2023 | Hajmi | 23,58 Kb. | | #104416 |
Bog'liq BOSHLANG`ICH SINFLARDA TEXNOLOGIYA TA`LIMIDAN AMALIY ISHLAR
BOSHLANG`ICH SINFLARDA TEXNOLOGIYA TA`LIMIDAN AMALIY ISHLAR.
Reja:
Boshlang`ich sinf texnologiya darslarida amaliy ish turlari.
Ish qurollaridan foydalinishda texnika xavsizligi qoidalari. O`z-o`ziga xizmat ko`rsatish texnologiyasi.
Texnologiya fani ish qurollari va ish materiallari bilan tanishtirish va ulardan foydalanish talablari.
Tayanch iboralar: texnologiya, qo`l mehnati, ish anjomlari, amaliy ish,ish qurollari, texnika xavfsizlik qoidalari.
Boshlang`ich sinf texnologiya darslarida amaliy ish turlari.Amaliy mashg’ulot mehnat ta’limining asosiy shakli hisoblanadi. Tashkiliy shakl deganda o’qituvchining qo’yilgan maqsadga erishishi uchun o’quvchilaminig amaliy ish faoliyatini tashkil etish va unga rahbarlik qilish usulini tushunmoq kerak.
Mehnat ta’limining asosiy tashkiliy shakllari: amaliy mashg’ulotdir. Amaliy mashg’ulot jarayonida dastur mavzusining mazmuni ochib beriladi, mehnat ta’limi va tarbiyasining maqsadlari, vazifalari amalga oshiriladi. Demak amaliy mashg’ulot deganda o’quvchilarning o’quv materialini faol, ongli va mustahkam o’zlashtirishi maqsadida mehnat o ’qituvchisi rahbarligida amalga oshiriladigan ham jamoa, ham yakka tarlibdagi ish turlarini o’z ichiga oladigan o’quv mehnat faoliyatini aniq tashkil etishni tushinish kerak.
Mehnat ta’lim sohasidagi amaliy mashg’ulotlar turli tipda bo’lishi ya’ni texnik texnologik ma’lumotlami va mehnat jarayonlarini o’rganishga, bilimlarni, mehnat ko’nikmalari va mehnat jarayonlarini o’rganishga, bilimlarni mehnat ko’nikmalari va malakalarini mustahkamlashga, nazorat qilish, tekshirish ishlarini, ishlab chiqarish jarayonlariga ekskursiyalar uyushtirish va hakozalarga bag’ishlangan mashg’ulotlar bo’lishi mumkin.
Lekin o’quv ustaxonalarida o’tkaziladigan amaliy mashg’ulotlaring turlari xilma-xil bo’lishiga qaramasdan ularning hammasi quyidagi umumiy talablarga mos kelishi lozim:
Mashg’ulotning maqsadi hamda vazifalari aniq va ravshan ifodalangan bo’lishi lozim.
Mashg’ulotning tuzilishi didaktik jihatdan o’zini oqlagan va
o’quv materialining mazmuniga to’liq javob beradigan bo’lishi kerak.
Amaliy ishlarning ob’ektlari to ’g’ri tanlanishi, ijtimoiy foydali
ahamiyatga ega bo’lishi va o’rgatadigan mehnat jarayonlari va usullarining talablariga muvofiq kelishi zarur.
Mashg’ulotlarida foydalanadigan mehnat ta’limi metodlari dars:
talablariga va o’quv materiallarining mazmuniga to’liq javob berishi
lozim.
O ’quv ustaxonalaridagi mashg’ulotlarinig tashkiliy metodik tuzilishi o’quvchilar bilan jam oa tarzida va yakka tartibda olib borishini
nazarda tutishi kerak.
Mehnat bo’yicha amaliy mashg’ulotlarida o’tkaziladigan ta’lim
ishlari tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lishi, ya’ni maktab o ’quvchilarida ma’naviy sifatlami tarkib toptirishga yordam berishi lozim.
