|
Ortish-tushirish punktlari va ularning o‘tkazuvchanligi
|
bet | 5/6 | Sana | 10.02.2024 | Hajmi | 19,31 Kb. | | #154223 |
Bog'liq 1. Yuklash-tushirish ishlarini mexanizatsiyalashtirish mashinala-fayllar.orgOrtish-tushirish punktlari va ularning o‘tkazuvchanligi. Ortishtushirish punkti deganda har qanday yuk jo‘natish yoki qabul qilish, ba’zi hollarda esa jo‘natish va qabul qilish obyektlari tushuniladi. Bularga sanoat korxonalari, qurilish maydonlari, savdo bazalari va shunga o‘xshash obyektlar kiradi.
Ortish-tushirish obyektlarining o‘tkazuvchanlik xususiyati deyilganda bunday punktlarda bir soat davomida ko‘pi bilan qancha miqdordagi transport vositasi birligi bo‘lishi tushuniladi. Aksariyat hollarda transport vositalari soni o‘rniga tonna o‘lchamdagi bir soat ichida ortiluvchi yoki tushiriluvchi yuk hajmlari qabul qilinadi. Har qanday punktning o‘tkazuvchanlik xususiyati, shu punktdagi ortish yoki tushirish posti miqdori va har bir tonna yukni ortish yoki tushirish uchun zarur vaqtga hamda ortish va tushirish ishlarining tashkil etilishi, omborning yuk oboroti va uning jihozlanganligiga bog‘liqdir.
Og‘ir va ulkan yuklarni statsionar va ko‘chma kranlar yordamida ortish-tushirish
Vazni og‘ir yuklarga mehnat xavfsizligi nuqtayi nazaridan vazni 80 kg va undan ortiq yuklar kiradi. Avtomobil transportida yuk tashish qoidalariga binoan, vazni og‘ir yuklarga, ya’ni mexanizm yordamisiz ortib bo‘lmaydigan yuklarga vazni 250 kg dan ortiq, dumalatib sudraladigan yuklarga 400 kg dan ortiq yuklar shartli ravishda kiritiladi.
Ortish-tushirish operatsiyalarini bajarish nuqtayi nazaridan og‘ir vaznli yuklar bir turda emas. Avtomobil transportida tashiladigan barcha yuklar ichida uyib tashiluvchi yuklardan keyingisi yoki ikkinchi o‘rinda turuvchi og‘ir yuklar vaznli va uzun o‘lchamli yuklardir. Lekin ortish-tushirish operatsiyalarini bajarish qiyinligi va og‘irligiga ko‘ra ularni mexanizatsiyalashning ahamiyati kattadir.
Muayyan ortish-tushirish joylariga doimiy yoki uzoq vaqt ishlashga mo‘ljallanib o‘rnatilgan yuk ko‘targichlar statsionar va yarim statsionar kranlar qatoriga kiradi. Ayni obyekt ichida konstruksiyasiga ko‘ra qiyinchiliksiz ko‘chuvchi ortkichlar ko‘chma kranlardir. Bunday kranlarni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirishda ularni demontaj-montaj qilish talab etilmaydi. Ba’zida ularni treyler va aravachalar yordamida ko‘chiriladi.
To‘rt tayanchli ko‘priksimon kranlarda yuklarni uch yo‘nalish, ya’ni yuqoriga (pastga), ko‘ndalang va bo‘ylama yo‘nalishlarda siljitish mumkin.
Minorali kranlar, asosan, qurilishlarda yuklarni vertikal yo‘nalishda harakatlantirish uchun xizmat qiladi, shuningdek, ortishtushirish operatsiyalarini ham bajaradi.
Portal kranlar suv havzalari yoqasida hamda ulkan gidrotexnik qurilishlarda ishlatilib, ularning ishlash tamoyili minorali kranniki bilan bir xil. Portal kranning yuk ko‘taruvchanligi ancha katta bo‘lishi bilan birga strelasining uzunligi ham nisbatan kattadir.
Avtomobil shassisi yoki boshqa o‘ziyurar shassiga o‘rnatilgan kranlar donali yuklarni avtomobillarga ortish-tushirish hamda montajlash ishlarini bajarishda qo‘llaniladi.
Avtoyuklagich — eng universal ortish-tushirish mexanizmidir. Ayniqsa, ular yuk hovlilari va ombor ichida qisqa masofalarga yuk ko‘tarib berish hamda ortish-tushirish ishlarini bajarishda beqiyos samaralidir. Avtoyuklagichlar avtomobil shassisida yoki elektr quvvati (akkumulator batareyasi) bilan harakatlanadi.
Kichik gabaritli, akkumulatorli yuklagichlar ombor ichidagi shtabellar orasidagi tor yo‘laklarga harakatlanishi oson. Ularning manyovr qilishi avtokranga nisbatan ancha yuqori. Bunday yuklagichlar avtofurgon va temir yo‘l yuk vagonlari ichiga kirib ortish-tushirish ishlarini bemalol bajaradi. Elektr yuklagichlar ham ko‘targichlar to‘plami bilan ta’minlanadi.
|
| |