• Yonginga qarshi himoya sistemasi
  • Yonginning tarqalishini oldini olish sistemasi
  • Yong’inni oldini olish sistemasi




    Download 70,61 Kb.
    bet2/8
    Sana15.06.2024
    Hajmi70,61 Kb.
    #263959
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati

    Yong’inni oldini olish sistemasi – yongin sodir bo’lish sharoitlarini bartaraf etishga qaratilgan tashkiliy tadbirlar va texnik vositalar majmuidan iboratdir.
    Ushbu tadbirlar ishlab chiqarishda mumkin qadar ko’proq yonmaydigan va qiyin yonadigan materiallarni ishlatish, texnologik jarayonlarni to’liq mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, yonginga xavfli qurilmalar o’rnatilgan xonalarni yonmaydigan materiallar bilan boshqalardan ajratish yoki ularni mumkin qadar tashqarida o’rnatish, yonuvchi moddalar uchun germetik idishlar va jihozlardan foydalanish, bino havosi tarkibidagi yonuvchi gaz, bug’ va changlar miqdorini ruxsat etilgan darajada saqlash, isitish jihozlaridan to’g’ri foydalanish va shu kabi boshqa tadbirlar orqali amalga oshiriladi.
    Yonuvchi muhitda yonginga olib keluvchi manbaning hosil bo’lishini oldini olish esa, ishlab chiqarishda yongin manbasini hosil qilmaydigan mashinalar, mexanizmlar va jihozlardan foydalanish, mashina va mexanizmlardan foydalanish qoidalari va rejimlariga to’liq rioya etish, elektr statik zaryadlari va yashinga qarshi himoya vositalaridan foydalanish, materiallar va moddalarning issiqlik ta’sirida, ximiyaviy va mikrobiologik usulda o’z-o’zidan alangalanish sharoitlarini bartaraf etish, belgilangan yonginga qarshi tadbirlarni to’liq amalga oshirish, bino chegarasini davriy ravishda tozalab turish kabi tadbirlar orqali amalga oshiriladi.
    Yonginga qarshi himoya sistemasi - yongin o’chirish jihozlari va texnikalaridan, yonginning xavfli omillaridan himoya qiluvchi shaxsiy va jamoa himoya vositalaridan, yongin signalizatsiyasi va yongin o’chirish sistemasining avtomatik qurilmalaridan foydalanish, ob’ektning konstruksiyalari va materiallariga yongindan himoyalovchi tarkibli bo‘yoqlar bilan ishlov berish, tutunga qarshi himoya sistemalari,
    evakuatsiya yo’llari bo’lishini ta’minlash, binoning yongin
    mustahkamliligi darajasini to’g’ri tanlash kabi tadbirlarni o’z ichiga oladi.
    Yonginning tarqalishini oldini olish sistemasi yonginga qarshi to’siqlarni o’rnatish, qurilmalar va inshootlarda avariya holatida o’chirish va qo’shish jihozlaridan va yongindan to’suvchi vositalardan, yongin vaqtida yonuvchi suyuqliklarning to’kilishini oldini oluvchi vositalardan foydalanish kabi tadbirlar orqali amalga oshiriladi.

    Download 70,61 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 70,61 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yong’inni oldini olish sistemasi

    Download 70,61 Kb.