|
Silos va sig‘imlarda ishlarni bajarishda xavfsizlik talablari
|
bet | 5/5 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 29,87 Kb. | | #257432 |
Bog'liq XAYOT FAOLIYATI XAVSIZLIGI QISMI Don mahsul.Silos va sig‘imlarda ishlarni bajarishda xavfsizlik talablari. Xodimlarni silos va sig‘imlarga tushirish, istisno tariqasida, ishlab chiqarish zaruriyatiga asoslanganda amalga oshirilishi mumkin. Bu ishlar sex boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari ishtirokida, ish bajarish uchun bosh muhandis tomonidan tasdiqlangan naryad-ruxsatnoma bo‘lganda amalga oshiriladi.
Xodimlarni don, un, kepak, omixta yem va boshqa mahsulotlarni saqlash uchun mo‘ljallangan silos va sig‘imlarga tushirish faqat maxsus tushirish va ko‘tarishga mo‘ljallangan moslama yordamida amalga oshiriladi.
Xodim silos va sig‘imlarga tushishdan oldin, ularni shamollatish zarur. Xodim silos va sig‘im ichida bo‘lgan vaqtda, uning ichiga don va boshqa mahsulotlarni tushirish va chiqarishga yo‘l qo‘yilmaydi. Silos va sig‘imga don va boshqa mahsulotlarni tushirish va chiqarish moslamalari oldida “Ochilmasin, silosda (sig‘imda) xodimlar ishlamoqda!” degan ogohlantirish yozuvi osib qo‘yilishi kerak.
Ish bo‘yicha javobgar rahbar (sex boshlig‘i yoki o‘rinbosari) shaxsan lebyodka, tross, o‘rindiq, saqlagich kamari, respiratorning holatini tekshirib ko‘rishi va har bir xodim tomonidan silos ichiga tushishda tayyorgarlik ko‘rishida va silos ichida ishni bajarishida ishlarni xavfsiz olib borilishini kuzatib borishi lozim.
Silos va sig‘imlar, zarur bo‘lganda, lyuk orqali elektr yoritqichlar yoki akkumulyatorli fonarlar bilan yoritilishi kerak. Saqlagich kamari har 6 oyda 4000 N (400 kg) yuk bilan sinovdan o‘tkazilishi lozim. Kamarni sinovdan o‘tkazishda 400 kg statik yuk 5 daqiqa davomida ushlab turilishi zarur.
Pastki lyuk orqali silos va sig‘imlarga kirishda xavfsizlik talablari
Xodimlarni silos va sig‘imlarga pastki lyuk orqali kirishi faqat naryad-ruxsatnoma asosida, sex boshlig‘i yoki smena boshlig‘i ruxsati bilan va uning kuzatuvi ostida amalga oshirilishi kerak.
Silos va sig‘im pastki lyuklari hamda pastki yon lyuklari orqali kirish uchun ularning ichida va yon devorlarida yopishib qolgan mahsulotlar mavjud emasligi tekshirilishi, shunday mahsulotlar bo‘lgan hollarda, ulardan tozalangandan so‘ng, xodim silos va sig‘im ichiga kirishi lozim.
|
| |