Linux va Windows operatsion tizimlari va ularning farqi




Download 140,54 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/10
Sana15.06.2024
Hajmi140,54 Kb.
#264005
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Untitled document

18. Linux va Windows operatsion tizimlari va ularning farqi.
Linuks ochiq kodli OT. Dastur kodlari GPL-litsenziyasiga ko’ra erkin tarqatiladi (Shu sababli ham
O’zbekistonda birinchi yaratilayotgan Doppix OS Linuks bazasida bo’ladi). Siz hatto o’z operatsion
tizimingizni ham chiqarishingiz mumkin, lekin haqiqiy dastur kodlarini birga olib yurishingiz zarur.
Windows esa yopiq kodli. Uning kodlari hech qayerga chiqarilmaydi. Dastur kompilyatsiya qilingan holda
chiqariladi. Ko’pchilik dasturlar Windowsga moslab chiqarilgan. Linuksga to’g’ri keladigan mashhur
dasturlar kam (Istisno tariqasida Adobe Photoshop dasturini Linuksga mo’ljallab chiqarganini aytishimiz
mumkin). Yaqin-yaqingacha Linuksda drayverlar muammosi uchrardi. Ammo hozirda drayverdan
nolimasangiz ham bo’ladi. Qurilmalarni rasmiy saytlarida Linuksga mo’ljallangan drayverlar mavjud.
Bundan tashqari Linuksning litsenziyali disklariga drayverlar ham qo’shilgan. Linuks o’zbek tiliga tarjima
qilingan (Mandriva Linux). Uning matn tahrirlovchi dasturi – OpenOffice o’zbek tilidagi imlo xatolarni
tekshira oladi. Windowsning o’zbek tilidagi versiyasi yo’q. Linuks bepul OT. To’g’ri, hozirda chiqayotgan
Linukslarning hammasi ham bepul emas. Ammo asosiy Linuks bazasi bepul. Windows bepul emas. Uni
litsenziyasiz diskda ishlatish ta’qiqlangan. Ko’zingizni oching, bir-ikki yildan so’ng eshigingizni taqillatib
Windows’ingizni litsenziyasini so’rab qolishlari mumkin. Linuks xakerlar hujumiga Windowsga qaraganda
kamroq duchor bo’ladi. Chunki, Linuks-dasturlovchilar kam. Shu sababli ham server kompyuterlarda
ko’pincha Linuks o’rnatilgan bo’ladi. Windows xakerlar hujumiga ko’p uchragani uchun uning himoyasi
mustahkam. Windowsning sezilarli darajadagi ustunligi – hozirgi chiqayotgan 97% o’yinlar DirectX ga
moslab chiqariladi. DirectX – bu Windows, degani. Linuks grafik rejimi – OpenGL. OpenGLda chiqarilgan
eng mashhur o’yin – Counter Strike. O’yinning CS:Source’ga qadar versiyasi OpenGL’da chiqarilgan. U
yog’iga DirectXga o’tildi. Shuning uchun ham “Windowsda ishlayapsizmi? Demak, geymersiz” iborasi
qo’llaniladi.

Download 140,54 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 140,54 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Linux va Windows operatsion tizimlari va ularning farqi

Download 140,54 Kb.
Pdf ko'rish