|
Ish qurollaridan foydalinishda texnika xavsizligi qoidalari. O`z-o`ziga xizmat ko`rsatish texnologiyasi
|
bet | 2/2 | Sana | 24.11.2023 | Hajmi | 23,58 Kb. | | #104416 |
Bog'liq BOSHLANG`ICH SINFLARDA TEXNOLOGIYA TA`LIMIDAN AMALIY ISHLARIsh qurollaridan foydalinishda texnika xavsizligi qoidalari. O`z-o`ziga xizmat ko`rsatish texnologiyasi.
Ish xonalarida ishlash va asboblardan foydalanish bo‘yicha texnika xavfsizligi qoidalarini quyidagicha umumlashtirish mumkin.
Ish xonasiga faqat o'qituvchi ruxsati bilan kiriladi.
Har bir o'quvchi faqat o 'z ish joyida ishlaydi. Agarda ish jamoaviy
ravishda qilinadigan bo'lsa, o'quvchilar o 'z majburiyatlarini yaxshi
biladilar.
Ish faqat o'qituvchining ruxsati bilan boshlanadi.
Ishni boshlashdan oldin, ish joyini tayyorlash, asboblarni to'g'ri va qulay joylashtirish: O 'ng qo'l bilan ushlanadigan asboblarni o'ng tomonga, chap qo‘1 bilan ushlanadiganini chap tomonga qo'ying, sanchiladigan, kesadigan asboblami hech qachon ikkita asbob orasiga qo'ymang, ulami doimo o 'z joyiga, o'tkir tomonini narigi, dastasini
o'zing tomonga qilib qo'ying.
Ish vaqtida ish joyingni tartibli saqlang.
O'tmas yoki buzuq asbob bilan ishlamang.
Asbobni ishlatganda, uni o'qituvchi ko'rsatganidek ushlang.
Asboblami asrang, ulami to 'g 'ri, o 'z o'm ida ishlating, ishlatgandan so'ng ulami tozalab, yuviladiganlarini yuvib, artadiganlarini
artib qo'ying.
Narsani, har bir detalni oldingi safargidan yaxshiroq, chiroyliroq, tartibliroq qilishga harakat qiling.
Ishni to'gatdingizmi, ish joyingni tezda tozalab tartibli qilib
qo'ying.
Texnologiya fani ish qurollari va ish materiallari bilan tanishtirish va ulardan foydalanish talablari. Turli asboblardan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalari:
Qaychidan foydalanish qoidalari
Qaychini belgilangan joyda, belgilangan holatda saqlang.
Qaychining uchini yuqoriga qilib ushlamang.
Qaychini ochiq holda qoldirmang.
Qaychini yurib turganingizda ishlatmang.
Qaychini faqat yopilgan holda uchidan ushlab o‘rtog‘ingiza uzating.
Qaychini ushlatayotganda kesilishning yo‘nalishi va materialini
ushlab turgan chap qo‘l barmoqlarini kuzatib turing.
Yaroqsiz qaychini ishlatmang, uni o‘qituvchiga topshiring.
Bigizdan foydalanish qoidalari
Bigizni o ‘rinsiz ishlatmang.
Sirti silliq, sirg‘anchiq qattiq predmetlarni bigiz bilan teshmanffi
Teshiladigan predmetni qoMingizda ushlamang, uni stol, taglik
ustiga qo'yib teshing.
Pichoq bilan ishlash qoidalari
Uchi yumaloq pichoqdan foydalaning.
Pichoqni o‘qituvchi ko'rsatganidek ishlating, kesganda qattiq
bpsmang.
Nina bilan ishlash qoidalari
Ninani ishlatib bo‘lgach, maxsus nina qadaydigan yostiqchagn
sanchib qo'ying..
Ninani hech qachon og'zingizga olmang.
Ortiqcha ninalami ignadonda quruq holatda saqlang..
Ishdan oldin va ishdan keyin ninalami sanab ko'ring, yo'qolgan
bo‘lsa yo‘qolgan ninalami albatta toping.
Qog‘oz va kartondan narsalarni yasaganda birinchi teshikni
albatta bigiz bilan teshib oling.
Ko'rilgan choralarga qaramay sinfda baxtsiz hodisa ro‘y bersa,o'qituvchi birinchi yordamni ko‘rsatishi va maktab vrachini chaqirishi lozim.
Xamma foydalanadigan asboblar sinf shkaflarda saklanadi, ishdan sung asboblarni ukuvchilar tozalab yuvib, artib navbatchi ukuvchiga topshiradilar.
