• 9. Elektron hujjatning rekvizitlari nimalardan iborat
  • 11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktyabrdagi ““Raqamli Oʻzbekiston — 2030”
  •  Davlat organlari veb-saytlarida imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun qanday qoʻshimcha qulayliklarni




    Download 140,54 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/10
    Sana15.06.2024
    Hajmi140,54 Kb.
    #264005
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Untitled document

    7. Davlat organlari veb-saytlarida imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun qanday qoʻshimcha qulayliklarni
    taqdim etilish lozim?


    8. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligining asosiy prinsiplari nimalardan iborat?
    Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
    ular tomonidan taqdim etiladigan axborotdan hammaning foydalanishi mumkinligi, uning o‘z vaqtida berilishi va
    ishonchliligi; ular faoliyatining oshkoraligi va shaffofligi; davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati
    to‘g‘risidagi axborotni izlash, olish va tarqatish erkinligi; davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati to‘g‘risida
    axborot taqdim etishda fuqarolarning o‘z sha’ni va qadr-qimmatini tajovuzlardan, o‘z shaxsiy hayotiga aralashuvlardan
    himoya qilishga bo‘lgan huquqlari va qonuniy manfaatlariga, shuningdek fuqarolar va yuridik shaxslarning o‘z ishchanlik
    obro‘sini himoya qilishga bo‘lgan huquqlariga rioya etish.
    9. Elektron hujjatning rekvizitlari nimalardan iborat?
    elektron raqamli imzo; elektron hujjatni jo‘natuvchi yuridik shaxsning nomi yoki elektron hujjatni
    jo‘natuvchi jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi; elektron hujjatni jo‘natuvchining pochta va
    elektron manzili; hujjat yaratilgan sana. Qonunchilikda yoki elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining
    kelishuvi bilan elektron hujjatning boshqa rekvizitlari ham belgilanishi mumkin.
    10. “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi nima? Batafsil gapirib bering.
    11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktyabrdagi ““Raqamli Oʻzbekiston — 2030”
    strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–6079-son
    Farmonida koʻzda tutilgan Raqamli infratuzilmani rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari qaysilar?
    Raqamli infratuzilmani rivojlantirish maqsadida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi: optik tolali aloqa
    liniyalari, xalqaro kommutatsiya markazlarini modernizatsiya qilish va rivojlantirish orqali mintaqaviy va
    xalqaro telekommunikatsiya tarmoqlarining, O‘zbekiston Respublikasining chegaradosh Markaziy Osiyo
    davlatlari bilan tranzit aloqalarining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini kengaytirib borish; taqdim etilayotgan
    xizmatlar hajmini oshirish, rezervlash, tizimlarning ishonchliligini ta’minlash, shuningdek, aholi punktlari
    va ijtimoiy obyektlarni keng polosali xizmatlardan foydalanish imkoniyati bilan ta’minlash uchun
    ma’lumotlar uzatish tarmog‘ini kengaytirish; mobil va yo‘ldosh aloqa operatorlarining investitsion
    faolligini rag‘batlantirishning qo‘shimcha mexanizmlarini yaratish; mobil aloqa tarmog‘ini 4G va 5G
    texnologiyasi bo‘yicha rivojlantirish, Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlar
    markazlarini beshinchi avlod aloqa tarmog‘i bilan bosqichma-bosqich qamrab olish; barcha aholi
    punktlari va ijtimoiy obyektlarni optik va mobil keng polosali xizmatlardan foydalanish tarmoqlari bilan
    qamrab olish; avtomagistral va temir yo‘llari, turistik obyektlarni mobil aloqa tarmoqlari bilan qoplashni
    ta’minlash; Internet jahon axborot tarmog‘iga ulanish tariflarini takomillashtirish va optimallashtirish;
    geografik joylashuvidan qat’iy nazar, fuqarolarning o‘sib borayotgan axborotga ehtiyojlarini
    qanoatlantirish uchun keng polosali simsiz va mobil texnologiyalarni yanada rivojlantirish;
    iste’molchilarga televizion signalni uzatish, yer usti televizion eshittirish, kabel televideniyesi,
    IP-televideniye, ma’lumotlar uzatish tarmoqlari, mobil aloqa, Internet texnologiyalaridan foydalangan
    holda teleradioeshittirish, televizion va radio xizmatlarining barcha turlarini to‘liq qamrab olgan holda
    raqamli eshittirishni takomillashtirish; “bulutli” hisoblashlar asosida ma’lumotlarni saqlash va qayta
    ishlash markazlarini rivojlantirish, foydalanuvchi talablariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining
    axborot resurslariga doimiy ulanishni ta’minlash; bozorning erkin rivojlanishi imkoniyatini saqlab,
    telekommunikatsiya
    sohasini
    rivojlantirish
    uchun
    sharoitlarni yaxshilash, biznes yuritish va
    telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish uchun ma’muriy to‘siqlarni kamaytirish; elektron
    hukumat doirasida elektron davlat xizmatlaridan foydalanish uchun barcha davlat organlari, ularning
    tarkibiy va hududiy bo‘linmalarini idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘iga ulagan holda ushbu
    tarmoqni rivojlantirish; mamlakatimiz hududida davlat organlari, jismoniy va yuridik shaxslar uchun


    axborotni saqlash, qayta ishlash, himoya qilish va elektron davlat xizmatlarining foydalanuvchanligini
    ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish; davlat organlari faoliyatini raqamlashtirish va elektron davlat
    xizmatlarini ko‘rsatish doirasida “xizmat sifatida dasturiy ta’minot”, “xizmat sifatida platforma”, “xizmat
    sifatida infratuzilma” texnologiyalarini keng joriy etish; shahar infratuzilmasini boshqarishda raqamli
    texnologiyalarni joriy etish orqali transport logistikasi, shahar infratuzilmasi, shahar muhitining sifati,
    shahar rivojlanishini boshqarish samaradorligi, jamoat, biznes va yashash joylari bilan bog‘liq
    muammolarni hal qilish uchun “aqlli” va “xavfsiz” shahar loyihalarini izchil amalga oshirish; keng polosali
    ulanishni rivojlantirishning texnologik asosi iste’molchilarga asosiy va qo‘shimcha xizmatlarni, shu
    jumladan texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish xizmatlarini, aholining hayotini qo‘llab-quvvatlashda
    aqlli tizimlarni joriy etishning bir qismi sifatida individual infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga
    bosqichma-bosqich kirishni ta’minlash uchun yagona infratuzilma yordamida multiservis tarmoqlarini
    rivojlantirish; mavjud aloqa (simsiz va optik), simli va simsiz aloqa texnologiyalari va tizimlari, shuningdek,
    yangi geografik axborot va navigatsiya tizimlarining samaradorligini oshirish yo‘llarini o‘z ichiga olgan
    aloqa va navigatsiya texnologiyalarini rivojlantirish; aloqa operatorlari o‘rtasida raqobatni rivojlantirish
    uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish.

    Download 140,54 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 140,54 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Davlat organlari veb-saytlarida imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun qanday qoʻshimcha qulayliklarni

    Download 140,54 Kb.
    Pdf ko'rish