1. Yog’ochning turlari va ularning xossalari haqida tushunchalar Yog’och materiallarning asosiy hossalari




Download 46,5 Kb.
bet2/4
Sana16.05.2024
Hajmi46,5 Kb.
#238116
1   2   3   4
Bog'liq
Yog`och xomashyo tayyorlashda asosiy tushunchalar

Sanoatda yog’ochni boshqa turli polimerlar bilan kombinatsiyasi katta ahamitga ega. Bunday kompozitsiyalarni ishlab chiqarish uchun mexanik yo’l bilan yog’och maydalaniladi va fenolformalьdegid, mochevina formalьdegid yoki melamin formalьdegidli polimerga shimdiriladi va presslanadi. Yuqori harorat va


Sanoatda yog’ochni boshqa turli polimerlar bilan kombinatsiyasi katta ahamitga ega. Bunday kompozitsiyalarni ishlab chiqarish uchun mexanik yo’l bilan yog’och maydalaniladi va fenolformalьdegid, mochevina formalьdegid yoki melamin formalьdegidli polimerga shimdiriladi va presslanadi. Yuqori harorat va bosim ta’sirida yog’och maydalari smola bilan yelimlanib, plitalar hosil qilinadi. Bu plitalar mebel-jihoz tayyorlashda ishlatiliadi. Plitaning mustahkamligini va mexanik xossalarini yog’och ta’minlaydi. Agar kayin yoki boshqa navdagi daraxt po’stlog’i smola bilan shimdirilib, ularning bir kancha qatlami presslansa yog’och qatlamli plastinkalar (DSP-derevesno-smolistыe plastinki) hosil bo’ladi. Plitalar tarkibida 8-10% smola bo’lsa, DSP da bu miqdor 25 % gacha bo’lishi mumkin. DSP dan kuvurlar, nasos korpuslari, qayiq, standart tipda kuriladigan uyning qismlari, rangli metall yoki kimmatbaho yog’ochdan tayyorlanadigan podshipniklarni tayyorlashda foydalaniladi. Agar daraxt po’stloqlari smola bilan shimdirilmay, balki faqatgina po’stloqga smola surtilsa, u holda faner hosil bo’ladi. Ayrim hollarda po’stloq qatlami orasiga fenolformaldegidga shimdirilgan qog’oz qo’yiladi va so’ngra presslanadi. Bunda chirimaydigan va suv o’tkazmaydigan yuqori sifatli faner olish mumkin. Agar daraxt po’stlog’i kukun holatgacha maydalanib, keyin fenolformaldegid smola bilan shimdirilsa yog’ochli plastinkalar hosil bo’ladi (DP-derevestnыy plastik). Uning tarkibida smola 30% gacha bo’lishi mumkin. DPdan mashina va avtoqurilishda turli mashina detallarini tayyorlashda (shesterna, podshipnik, tsapfa va boshqalar) foydalaniladi. Oddiy fenolformaldegidli presslovchi kukunlarni ham DP lar turkumiga kiritish mumkin, chunki u tarkibida 40-50% yog’och kukunidan tarkib topgan. Bu kukunlarni elektrotexnik, telefon, radio, televizor va boshqa zichlovchi mahsulotlar tayrlashdagi roli juda ahamiyatlidir.

Download 46,5 Kb.
1   2   3   4




Download 46,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Yog’ochning turlari va ularning xossalari haqida tushunchalar Yog’och materiallarning asosiy hossalari

Download 46,5 Kb.