Amaliy mashg’ulot turlarining xilma-xilligina qaramasdan, o’quvchilarni navbatdagi mashg’ulot mavzusini o’zlashtirish uchun jalb qilishga qaratilgan mashg’ulotlami tashkil etish; o’quvchilar mashg’ulotda o’zlashtirgan bilimlari, mehnat ko’nikmalari va malakalari darajasini tekshirish; yangi mavzu materialini tushuntirish va amaliy ishlarni bajarish vaqtida ish bosqichlarini ko’rsatib berish; o’quvchilarning yangi mavzusigaoid amaliy ishlarni bajarish vaqtida ulaming bilimini, amaliy ish darajasini aniqlash, ish natijalarini mashqlar bilan mustahkamlash, o’quvchilar ishini nazorat qilish va ulami o’z-o’zini nazorat qilishiga erishish, amaliy topshiriqning mustaqil bajarishlarii va o’tgan mashg’ulotning natijalariga yakun yasashdan iborat.
Amaliy mashg’ulotning qat’iy izchiiligi va fanlarni o’zaro bog’lanishini amaliy mashg’ulot maqsadlari va o ’quv materialining mazmuniga bog’liq. Mehnat ta’limi darslarida o’quvchilar ijtimoiy ishlab chiqarish mehnatga tayyorlashning ilk bosqichlarini o’rganadilar. Birinchi sinf o'quvchilar eng avvalo faqat dars mashg’ulotlaridagina emas,balki boshqa darslarda ham to’qnash keladigan materiallar bilan tanishadilar.
Qog’oz va karton bilan ishlash, gazlama bilan ishlash,materiallar bilan ishlash, o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish hamda xalq| xo’jalik mehnati va shu kabilar bilan tanishadilar. Amaliy ishlar jarayonida o’quvchilarda mehnatsevarlik, materiallarni tejamli sarflash, mehnatga ijodiy yondashish, tabiatga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lish, mehnat madaniyatini tarbiyalash, ularga ayrim kasblar haqida tushunchalar berib boriladi.
O’quvchilarga mehnat tarbiyasi berishning asosiy vazifalaridan biri o'quvchilarda materiallarga ishlov berish ko’nikmalarini hosil qilish va ularga shunga muvofiq bilimlarni berishdir. Bu ish birinchi sinfdan boshlab bosqichma-bosqich amalga oshirib boriladi, chunki o'quvchilar hali eng oddiy buyumlarni tayyorlash operatsiyalami eslab qolishga qodir emaslar.
Hosil qilingan ko’nikmalar takror mashq qilishlar natijasida takomillashib boradi. Xatoga yo’l qo’ymaslik uchun o ’quvchilarni o'z-o’zini nazorat qilishga odatlantirish lozim. Topshiriqlarni bajarish jarayonida yo’l qo’yilgan xatolarnii o ’zlari topib uni tuzatmagunlaricha hamda bajarilgan ishlarning to ’g ’riligiga ishonch hosil qilmagunlaricha o'quvchilardan ishni qabul qilmaslik lozim.
Amaliy topshiriqlarni bajarish jarayonida yangi ko’nikma va
malakalar hosil qilinadi. Buning uchun qo’l asboblaridan foydalanishning o’ziga xosligini, materiallarni xususiyatini, yasalayotgan buyumlar xususiyatini bilish katta ahamiyat kasb etadi.
Boshlang’ich sinflarni qo’l mehnatiga o’rgatish quyidagi ish turlariga bo’linadi.
Qog’oz va karton bilan ishlash.
Turli tabiiy materiallar bilan ishlash:
Applikatsiya va mozaika ishlari
Loy va plastilin bilan ishlash.
Tabiiy materiallar bilan ishlash
Gazlama bilan ishlash.
Texnik modellash ishlari.
Qishloq xo’jalik mehnati.
Dars boshida o’qituvchi biror mavzu bo’yicha suhbat olib borar
ekan, bu buyum qanday maqsadlarda, ya’ni qaerda ishlatilishini tushuntiradi, so’ngra o’quvchilar tayyorlanayotgan har bir buyumni amalda qo’laydilar.
Buyumni tayyorlash usullarini o’qituvchi sinf doskasiga osib
qo’yilgan yo’llanma xaritasidan yoki texnik vositalardan foydalanib
ko’rsatadi. Shundan so’ng u ishni bajarish tartibi va usullariga tegishli
savollarni berib, materialni takrorlaydi va buyumni o ’quvchilar bilan
birgalikda tayyorlashga o’tadi.
Yuqoridagilar kelib chiqib, mehnat ta’limidan amaliy ishlar tuzilish
quyidagi tartibda olib boriladi.