Ish xonasida o`quvchilarga asboblarni ishlatish va saklash qoidalarini eslatib turuvchi plakat – eslatmalar osiglik bulishi kerak. Xavfsizlik texnikasiga qoidalariga to`liq rioya kilish baxtsiz xodisalarning oldini oluvchi ishonchli garovdir. Asboblarni ishlatish koidalarini ukuvchilar vakti-vakti bilan takrorlab turishi lozim. U yoki bu koidani tushuntirishda ukituvchi nima uchun aynan shunday kilish krakligini, bu koidalarga rioya kilinmasa kanday xodisalar ro`y berishi mumkinligini uqtirishi lozim. Xafvsizlik texnikasining barcha qoidalari so`zsiz bajarilishi lozim.
Ko`rilgan choralarga qaramay sinfda baxtsiz xodisa ro`y bersa, o`qituvchi birinchi yordamni kursatishi va maktab vrachini chaqirishi lozim. Ish xonasida yod, bint solingan aptechka bulishi shart.
Boshlangich sinf qo`l mexnati darslari uchun o`quvchilar shaxsiy papkalarini qo`llanilishi 1-3 sinf o`quvchilariga qo`l mexnati darslarini metodik tugri tashkil etish va ularni muntazam utkazish imkonini beradi.
Bunday papkalarning qulayligi shundaki, unda xar bir o`quvchi dars vaqtida kerakli xamma narsalarga asbablar, materiallar, buyumlarga ega buladi. Papka o`quvchilarga mexnat madaniyati malakalarini singdirishda yordam beradi. Shunungdek, papka o`quvchilarda o`z ish joylarini va mexnat jarayonini uyushtirish, ko`nikma xamda malakalarini shakllantirishga xam yordam beradi. Bunday eng oddiy mexnat malakalarini ukuvchilarda birinchi sinfdagi dastlabki kul mexnati darslaridan boshlab shakllantira borish va ularni asta-sekin takomillashtirish maksadga muvofiqdir.
Bugungi kunda rivojlangan davlatlarda Boshlang'ich sinf texnologiya darslarida amaliy ish turlari o‘rganish uchun turli usullar va texnologik vositalardan foydalanilmoqda. Bu darslarda o‘quvchilarga asosiy kompyuter bilimlari, texnologik konseptlar va amaliyotni o‘rgatishga yo‘naltiriladi. Quyidagi amaliyot turlari boshlang'ich sinf texnologiya darslarida o‘rganilishi mumkin:
Programlash: O‘quvchilarga asosiy dasturlash tillari o‘rgatiladi, masalan, Scratch, Blockly yoki Python dasturlash tillari orqali o‘zlariga qulay, interaktiv dasturlar yaratish.
Veb-saytlar yaratish: O‘quvchilar veb-saytlarni yaratishni o‘rganish, HTML/CSS va ilovalar yordamida asosiy veb-saytlar yaratishni o‘rgatish.
Robototexnika: Robototexnikani o‘rgatish orqali o‘quvchilar, robotlar yaratish va ularga dasturlashni o‘rganish orqali texnologik mahsulotlarni nazorat qilishni o‘rganishadi.
Multimedia dasturlari: O‘quvchilarga multimedia dasturlari va vositalari orqali videolarni tahrirlash, grafik dizayn, animatsiyalar yaratishni o‘rganish.
O‘yin yaratish: Basit o‘yinlarni yaratish, o‘quvchilarga dasturlash prinsiplarini o‘rganish va ularni o‘zlarining o‘yinlarini yaratishga yo‘naltirish.
Texnologik qurilmalar va vositalar: O‘quvchilar texnologik qurilmalar, masalan, 3D printerlar, lazer qilingan qurilmalar va boshqa texnologik vositalar orqali nafaqat fikrini, balki asosiy ishlab chiqish va dizayn qilish qobiliyatini rivojlantirishadi.
Amaliyot turlarini o‘rganishda, o‘quvchilarga qulay va interaktiv usullar yordamida,ularning ko‘nikma va mahoratlarini rivojlantirish uchun o‘quvchilar bilan birgalikda masalalar yechish, qurilmalar yaratish, va texnologiyalardan foydalanishni o‘rganishning oson va qiziqarli usullarini qo‘llash muhimdir.
Savollar:
Mehnat ta’limida qanday ish turlari mavjud?
Amaliy ish jarayonida nimalarga amal qilish kerak?
Ish joyini to’g’ri tashkil etish talablari?
Amaliy ishlarni tashkil etish talablari?
Asosiy adabiyotlar:
Sanaqulov X.R., Xodiyeva D.P. Satbayeva «Texnologiya va uni o‘qitish metodikasi». Darslik. Т.: TDPU. 2015-yil.
Mavlonova R. A., Sanaqulov X.R., Xodiyeva D.P. Texnologiya va uni o‘qitish metodikasi. O‘quv qo‘llanma. Т.: TDPU. 2007-yil.
Sanaqulov X.R., Xodiyeva D.P. Boshlang’ich sinflarda qog‘ozdan amaliy ishlar. O‘quv-metodik qo’llanma. T.: Navro‘z. 2013-yil.
http://fayllar.org
|
| |