Naryad ijozatni toʻldirish haqida koʻrsatma reja: Naryad va farmoyish berish tartibi




Download 25.41 Kb.
bet1/6
Sana09.06.2023
Hajmi25.41 Kb.
#71283
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
NARYAD IJOZATNI TOʻLDIRISH HAQIDA KOʻRSATMA
1-ai, O\'SMIRLIK DAVRIDA XARAKTER AKSENTUATSIYASI., Bozor iqtisodiyotiga o’tishning, O\'YIN MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLANING YETAKCHI FAOLIYATI, Kuch transformatorlarining ishdan chiqish sabablari, Elektr yuritmalarining quvvat istemoli ko\'rsatgichlari, AFRIKA MATERIGINING GEYOGRAFIYASI, BOSHLANG’ICH SINFLARDA SO’Z TURKUMLARINI O’RGATISHDA KOMPLEKS MASHQLAR, jjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjj, 1523185639 70852, Nuqsonlarning detallarda namoyon bo‘lishi, 1403945721 48890, 1-s2.0-S037565052300086X-main, 1-MAVZU-PSIXOLOGIYA FANINING PREDMETI VA RIVOJLANISH TARIXI

NARYAD IJOZATNI TOʻLDIRISH HAQIDA KOʻRSATMA
Reja:
1. Naryad va farmoyish berish tartibi.
2. Naryad-ijozat to‘ldirish haqida ko‘rsatma.
3. Naryad ijozatni toʻldirish haqida koʻrsatma


1. Naryad va farmoyish berish tartibi
Naryad ikki nusxada, telefon yoki radio orqali berilganda esa uch nusxada yoziladi. Telefon yoki radio orqali berilganda naryad beruvchi bir nusxada yozadi. Naryad matnini qabul qiluvchi shaxs esa, naryadni ikki nusxada telefon yoki radio-gramma holida qabul qiladi va qaytarib tekshirgandan so‘ng, naryad beruvchi imzosi o‘rniga uning ismi-sharifi hamda familiyasini yozib naryad matnini to‘g‘riligini o‘z imzosi bilan tasdiqlaydi.
Ishlashga ijozat beruvchi vazifasini ham bajarishi tayinlangan hollarda naryad ishboshiga qanday usulda berilishidan qat‘iy nazar, ikki nusxada to‘ldiriladi va naryadning bir nusxasi naryad beruvchida qoladi.
Mahalliy sharoitga qarab (ya‘ni dispetcherlik punkti joylashgan yerni hisobga olib), naryadning bir nusxasi ish joyini tayyorlashga ruxsat beruvchi va ishlashga ijozat beruvchi xodimda (dispetcherda) qolishi mumkin.
Bitta ish rahbariga beriladigan naryadlar sonini naryad beruvchi belgilaydi. Ishlarni bajarilishini ketma-ketligini va ishlashga ketma-ket ijozat berish uchun, ishlashga ijozat beruvchiga va ishboshiga (nazorat qiluvchiga) bir yo‘la bir nechta naryad va farmoyishlar berilishi mumkin.
Naryadni ish boshlangan kundan boshlab 15 kalendar kunigacha bo‘lgan mud-datga berish ruxsat etiladi.
Naryadni 1 marta, uzaytirishga ruxsat berilgan kundan boshlab, 15 kalendar kun muddatigacha uzaytirish mumkin. Ish jarayonidagi tanaffuslarda naryad o‘z kuchini saqlab qoladi.
Naryad muddatini naryad beruvchi yoki ushbu elektr uskunada naryad berish huquqiga ega bo‘lgan xodimgina, uzaytirishi mumkin. Naryad muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ruxsatnoma telefon, radio yoki chopar orqali ishlashga ijozat beruvchiga, ish rahbariga yoki ishboshiga berilishi mumkin.
Bunday hollarda ushbu xodim o‘z imzosi bilan naryad muddatini uzaytirgan xodimning ismi va familiyasini naryadga yozib qo‘yadi.
Naryadlar, ish to‘liq tugatilganidan so‘ng, 30 kun davomida saqlanishi kerak, so‘ngra yo‘q qilib yuborilishi mumkin.
Farmoyish bir marta bajariladigan ishga xos bo‘lib, uning ta‘sir muddati bajaruvchilar ish kunining davomiyligi bilan belgilanadi. Farmoyish ishboshiga va ishlashga ijozat beruvchiga yoki ish joyini tayyorlashga ruxsat etuvchi hamda ishlashga ijozat beruvchi xodimga beriladi.
Mahalliy navbatchisi bo‘lmagan elektr uskunada ishlashga ijozat berishni hojati bo‘lmagan hollarda, farmoyish to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishboshiga berilishi mumkin.
Farmoyish bilan olib borishga mo‘ljallangan ish, naryad beruvchi xodim ixtiyoriga qarab, naryad bilan bajarilishi mumkin.
Naryad va farmoyish bilan olib borilgan ishni hisobga olib borish tartibi 6-ilovada keltirilgan.



Download 25.41 Kb.
  1   2   3   4   5   6




Download 25.41 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Naryad ijozatni toʻldirish haqida koʻrsatma reja: Naryad va farmoyish berish tartibi

Download 25.41 Kb.