|
Don va tayyor mahsulotlar saqlash omborxonalariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
|
bet | 4/5 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 29,87 Kb. | | #257432 |
Bog'liq XAYOT FAOLIYATI XAVSIZLIGI QISMI Don mahsul.Don va tayyor mahsulotlar saqlash omborxonalariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari. Tekis polli omborxonalarning balandligi ko‘chma transport mexanizmlarining to‘siqsiz harakatlanishini ta’minlashi va binoning pastki konstruktiv elementdan ko‘chmas transport va boshqa uskunalarning yuqori qismigacha bo‘lgan masofa 2,6 m dan kam bo‘lmasligi kerak.
Omborxonalarning poli tekis, yoriqlarsiz, qattiq qoplama bilan qoplangan bo‘lishi, qoida bo‘yicha don saqlanadigan omborxonalarda asfaltning qalinligi 25 mm, qopli yuklarni saqlash omborxonalarda asfaltning qalinligi 50 mm bo‘lishi lozim.
Donni saqlash omborxonalarining devorlari ularni tozalash va dezinfeksiya qilish uchun tekis bo‘lishi zarur. Vertikal kolonnalarsiz va piramida shaklidagi panjaralarsiz mexanizatsiyalashtirilgan donni saqlash omborxonalaridan foydalanish taqiqlanadi.
Omborxonani don bilan to‘ldirishda ko‘chma texnikalarni joylashtirish uchun bo‘sh maydon va bitta bo‘sh chiqish moslamasini qoldirish kerak. Don to‘kilgan omborxonalarning lyuklari yoki chiqish moslamalarining qopqoqlari yopiq holda turishi zarur. To‘kilgan donni chiqish moslamasiga ko‘chirish uchun omborxonada mahsulotdan bo‘shagan maydonda ko‘chma texnikadan foydalanish lozim, bunda xodimlar mahsulotdan bo‘shagan joyda turishlari lozim.
Don o‘zi oqib chiqadigan har bir mexanizatsiyalashtirilgan omborxonada, uning tashqarisidan avariya holatida pastki galereyadagi konveyerni to‘xtatish uchun 2 tadan kam bo‘lmagan (to‘xtatish) tugmachalari va unga erkin kirish yo‘li bo‘lishi kerak.
Omborxonalarda mahsulotlar turlari va navlari bo‘yicha saqlanishi zarur. Omborxonalarda mahsulotlarni saqlash harorati va omborxonadagi namlik darajasi mahsulotlar standartlarida belgilangan me’yorlarda bo‘lishi kerak.
Omborxonalar ozoda holatda tutilishi zarur. Mahsulotlar taxlangan yog‘och taglikdan issiqlik manbai va devorlargacha bo‘lgan masofa 1 m dan kam bo‘lmasligi lozim.
Donni saqlash bunkerlariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari. Don, sholi, omixta yem va kepakni saqlash bunkerlari (bundan buyon matnda bunkerlar deb yuritiladi) ularning joylashishidan qat’i nazar, zich yopiladigan va qulflanadigan panjarali saqlagich lyuklar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Bunkerlarga xodimlar tushib ketishining oldini olish maqsadida ular ko‘chmas panjaralar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
Bunkerlarning ichki devorlari va ularning ostki qismlari mahsulot to‘liq chiqishi uchun silliq bo‘lishi lozim. Bunkerlarda saqlanayotgan don va boshqa mahsulotlarning harorati ko‘chma va ko‘chmas moslamalar yordamida tekshiriladi.
Bunkerlar mahsulot to‘liq oqib tushishini ta’minlaydigan moslamalar bilan jihozlanishi zarur. Bunkerlar lyuklari (qopqoqlari) pol sathida yopilishi kerak.
Bunkerlar va boshqa uskunalarning lyuklari ularning o‘rnatilgan joyidan qat’i nazar, qopqoqlaridan tashqari kataklari 250 x 75 mm o‘lchamdagi mustahkam metall panjaralar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Barcha lyuklar panjaralari boltlarda mustahkamlanishi, yopilishi uchun esa, maxsus moslama bo‘lishi zarur.
|
| |