10 – ma’ruza operatsion kuchaytirgich (OK) haqida tushuncha, okga qo‘yiladigan talablar, ok turlari, ok asosiy parametrlari




Download 213,32 Kb.
bet1/5
Sana21.05.2024
Hajmi213,32 Kb.
#248343
  1   2   3   4   5

10 – ma’ruza
OPERATSION KUCHAYTIRGICH (OK) HAQIDA TUSHUNCHA, OKGA QO‘YILADIGAN TALABLAR, OK TURLARI, OK ASOSIY PARAMETRLARI.


Reja: Operatsion kuchaytirgich (OK) haqida tushuncha.
OKga qo’yiladigan talablar.
OK turlari.
OK asosiy parametrlari.

OK ideal kuchaytirgich element hisoblanadi va butun analog elektronikaning asosini tashkil etadi. OK yetarlicha murakkab tuzilmaga ega bo’lib, yagona kristall yuzasida bajariladi va birvarakayiga ko’p miqdorda ishlab chiqariladi. Shuning uchun OKni diod, tranzistor va x.z. kabi elektron sxemalarning sodda elementi kabi qarash mumkin. Hozirgi kunda OKlarning yuzlab turi ishlab chiqariladi, kichik o’lchamga ega va juda arzon hisoblanadi.


Katta kuchaytirish olish uchun OKlar ikki yoki uch bosqichli o’zgarmas tok kuchaytirgichlari asosida quriladi.

Ukir

Uchiq

Chiqish bosqichi



Muvofiqla-shtiruvchi bosqich



Kirish bosqichi




OKlarda kirish bosqichi sifatida differensial kuchaytirigich qo’llaniladi, bu kuchaytirish dreyfini maksimal kamaytirishga va ancha yuqori kuchaytirish olishga imkon yaratadi. U bilan kuchaytirgichning yuqori kirish qarshiligi, sinfaz signallarga sezgirlik va siljish kuchlanishi aniqlanadi. Oraliq (muvofiqlashtiruvchi) bosqichlar kerakli kuchaytirishni ta‘minlaydilar va differensial kuchaytirgich chiqishidagi kuchlanish siljishini nolga yaqin qiymatgacha kamaytiradi. Oraliq bosqichlarda differensial kuchaytirgichlar kabi, bir bosqichli kuchaytirgichlar ham qo’llaniladi. Chiqish bosqichlari OKning kichik chiqish qarshiligi va katta chiqish quvatini ta‘minlashi kerak. Chiqish bosqichlari sifatida odatda AV rejimda ishlaydigan komplementar emitter qaytargich qo’llaniladi (9.5 - rasmga qarang).
Birinchi avlod operasion kuchaytirgichlari, masalan K140UD1, uch bosqichli tuzilmasi sxema asosida n–p-n tranzistorlarda bajarilgan. Birinchi kuchaytirish bosqichi klassik differensial kuchaytirgichda bajarilgan (DK rasmiga qarang). Ikkinchi bosqich ham differensial kuchaytirgichda bajarilgan bo’lib, bu bosqichda BTG qo’llanilmaydi. Chiqish bosqichi A rejimida ishlaydi, ya‘ni emitter qaytargich vazifasini bajaradi. Mazkur operasion kuchaytirgichlarninng kamchiligi bo’lib uncha katta bo’lmagan kuchaytirish koeffisienti (KU0=300’4000) va kichik kirish qarshiligi (RKIR=4 kOm) hisoblanadi.
Aytib o’tilgan kamchiliklar ikki bosqichli sxemada yasalgan ikkinchi avlod OKlarda bartaraf etilgan. Xarakteristikalarni yaxshilash tarkibiy tranzistorlar, yuqori omli rezistorlar qo’llash va differensial bosqich yuklama rezistorlarini dinamik yuklamalarga almashtirish hisobiga amalga oshirilgan. Bir qator ikkinchi avlod OKlari maydoniy tranzistorlarda bajarilgan, buning natijasida kirish qarshiligi yanada oshirilgan.
140UD7 turdagi kuchaytirgich keng tarqalgan ikki bosqichli OK hisoblanadi. Bu OK kuchaytirish koeffisienti KU0=45000, kirish qarshiligi esa RKIR= 400 kOm.
Ma‘lumotnomalarda KU0, RKIR i RChIQ qiymatlari MTAsiz OK lar uchun keltiriladi. OK chiqish bosqichini yana maksimal chiqish toki (tez ishlaydigan keng polosali OKlar uchun IChIQ,max ≤ 20 mA va quvvati katta OKlar uchun IChIQ,max ≤ 500 mA) va yuklamaning minimal qarshiligi (R Yu.min ≥ 1 kOm) parametrlari ham keltiriladi.

Download 213,32 Kb.
  1   2   3   4   5




Download 213,32 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



10 – ma’ruza operatsion kuchaytirgich (OK) haqida tushuncha, okga qo‘yiladigan talablar, ok turlari, ok asosiy parametrlari

Download 213,32 Kb.