|
1. Yog’ochning turlari va ularning xossalari haqida tushunchalar Yog’och materiallarning asosiy hossalari
|
bet | 1/4 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 46,5 Kb. | | #238116 |
Bog'liq Yog`och xomashyo tayyorlashda asosiy tushunchalar
Yog`och xomashyo tayyorlashda asosiy tushunchalar
1. Yog’ochning turlari va ularning xossalari haqida tushunchalar Yog’och kimyoviy xom ashyo bo’lib, u o’simlikni yashash davrida doimiy ravishda hosil bo’lib turadi. Yog’ochning hosil bo’lishida atmosferadagi uglerod kislota va quyosh nuri xom ashyo hisoblanadi. SHuning uchun hayot bor ekan, o’simliklar tsellyuloza, lignin va gemitsellyulozani hosil qilaveradi. Ko’p yillardan beri yog’och, toshko’mir, neftь va boshqa xom ashyolar yer yuzidagi energyaining asosiy manbai hisoblangan. Xattoki 100 yil oldin ham energiyaning manbai yog’och hisoblanib, u zavodlarda, paravoz va kemalarda, uy-joylarni isitishda qo’llanilgan. Hozirgi kunda esa yog’och o’z o’rnini toshko’mir, neftь va gazga bergan, bunga sabab turli xom-ashyolarni yoqilg’i sifatida ishlatishda har xil miqdorda mablag sarflanadi. Daraxtni kurilish materiali sifatida ishlatish hozirgi kungacha o’z salohiyatini yo’qotgani yo’q. Taxminan tayyorlanadigan yog’ochning 75 % i taxta va kurilishda ishlatilinadigan boshqa materiallar (standartdagi uylar, kema, vagon, mebelь va gugurt) sifatida qo’llaniladi. Yog’ochning ko’zlangan maqsadda qo’llanilmaydigan qismidan o’tin tayyorlanadi. Yog’ochni tayyor mahsulot holatga kelturgunga qadar chiqindilar (xoda, qipiq, payraxa va tarasha) miqdori ham ortib boradi. Har xil chiqindilardan foydalanish yog’ochni kimyoviy qayta ishlash soxasining asosiy vazifasi hisoblanadi. Lekin shuni aytish joizki, xatto kimyoviy qayta ishlanganda ham qo’shimcha mahsulotlar ajralib chiqadi. Yog’ochni kimyoviy qayta ishlashning asosiy usuli bu- sulьfat va sulьfit usullar yordamida tsellyuloza olishdir. Qolgan usullar ikkinchi darajali hisoblanadi. Kimyoviy usuldan tashqari mexanik usul bilan yog’ochdan yarim tsellyuloza, yog’och massasi, qalin qog’oz va boshqa tolali materiallar olinadi. Yarim tsellyuloza va yog’och massasi tarkibida tsellyulozaga nisbatan ko’p miqdorda lignin bo’lib, ulardan asosan gazeta qog’ozi olishda foydalaniladi.
Yog’och kimyoviy xom ashyo bo’lib, u o’simlikni yashash davrida doimiy ravishda hosil bo’lib turadi. Yog’ochning hosil bo’lishida atmosferadagi uglerod kislota va quyosh nuri xom ashyo hisoblanadi. SHuning uchun hayot bor ekan, o’simliklar tsellyuloza, lignin va gemitsellyulozani hosil qilaveradi. Ko’p yillardan beri yog’och, toshko’mir, neftь va boshqa xom ashyolar yer yuzidagi energyaining asosiy manbai hisoblangan. Xattoki 100 yil oldin ham energiyaning manbai yog’och hisoblanib, u zavodlarda, paravoz va kemalarda, uy-joylarni isitishda qo’llanilgan. Hozirgi kunda esa yog’och o’z o’rnini toshko’mir, neftь va gazga bergan, bunga sabab turli xom-ashyolarni yoqilg’i sifatida ishlatishda har xil miqdorda mablag sarflanadi. Daraxtni kurilish materiali sifatida ishlatish hozirgi kungacha o’z salohiyatini yo’qotgani yo’q. Taxminan tayyorlanadigan yog’ochning 75 % i taxta va kurilishda ishlatilinadigan boshqa materiallar (standartdagi uylar, kema, vagon, mebelь va gugurt) sifatida qo’llaniladi. Yog’ochning ko’zlangan maqsadda qo’llanilmaydigan qismidan o’tin tayyorlanadi. Yog’ochni tayyor mahsulot holatga kelturgunga qadar chiqindilar (xoda, qipiq, payraxa va tarasha) miqdori ham ortib boradi. Har xil chiqindilardan foydalanish yog’ochni kimyoviy qayta ishlash soxasining asosiy vazifasi hisoblanadi. Lekin shuni aytish joizki, xatto kimyoviy qayta ishlanganda ham qo’shimcha mahsulotlar ajralib chiqadi. Yog’ochni kimyoviy qayta ishlashning asosiy usuli bu- sulьfat va sulьfit usullar yordamida tsellyuloza olishdir. Qolgan usullar ikkinchi darajali hisoblanadi. Kimyoviy usuldan tashqari mexanik usul bilan yog’ochdan yarim tsellyuloza, yog’och massasi, qalin qog’oz va boshqa tolali materiallar olinadi. Yarim tsellyuloza va yog’och massasi tarkibida tsellyulozaga nisbatan ko’p miqdorda lignin bo’lib, ulardan asosan gazeta qog’ozi olishda foydalaniladi.
|
| |