Operatsion kuchaytirgichlarning asosiy parametrlari




Download 213,32 Kb.
bet3/5
Sana21.05.2024
Hajmi213,32 Kb.
#248343
1   2   3   4   5
Operatsion kuchaytirgichlarning asosiy parametrlari
OKning asosiy xarakteristikalari bo’lib uning amplituda (uzatish) xarakteristikalari hisoblanadi. Ular 9.6– rasmda keltirilgan. Xarakteristikaning qiya (chiziqli) sohasi ishchi soha hisoblanadi, uning og’ish burchagi KU0 qiymati bilan aniqlanadi. UChIQ,max - maksimal chiqish kuchlanishi bo’lib, manba kuchlanishi Ye qiymatidan ozgina kichik bo’ladi.
OKning chastota xossalari uning AChXsida aks ettiriladi. Bu xarakteristikani qurishda KU0 dBlarda ifodalanadi, chastota esa logarifm masshtabida gorizontal o’q bo’ylab o’rnatiladi.



9.5-rasm. OKning bunday AChXsi logarifmik amplituda – chastota xarakteristikasi (LAChX) deb ataladi.
9.6–rasmda tez ishlaydigan K140UD10 turdagi OKning LAChXsi keltirilgan. fYu – chastotadan kichik qiymatlarda kuchaytirish koeffisienti 20 lg KU0 ga teng bo’ladi, ya‘ni LAChX chastota o’qiga parallel to’g’ri chiziqni beradi. Kirish signalining ortishi bilan KU0 kamaya boshlaydi va f1 chastotada kuchaytirish koeffisienti birga teng bo’ladi.

9.6-rasm OK asosiy ulanish sxemalari.
OKlarda doim chiziqli yoki nochiziqli zanjir ko’rinishidagi chuqur manfiy teskari aloqa bajarilgan bo’ladi. MTA xossalari OK asosida turli analog va impuls elektron quurilmalar yaratish imkonini beradi.
Bunday sxemalarni ishlash prinsipini tushunish va ularni taxminiy tahlil qilish uchun ideal operasion kuchaytirgich tushunchasi kiritiladi. Ideal operasion kuchaytirgich quyidagi xossalarga ega bo’ladi:
a) kuchlanish bo’yicha cheksiz katta differensial kuchaytirish koeffisienti KU0;
b) nol siljish kuchlanishining nolga tengligi USIL, ya‘ni kirish signallari bir – biriga teng bo’lganda, chiqish kuchlanishi nolga teng bo’ladi; demak, OK kirish potensiallari doim bir – biriga teng;
v) kirish toklari nolga teng;
g) chiqish qarshiligi nolga teng;
d) sinfaz signallarni kuchaytirish koeffisienti nolga teng.

Download 213,32 Kb.
1   2   3   4   5




Download 213,32 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Operatsion kuchaytirgichlarning asosiy parametrlari

Download 213,32 Kb.