O’t o’chiruvchi moddalar va ularning xususiyatlari




Download 70,61 Kb.
bet6/8
Sana15.06.2024
Hajmi70,61 Kb.
#263959
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati

O’t o’chiruvchi moddalar va ularning xususiyatlari. Eng keng tarqalgan o’t o’chirish moddalariga suv, suv bug’i, uglekislota, namlagichlar, ximiyaviy va havo-mexanik ko’piklar, galoid tarkibli uglevodorodlar, kukun tarkibli aralashmalar, uglerod ikki oksidi, brometil birikmalar, inert gazlar va boshqa mexanik vositalar (qum, tuproq, brezent va h.k) kiradi.
O’t o’chirish moddalari quyidagicha tasniflanadi:
Yonginni o’chirish usuliga ko’ra – sovutuvchi (suv va qattiq uglekislota); suyultiriluvchi, ya’ni yongin zonasidagi kislorod miqdorini kamaytirish (ma’lum miqdordagi uglekislota gazi, yupqa zarrali suv, suv bug’i yoki inert gaz aralashmasi); izolyatsiyalovchi (yonish zonasi, atrof muhit bilan ko’pik yoki kukun pardasi hosil qilish orqali izolyatsiyalanadi); ingibir xususiyatli (tarkibi brometil, dibromtetraftor etan va brom metildan iborat galoid tarkibli uglevodorodlar, tarkibi 3,5-4 ND freondan iborat moddalar va b.);
Elektr o’tkazuvchanligi bo’yicha – elektr o’tkazuvchi (suv, suv bug’i va ko’pik); elektr o’tkazmaydigan (gazlar va kukunlar);
Zaharliligi bo’yicha – zaxarsiz (suv, kupik va kukunlar), kam zaxarli (uglekislota va azot) va zaxarli (3,5-brometil, freon tarkibli).
Suv o’t o’chirishda aloxida yoki turli xil ximiyaviy moddalar bilan aralashma holatida foydalaniladi. Suvning o’t o’chirish xususiyati yonuvchi moddani yonish haroratidan past haroratgacha sovutishga asoslangan. Suvning hajmi bug’lanish davrida 1700 va undan oshiq martagacha ortadi va bug’ yonish zonasidan kislorodni siqib chiqaradi.
Uglekislota (is gazi) va uglerod ikki oksidi rangsiz va havodan
1,5 marta og’ir gaz. U yongin muhitida parda hosil qilib yongin zonasiga kislorod kirishini to’xtatadi. Undan sig’imlardagi yengil yonuvchi va yonuvchi suyuqliklar yonginini, elektr jihozlari yonginlarini va muzeylar, arxivlar kabi suvdan va ko’pikdan foydalanish maqsadga muvofiq bo’lmagan binolardagi yonginlarni o’chirishda foydalaniladi.

Download 70,61 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 70,61 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’t o’chiruvchi moddalar va ularning xususiyatlari

Download 70,61 Kb.