|
Bitiruv malakaviy ish
|
Sana | 21.07.2024 | Hajmi | 35,5 Kb. | | #268157 |
Bog'liq Maxkamxo\'jayev S taqriz
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Kompyuter injiniringi fakulteti “Kompyuter injiniringi” sirtqi ta’lim yo‘nalishi 5-kurs talabasi Maxkamxo‘jayev Saidaxror O‘tkirxo‘ja o‘g‘lining “Sport anjomlari uchun online do‘kon axborot tizimini ishlab chiqish” nomli mavzudagi bitiruv malakaviy ishiga
TAQRIZ
Ushbu malakaviy bitiruv ishining mavzusi hozirgi payt uchun dolzarb. Chunki hozirgi kunda online do‘kon yaratish va ularga bo’lagan talablar ortib borgani sabali ularni rivojlarntirishga katta ahamiyat berilgan. Bunday masalalarni yechishda zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida hal qilishga mo‘ljallangan dasturiy mahsulotlar yaratilishida keng qamrovli ishlar bajarilmoqda.
Bitiruv malakaviy ishiga kirish, 4 ta bob, xulosa, adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat. Kirishda mavzuning dolzarbligi, masalani qo’yilishi va ishning amaliy ahamiyati va adabiyotlar tahlili keltirilgan, ishning tarkibiy qismlari tavsiflangan.
Birinchi Web dasturlash tillari va texnologiyalari, onlayn savdo platformalari, electron tijorat haqida tushuncha, imkoniyatlari va ulardan foydalanish keltirilgan.
Ikkinchi bobda onlayn do‘konlar tahlili va tizim yaratish usullari, texnologiyasi haqida tushuncha va uni yaratish masalalari keltirilgan.
Uchinchi bobda dasturiy ta'minotni ishlab chiqish va ularni integratsiya qilish bosqichlari keltirilgan.
Xulosa qismida birituv malakaviy ishini bajarish jarayonida amalga oshirilgan ishlar va natijalar sanab o‘tilgan, olingan natijalar asosida xulosalar chiqarilgan.
Ilova qismida yaratilgan dasturning kodi berilgan.
Ushbu ish talaba tomonidan mustaqil bajarilgani va yozilgani matndan ko‘rinib turibdi. Matnda talabalarga xos kamchiliklar ham bor.
Yaratilgan dasturlar amaliy ahamiyatga molik. Ular dasturlashning zamonaviy texnologiyalari asosida ishlab chiqilgan.
Talaba Maxkamxo‘jayev Saidaxror “Sport anjomlari uchun online do‘kon axborot tizimini ishlab chiqish” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi barcha talablarni qanoatlantiradi 5330500-Kompyuter injiniringi (Kompyuter injiniringi) sirtqi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha “bakalavr” akademik darajasini berishga va yaxshi bahoga loyiq deb hisoblayman.
“Toshkent irigatsiya va qishloq xojaligini mexanizatsiyalash
Muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti
Oxunboboyeva CH.Z.
|
| |