Avtomobil transportida yuk tashishni tashkil qilish asoslari




Download 19,31 Kb.
bet2/6
Sana10.02.2024
Hajmi19,31 Kb.
#154223
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1. Yuklash-tushirish ishlarini mexanizatsiyalashtirish mashinala-fayllar.org

Avtomobil transportida yuk tashishni tashkil qilish asoslari. Yuk tashishni tashkil etish deyilganda yuklarni belgilangan joyga o‘z vaqtida va urintirmagan holda minimal pul va moddiy harajat bilan yetkazib berish bilan bog‘liq transport operatsiyalari tizimi tushuniladi.
Avtomobil transportida yuk tashish va uni rejalashtirish asoslari quyidagilardan iborat:
— xalq xo‘jaligi rejasi asosida joriy (yil, chorak, oy) va operativ (kun, smena) yuk tashish rejalari tuzish;
— mijozlar (yuk egalari) va avtomobil transporti korxonasi o‘rtasida shartnomalar tuzish;
— transport vositasining joylardagi ishini tashkil etish va uni boshqarish;
— bajariladigan ishlarni nazorat qilish, hisoblab borish va tahlil etish.
Yuk tashish obyektlariga kon qazish va ishlov berish sanoatlari, qurilish, savdo va boshqa tashkilotlarning mahsulotlari hamda uy-ro‘zg‘or buyumlari kiradi. Egasiga yetkazib berish maqsadida qabul qilinib, tashilayotgan predmetlar yuk deb ataladi. Boshqa o‘lchamlar (litr, dona, kub metr) tonnaga o‘tkaziladi. Aksariyat yuklar tarasiz tashiladi va ularni tarasiz tashish deyiladi.
Yuk (tovar)ning sof og‘irligi netto, yukning tara bilan og‘irligi brutto, taraning o‘z og‘irligi tara deb ataladi.
Tashishni tashkil etishda yuklar tonnalarda o‘lchanuvchi brutto bilan hisoblab boriladi.
Transport va ortish-tushirish vositalari yuklar xususiyatlariga va o‘z navbatida yuklar ma’lum transport va ortish-tushirish vositalari talablariga mos bo‘lishi talab etiladi.
Ko‘pchilik yuklar atrof-muhit ta’siriga moyil bo‘ladi. Ba’zi yuklar havoning namligi ta’sirida korroziya (zanglash)ga uchraydi; ayrim yuklar (tez buziluvchi oziq-ovqat buyumlari)ga yuqori darajali harorat, sabzavot va ho‘l meva hamda boshqa ba’zi yuklarga esa sovuq havo ta’sir etadi.
Tashish jarayonida barcha yuklar turli xususiyatlariga ko‘ra guruhlanadi: masalan, zarur bo‘lgan transport vositasi turi, joylashtirish (upakovkalash) xarakteri, omborlarda saqlash sharoiti. Yuklar klassi va h.k.
Turlariga ko‘ra: sanoat, qishloq xo‘jalik, qurilish, savdo va kommunal xo‘jalik yuklari bo‘lishi mumkin.
Ortish-tushirish ishlariga ko‘ra yuklar: donali, uyib tashiluvchi va quyuluvchi yuklarga bo‘linadi. Tarali yuklar, odatda, donali yuklarga kiritiladi. Uyib tashiluvchi yuklarga sochiluvchan yuklar (qum, shag‘al, toshko‘mir, o‘tin va h.k.) kiradi. Sochiluvchan yuklarga don va shunga o‘xshash mahsulotlar kiradi. Donali yuklarni tashishda ular joy miqdori bilan hisoblab boriladi.
Og‘irligiga ko‘ra yuklar me’yoriy og‘irlikda va og‘ir massali yuklarga bo‘linadi. Tarali va donali yuklarning joiz me’yoriy og‘irligi 250 kg, dumalatiladigan yuklar uchun 400 kg. Ko‘rsatilgan miqdordan og‘ir bo‘lgan yuklar og‘ir massali yuklar qatoriga kiritiladi. Agar yuk og‘irligi 4—5 tonnadan ortiq bo‘lsa, uni tashish uchun maxsus transport vositasi talab qilinadi.
O‘lchamlariga ko‘ra yuklar: gabaritdagi, ya’ni avtomobilning standart kuzovida tashilishi mumkin bo‘lgan yuklar va nogabarit yuklarga bo‘linadi. Nogabarit yuklarga balandligi 2,5 m, eni 2,0 m va uzunligi 3,5 m (uzun o‘lchovli yuklardan tashqari)dan ortiq o‘lchamli yuklar kiradi. Uzun o‘lchamli yuklarga uzunligi kuzov uzunligiga qo‘shimcha uning uchdan bir qismi va undan ham uzun yuklar kiradi.
Nogabarit yuklar faqatgina davlat avtomobil nazorati (DAN) ruxsatiga binoan va qizil chiroq (belgi) o‘rnatilgan holda tashilishi mumkin.
Tashish shartlariga ko‘ra yuklar quyidagicha tasniflanishi mumkin:
— oddiy, ya’ni hech qanday maxsus moslama talab etmaydigan;
— tez buziluvchi (oziq-ovqat mahsulotlari), ularni tashish uchun maxsus sanitariya va harorat shart-sharoitlari zarur;
10— M.Melibayev
— o‘tkir va yoqimsiz xidli;
— tirik jonzotlar (mol va qushlar). Bunday mollarni tashish uchun transport vositalari tashiluvchi mollarni yo‘lda oziqlantirish va ular ahlatini tozalash va h.k.larga moslangan bo‘lishi zarur.
Omborlarda saqlash shart-sharoitlariga ko‘ra yuklar 4 guruhga bo‘linadi:
— yog‘ingarchilik va harorat o‘zgarib turishidan buzilmaydigan (qum shag‘al, maydalangan tosh, toshko‘mir va h.k.). Bunday yuklarni usti ochiq maydonchalarda saqlash mumkin.
— yog‘ingarchilik ta’sirida buziladigan (metall va metall buyumlar, g‘isht va h.k). Bunday yuklar usti berk ayvonchalarda saqlanishi zarur.
— yog‘ingarchilik va haroratning o‘zgarishi natijasida buziluvchi yuklar. Bunday yuklarni berkitilgan va issiq (sovuq)ni izolatsiyalovchi va mo‘tadil haroratli xonalarda saqlash talab etiladi (tez buziluvchi tovarlar muzlatgichlarda, muzlashi mumkin bo‘lmagan suyuqliklar esa isitiluvchi omborlarda va h.k);
— maxsus rezervuar (idish)larda saqlanuvchi yuklar (suyuq yonilg‘i, moylar va shu kabilar).
Joylab saranjomlash (upakovkalash) harakteriga ko‘ra yuklar tarali va tarasiz xillarga bo‘linadi.
Yuklarni tasniflash transport vositasi, tashish usullaridan yaxshiroq foydalanish, ortish-tushirish ishlarida mexanizatsiyadan foydalanish uchun zarurdir.

Download 19,31 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 19,31 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtomobil transportida yuk tashishni tashkil qilish asoslari

Download 19,31 Kb.