O’quvchilar oldiga mehnat topshirig’ining maqsadi va mavzusini qo’yish:
Darslarda bajarishga mo’ljallangan buyum yoki ishning o’quvchilar hayotining yoki bu tomoni ehtiyojlarini qoniqtirishdagi ahamiyati;
Belgilangan ishni yaxshi bajarish uchun qanday yangi bilim va
ko’nikmalami egallash lozimligini ko’rsatish.
Ish o’rni, asbob-uskuna, material, namuna, doskadagi chizmalarning tayyorligini tekshirish, ishni yaxshi va uyushgan holda tashkil etishga yordam beruvchi qonun-qoidalami eslatish.
Bajariladigan mehnat vazifalarini oldindan rejalashtirish:
Namuna, qism va detaliar miqdorini tahlil qilish, kerakli materillarni, berilgan o’lchovlarni tayyorlash;
Buyum tasviri va uning detallarini namunadan tanish, tushunish,barcha o’lchovlami va ishchi chiziqlarini topish va o’qish, ya’ni ishni buyumni tayyorlash uchun qanday harakatlami amalga oshirish, qanday asboblami ishlatish, mehnat harakatlarini ketma-ket bajarish
tartibini aniqlash.
Materialni namuna, berilgan o’ Ichovlar bo’yicha belgilab chiqish.
O’quvchilami belgilash tartibini bilishlari va uni doskada belgilash bosqichlarini bajarayotgan yoki buyumni ko’rsatib tushuntirayotgan o’qituvchi bilan bir vaqtda bajarilishi lozim.
Belgilash ishlarini bajarish. Detallami tayyorlash, detallarni
va uning barcha detallarini yig’ish; detallardan buyumni yig`ish jarayonida; Buyum va uning detallariga ishlov berish jarayonida hosil bo'ladigan bilim va ko’nikmalami egallash.
Harakatlanayotganda tekshirish, xato va kamchiliklarni tuzatish ishni baholash.
Darsga yakun yasash, yangi vazifalar qo’yish.
Mehnat ta’limida amaliy ish mashg’ulotlari tashkil qilishning bu tartibidan o’qituvchi mazkur dars uchun belgilangan aniq buyum yoki ishning xususiyatlarini nazarda tutib foydalanadi.
Amaliy ishlar jarayonida o’quvchiiarda mehnatga qiziqish va
muhabbat singdirib boriladi. Mehnatga qiziqishning muhim talablaridan biri ishlanadigan buyumni to ’g’ri tanlashdir. O’quvchilar tayyorlanadigan narsalarni nimaga kerakligi, qayerda ishlatilishini bilishi kerak. Bu ish turlarini barchasi boshlang’ich sinflarda qo’l mehnati jarayoni o'quvchilardagi kasb tanlash ishlariga qaratilgan.O'quvchilar ishlayotgan materiallarga tejamkorlik bilan munosabatda bo’lishlari, o’z ishlarini rejalashtira bilishlari, materiallni tejamkorllk bilan sarflashlari, vaqtdan unumli foydalanishlari, o’qituvchi ko’rsatmasiga amal qilishlari, shu bilan birga ish joyini toza va ozoda saqlashlari, mashg’ulotdan so’ng sinfni tozalab qo’yishlari kerak. Barcha fanlarda qo’llanilgani kabi mehnat darslarida ham ta’limning ko'rsatmali vositalaridan foydalaniladi. Jumladan, mehnat darslarida turli xil namuna, rasm, chizma, sxematik namuna, turli predmetlarning
modellari, shunungdek texnika vositalaridan foydalaniladi. Ish xonasida o‘quvchilarga asboblami ishlatish v a saqlash qoidalarini eslatib turuvchi plakat — eslatmalar bo‘lishi kerak. Texnika xavfsizligi qoidalariga to'liq rioya qilish baxtsiz hodisalaming oldini oluvchi ishonchli garovdir. Asboblami ishlatish qoidalarini o'quvi hilar vaqti-vaqti bilan takrorlab turishi lozim. U yoki bu qoidani tushuntirishda o‘qituvchi nima uchun aynan shunday qilish kerakligini, bu qoidalarga rioya qilinmasa qanday hodisalar ro‘y berishi mumkinligini tushuntirishi lozim. Xafvsizlik texnikasining barcha qoidalari so'zsiz amal qilish lozim.
|
| |